Bino va inshootlar qurilishi


G„ishtli devorlarni barpo etishni tashkil etish



Download 9,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/184
Sana12.03.2022
Hajmi9,06 Mb.
#491550
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   184
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

2. G„ishtli devorlarni barpo etishni tashkil etish. 
Ko‗p qavatli karkasli binolarda g‗isht terishning asosiy usuli – oqim usulidir, uni asosiga 
quyidagi prinsiplar qo‗yiladi:
• hamma ishlar majmuasini qamrov-yarus sistemasi bo‗yicha bajarish; 
• g‗isht terishdagi majmuali jarayonni o‗zining ixtisoslashgan zvenolariga ega tashkil etuvchi 
jarayonlarga bo‗lish; 
• doimiy tarkibli ixtisoslashgan zvenolarning jarayonlarni qamrov va yarus bo‗yicha ketma-
ket bajarishi ;
• zvenolarni qamrovdan qamrovga oqim qadami deb atalmish bir xil oraliqdagi vaqtda 
o‗tishlari; 
• qamrovdagi montaj va g‗isht ishlarni davomiyligini majburiy bog‗lash.
Ko‗p qavatli binolarni barpo etish jarayonini odatda majmuali (kompleks) brigada amalga 
oshiradi. Brigadadagi ishchilar soni va malakaviy tarkibi− ish fronti, qurilish muddati, qabul qilingan 
ishlarni bajarish usuliga, ishchi va mashinalarni mexnat unumdorligiga qarab aniqlanadi.
Majmuali brigada
montajchilar, g‗isht teruvchilar, duradgorlar, takelajchilar, transport 
ishchilaridan tashkil topadi. Montajchi yoki g‗isht teruvchi zvenolar brigadada etakchi bo‗lib, boshqa 
ixtisoslik zvenolari tarkibi etakchi zvenoni normal ishini ta‘minlash nuqtai nazaridan 
komplektlashtiriladi. Majmuali brigada soni binoning konstruktiv xususiyati va ayniqsa terimga qarab
20 dan 40 odam gacha o‗zgaradi. 


G‗isht terishni oqim usulida bajarganda ishlar texnologiyasining asosiy tushunchalari o‗ziga 
xos ta‘riflarga ega. 
Qamrov
– namunaviy, binoning rejada (planda) takrorlanuvchi bir qismi bo‗lib, mazkur yoki 
keyingi uchastkalarda (yarim seksiya, seksiya, ikki seksiya) g‗isht teruvchilar brigadasi ishni oqim 
usulida va butun smenalarda bajaradi va g‗isht terimi hajmi taxminan teng bo‗ladi. 
Bo„linma
- qamrovni karrali qismi, g‗isht teruvchi zvenoga bir necha smena davomida ish 
joyini o‗zgartirmasdan ishlashi uchun ajratilgan ish joyi.
YArus
– binoni balandligi bo‗yicha shartli chegaralangan bir qismi bo‗lib, u erda bir smena 
davomida orayopmaga nisbatan o‗zgarmas balandlikda ishchilar g‗isht terish jarayonini bajaradilar. 
Bo‗linma qavat balandligiga va devor qalinligiga qarab, balandligi bo‗yicha 2…3 yarusga bo‗linadi. 
Bo‗linmalar soni va ularning o‗lchamlari zvenolarning mexnat unumdorligi va g‗isht 
terishdagi mexnat sarfiga qarab belgilanadi. Qalinligi ikki g‗ishtli oddiy devor terishda ―ikkilik‖ zveno 
bilan bo‗linma uzunligi 12-17 m, ―uchlik‖ zveno uchun 19-25 m va ―beshlik‖ zveno uchun – 24-40 
mni tashkil etadi.
G‗isht terishda eng yuqori mexnat unumdorligi 60-80 sm balandlikda g‗isht terilganda 
bo‗ladi, nol sathida yoki balandlik 1.1...1.2 m bo‗lganda mehnat unumdorligi 50% largacha tushadi, 
shuning uchun shu chegaralarda yarus balandligi belgilanadi. Qavat balandligi 2,8 m devor qalinligi 2 
g‗isht bo‗lsa, yarus balandligi 1,5 m deb qabul qilinadi, ya‘ni qavatda 2 ta yarus qabul qilinadi. Agarda 
devor qalinligi 2 g‗ishtdan ko‗p bo‗lsa va qavat balandligi 3 m ortiq bo‗lsa qavat uch yarusga 
bo‗linadi. G‗isht terish bir qatorli yoki ko‗p qatorli bog‗lanish bilan teriladi, oraliq devorlar va ustunlar 
to‗rt qatorli bog‗lanish bilan teriladi. Birinchi yarusni g‗isht teruvchilar erdan yoki qavatlar ora 
yopmasida turib teradilar, ikkinchi va uchinchi yaruslarni ochiladigan yoki ikki yarusga o‗rnatiladigan 
so‗rilardan turib teradilar.4 m va undan baland devorlarni g‗isht teruvchilar quvursimon xavozalardan
turib teradilar.
G‗isht teruvchi zvenolarni (komplektlash) jamlash terimning konstruksiyasi, qalinligi va 
murakkabligiga, ishlarning umumiy hajmi va mexnat sarfiga, ishlatilayotgan montaj mexanizmlarini 
soniga bog‗liqdir.

Download 9,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish