Toshkent 2022 yil.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI
“BINO VA INSHOATLAR QURILISHI” FAKULTETI
Bino va inshootlar qurulishi yo’nalishi
1/102a-guruh talabasi
Po’latov Mirafzal Abduxoliq o’g’lining O’zbek tilining sohada qo’llanishi fanidan tayyorlagan
Tekshirdi:
MUSTAQIL ISHI
Reja.
1
- O‘zbek tilining taraqqiyot bosqichlari.
Mavzu: O‘zbek tilining taraqqiyot bosqichlari. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ning “O`zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarning amalda bajarilishi bo`yicha tilshunos va adabiyotshunos olimlarning fikr va mulohazalari bayon etilgan maqolalari bilan tanishish.
3
- O`z. Res. Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Farmonida belgilangan vazifalarning amalda bajarilishi bo`yicha tilshunos va adabiyotshunos olimlarning fikr va mulohazalari bayon etilgan maqolalari bilan tanishish.
4
5
- Foydalanilgan adabiyotlar.
2
- O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ning “O`zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarning amalda bajarilishi .
Xulosa. - Til moddiy va ma’naviy merosni saqlash hamda boyitishning eng kuchli vositasidir. Tarix, madaniyat, adabiyot, san’atning san’at darajasida yetuklik kasb etishi millat tilining boyligiga bog‘liq jarayondir. Buyuk tariximizning guvohlik berishicha, turkiy tillarning katta oilasiga mansub bo‘lgan o‘zbek tilining o‘tmishi xalqimizning ko‘p asrlik kechmishi, orzu intilishlari, dard-u armonlari, zafarlar va g‘alabalari bilan vobasta. Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Bobur, Behbudiy, Cho‘lpon, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Fitrat, Usmon Nosir, Oybek, Mirtemir, Abdulla Qahhor, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va bu kabi minglab ajdodlarimiz o‘z asarlari bilan ona tilimizning qanchalar qudratli va go‘zal ekanligini butun dunyoga namoyon qildilar. Bu asarlarni o‘qiganimiz sayin tilimizning lug‘ati nechog‘li boy va betakror ekanligini anglaymiz. Biroq tan olib aytish kerak, sho‘rolar zamonida o‘zbek tili juda qadimiy tarixga, boy va mazmunli merosga ega bo‘lsa-da, uzoq davrlar mobaynida davlat tili maqomiga ega bo‘la olmadi. Sobiq Ittifoq davrida ardoqlangan muqaddas ona tilimiz qog‘ozda bor bo‘lsa-da, amalda yo‘q edi. “Turkiston qayg‘usi” kitobi muallifi buyuk alloma Alixonto‘ra Sog‘uniy o‘tgan asrning 80-yillarida shunday yozgan edi: “Odam o‘zligini unutmasligi uchun uch narsani qo‘ldan boy bermasligi kerak: Vatanini, dinini va tilini. Vatanimizni boy berdik. Dinimizni ham yo‘qotdik. Endi tilimizni ham unutsak, biz kim bo‘lamiz?” Bu so‘zlar ayni haqiqat, zero til ketsa – dil ketadi, dil ketsa – iymon ketadi, iymon ketsa – millat ketadi, millat ketsa – barcha narsa yo‘q bo‘ladi. 1989-yil 21-oktabr. Bu qutlug‘ kun O‘zbekiston tarixiga, o‘zbek millati yilnomasiga zarhal harflar bilan bitildi. Aynan shu kuni “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilindi. Mazkur qonun uzoq yillar mobaynida o‘z huquqidan mahrum bo‘la boshlagan ona tilimizning taraqqiyotiga qonuniy asos bo‘ldi. Chunki qonun qabul qilinganidan so‘ng tilimizda yuzlab so‘z va so‘z birikmalari paydo bo‘lib, o‘zbek tilining boyligi va tarovati namoyon bo‘ldi. Mustabid tuzum davrida bunday qonunning qabul qilinishi chindan ham jasorat edi, o‘ziga xos milliy inqilob edi, eng asosiysi bu mustaqilligimiz sari qo‘yilgan eng dadil qadam edi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni uch tamoyilga – umumiylik, majburiylik va huquqiy kafolatga asoslanadi. Davlat tilining mustahkam huquqiy maqomi belgilab qo‘yilgani tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanishga yetarlicha zamin yaratib, mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’anlari hurmat qilinishi barobarida o‘zbek tilining erkin muomalada bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitni yaratib berdi. Ta’kidlash kerakki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bevosita rahbarligi, tashabbusi va qo‘llab-quvvatlashi bilan ona tilimizni ravnaq toptirish yo‘lida tarixiy ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari tilimizning haqiqiy yuksalish davrini boshlab berdi. 2019 – 2021-yillar davomida o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish, til siyosatini takomillashtirish va yanada rivojlantirish yo‘nalishida qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Fikrimning birgina isboti, 2019-yil 21-oktabr kuni davlatimiz rahbari “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Unga muvofiq, 21-oktabr sanasi O‘zbekistonda “O‘zbek tili bayrami kuni” deb belgilandi.
- Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-dekabrdagi qarori bilan o‘zbek tilining kelgusi rivojiga oid ko‘plab masalalar qatorida davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishini, sohaga oid muammolarni tahlil etib, bu borada yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti (2021-yildan Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti deb o‘zgartirildi) tashkil etildi. 2020-yil yanvar oyida ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni rasmiy iste’molga kiritish borasidagi ishlarni tartibga soladigan Atamalar komissiyasi o‘z ishini boshlagan bo‘lsa, fevral oyida O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi. 2020-yil 20-yanvarda Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga binoan, davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman va shahar hokimliklari tuzilmalarida, rahbarning ma’naviy-ma’rifiy ishlari samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy qilindi. 2020-yil 20-oktabr kuni qabul qilingan “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bilan 2020 – 2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi, konsepsiyani 2020 – 2022-yillarda amalga oshirish dasturi hamda 2020 – 2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham muhim o‘zgarishlar amalga oshmoqda. O‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi obro‘si oshib, faol muloqot vositasiga aylanib bormoqda. Turli darajadagi rasmiy uchrashuv va muzokaralarda tilimiz keng qo‘llanilayotgani, xorij oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek tili alohida fan sifatida o‘rgatilayotgani, dunyoning 60 ga yaqin universiteti va 100 dan ortiq maktablarida o‘zbek tili o‘qitilayotgani, ilmiy izlanishlar olib borayotgan chet ellik tadqiqotchilar soni oshib borayotgani buning yaqqol dalilidir. Shu bilan birga, ayni kunlarda tilimiz bilan bog‘liq masalalarga birgina davlat rahbari, hukumat, davlat tilini rivojlantirishga mas’ul idoralar vakillarining jon kuydirishlari yetarlimi, degan o‘rinli savol tug‘iladi. Qabul qilinayotgan qonun va qarorlar huquqiy me’yorlar, xolos. Unga amal qilish, hayotimizning ajralmas bo‘lagiga aylantirish esa har birimizning fuqarolik burchimiz emas-mi? Aslida tilni kim himoya qiladi? Uning parvarishi, rivoji va taraqqiyoti bilan shug‘ullanadigan “hosilot” bormi, degan savol yuzaga kelishi tabiiy. Mening fikrimcha, bor, albatta, ya’ni bu – ushbu tilning vorisi, egasi, davomchisi hisoblangan, shu tilda gapiradigan har bir millat fuqarosining o‘zi bo‘lsa kerak. Bugun biz bilan yonma-yon yashab, o‘zbek tilini o‘z ona tiliday biladigan va shu tilda muomala qiladigan – rus, qozoq, tojik, turman, qirg‘iz, ozarbayjon, turk, koreys, arman, ukrain, belarus, nemis, xitoy, ingliz kabi turli millat vakillari tobora ko‘payib borayotgani kishini quvontiradi. Boshqa millat vakillarining o‘zbek tilida biyron va ravon gapirishi, siz va bizga o‘zbek tilida murojaat qilishi, avvalo, O‘zbekiston ular uchun ham aziz yurt – Vatan ekanining, qolaversa, davlat tiliga bo‘lgan hurmatning yaqqol belgisi. Ana shunday vatandoshlarimizni ko‘proq targ‘ib qilishni yo‘lga qo‘yishimiz lozim, bu eng avvalo, o‘zi o‘zbek bo‘la turib, ona tiliga hurmatsiz va bee’tibor bo‘lib yurgan shaxslar uchun o‘rnak bo‘larmi-di?!
- Ayni paytda ko‘z o‘ngimizda tilimiz rivojiga zid tarzda namoyon bo‘layotgan ayrim jihatlar va kundan kun ildiz otib borayotgan og‘riqli holatlar ham uchrab turibdi. Xususan, hozirgi kunda jahon omma vakillari qatori, biz, ham axborot texnologiyalari asrida yashayapmiz. Ijtimoiy tarmoqlar, Internet orqali yoritiladigan axborot va ma’lumotlarning aksariyati xorijiy tillarda uchraydi. Boshqa tillarda berilayotgan ma’lumotlar orqali xorijiy ijtimoiy tarmoqlar yot millatlar tili, ma’naviyati, madaniyati, urf-odatlariga xos turli axborot xurujlarini xalqimiz ongiga singdirishga urinishlari orqali yurtdoshlarimiz dunyoqarashini o‘zgartirishga harakat qilmoqdalar. Shak-shubhasiz, bu yaxshi emas. Albatta, boshqa millatlar tilini hurmat qilamiz, ammo keng foydalanishda birinchi urg‘uni o‘zimizning tilimizga bersak yaxshi emasmi. Qanchalik ko‘p aytilgan bo‘lsa-da, xorijiy so‘zlarni o‘ylab-o‘ylamay muomalaga olib kirayotgan yurtdoshlarimiz hushyor tortmayaptilar. Ko‘p uzoqqa bormaylik-da, har kuni, har soatda ko‘zimiz tushadigan holatlarga e’tibor qilaylik. Yurtimiz viloyatlari bo‘ylab kezar ekansiz, ayrim yurtdoshlarimiz, tadbirkorlarimiz o‘z savdo rastalari, firmalarini xorijiy tillarda nomlayotganiga, joylarda boshqa tillardagi tashqi reklamalarni to‘lib-toshib ketganiga guvoh bo‘lasiz. Mamlakatimizning yuragi sanalgan Toshkent shahrining ko‘chalaridagi peshlavhalarda, axborot yozuvlari-yu reklamalarda ajnabiy so‘zlar bosimi keskin kamaymayotganini nima bilan izohlash mumkin ekan? Hamon shaharning muhtasham ko‘chalaridagi har 20 ta do‘konning uchdan ikki qismi ajnabiy nomda, hamon o‘zbek tilidagi yozuvlardan ko‘ra, boshqa tildagi yozuvlarning salmog‘i baland. Axir shu birgina e’tiborsizlik tufayli biz yosh avlodni ongini, dunyoqarashini, tilga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirib borayotganimizni esdan chiqarmasak yaxshi bo‘lardi. Har bir hududda aholi o‘zi tanlagan, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan shevalarda muloqot qilishadi, gaplashadi. Bu ham o‘ziga xos ko‘p asrlik tarixga ega boqiy va o‘lmas qadriyat sanaladi. Lekin bizda rasmiy manbalar, ommaviy axborot vositalari orqali axborot tarqatish, jamoatchilikning oldiga chiqishda talab etiladigan adabiy til me’yorlari bor. Holbuki, oxirgi paytda televideniya orqali uzatilayotgan turfa xil ko‘ngilochar ko‘rsatuvlar-u seriallarda istagan kishi, istagancha o‘z shevasida jamoatchilik oldida chiqish qilayotganligiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Menimcha, bu to‘g‘risida ham chuqur mulohaza qilish, o‘ylab ko‘rish lozim bo‘lsa kerak. Tilimizning kelgusi taqdiri yoshlarning zimmasida, axir, ona tilimiz ertaga shu yoshlar tilida va dilida yashaydi-ku. Tan olish kerak, yoshlarimiz bugun ko‘p vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazmoqdalar. Ijtimoiy tarmoqlarda jamiyatga foydasi tegayotgan blogerlar bor. Lekin yana shunday blogerlar toifasi paydo bo‘lyaptiki, ularning ba’zilariga insho, bayon, diktantmi yozdirib ko‘rsangiz, har sahifada bir nechta xato qilishi tayin. Oqibatda ular buzuq tili bilan elning dilini buzyapti. Ayrim joylarda xizmat hujjatlarini tayyorlash, hujjatlar bilan ishlash va ish yuritish, majlislarni o‘tkazish rus tilida olib borilishi qisman bo‘lsa ham kuzatilmoqda. Davlat tashkilot va idoralarida bu masala ancha tartibga solindi, biroq xususiy korxona, firma va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarida ushbu masala muammoligicha qolmoqda. Davlat tili uchun mas’ul idora vakillari kelgusi faoliyatlarida bu yo‘nalishni ham o‘z nazoratlari ostiga olsalar maqsadga muvofiq bo‘lardi. O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini oshirish borasida tahsinga sazovor ishlar amalga oshirildi, oshirilmoqda, lekin shu bilan birga bu borada yana oldimizda bajarilishi zarur bo‘lgan ulkan va sharafli ishlar turibdi. O‘zini o‘zbek millatining farzandiman, deb bilgan har bir shaxs ona tilimizga e’tiborli bo‘lishi, uning sofligini asrab-avaylashni muqaddas burchi deb bilishi hamda ona tilimizni – ma’naviy vatanimizni ko‘z qorchig‘idek asrashi lozim.
Adаbiyotlаr 1. «Bino va inshootlarni barpo etish texnologoyasi»
2. Bino_va_inshootlar_qurilishi_(energiya_samarali_binolar)_DАK_2019
3. Internet saytlari aim.uz, http://ziyonet.uz/, http://txt.uz/ va h.k.z.
Do'stlaringiz bilan baham: |