Bilishning ikki xil shakli:
kundalik (empirik) bilish va
nazariy (ilmiy) bilish bir-biridan farqlanadi.
Bilish obyekti. Tadqiqotchi faoliyati qaratilgan predmet, hodisa, jarayon va munosabatlar bilish obyektlari hisoblanadi.
Bilish subyekti. Bilish bilan shug‘ullanuvchi kishilar va butun insoniyat bilish subyekti hisoblanadi. Ayrim olingan tadqiqotchi-olimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy tadqiqot institutlari ham alohida bilish subyektlaridir.
Ilmiy bilish faoliyati faqat tabiat va jamiyatning mohiyatini bilishga emas, balki insonning o‘ziga ham qaratilishi mumkin. Inson va butun insoniyat ayni bir vaqtda ham bilish obyekti, ham bilish subyekti sifatida namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |