Ilmiy bilish tuzilmasida ikkita o‘zaro farq qiluvchi, lekin bir-biri bilan bog‘liq daraja – empirik (tajriba) va nazariy darajalar mavjud.
Eksperiment ilmiy bilimlarni isbotlash va rivojlantirish vositasidir. Shunday qilib eksperiment, bu – bilimga ega bo‘lish maqsadida amalga oshiriladigan faoliyat turi bo‘lib, o‘rganilayotgan obyektga maxsus asbob-uskunalar vositasida ta'sir ko‘rsatishdan iborat.
Nazariya, bu – muhim munosabatlar va qonunlarni bilish asosida obyektiv va real jarayonlarni ifoda etuvchi tushunchalar tizimidir. Har bir konkret nazariya aks ettirish va konstruksiyalashning birligidir. Har qanday nazariya, bu - tushunchalar tizimidir. Abstraktlikdan konktretlikka ko‘tarilishni umumiy tarzda ilmiy nazariy fikrning predmetni yoki obyektni tadqiq qilish borasida tobora to‘la, har tomonlama va birbutun qilib ifoda etish tomon harakatdir, deb ta'riflash mumkin. Bilimning abstraktligi deganda, keng ma'noda bilimning to‘liq emasligi, bir tomonlamaligi, konkretligi deganda esa bilimning to‘liqligi, mazmundorligi tushuniladi. Shu ma'noda «abstraktlikdan konkretlikka ko‘tarilish» iborasini butun bilimning umumiy yo‘nalishini tavsiflash uchun qo‘llash mumkin, chunki unda bilimning kamroq mazmundorlikdan ko‘proq mazmundorlik tomon harakati qayd etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |