Reja
• Bilimlar bazasi • Nazariy qism • Xulosa
Bilimlar bazasi
Sun'iy intellekt sitemasida bilimlar bazasi muhim o'rin egallaydi. Shu sohaning ilg'or mutaxassisi Stenford universiteti professori Edvard Feyganbaum bilimlar asosida, Komp’yuter ga tuzilgan intellektual dastur juda qiyin bo'lib, bunda ekspertga murojaat etishni ta'kidlaydi. O'zi sun'iy intellekt atamasi aniq bir tushuncha bo'lmay, biz uni sinonimi sifatida «Ekspert tizimlar» va «Bilimlarga asoslangan tizimlar» tushunchalarini ishlatamiz.
Bilimlar bazasiga asoslangan ekspert tizimining ishlash sxemasi quyidagicha bo'ladi.
• tahlil natijalari yoki qiymatlar tanlash; • kuzatish; • natija interpretatsiyasi; • yangi informatsiyalarni o'zlashtirish;
• gipoteza va qoidalar yordamida yangi qiymatlar yoki yangi • tahlil natijalari olish.
BILIMLARNI TASVIRLASH MODELLARI • Mahsuliy (produksion) qoidalarning modellari • Freymli modellar • Semantik modellar
Deklarativ bilimlar — bu biror-bir tizimda o'zaro bog'langan dalillardir. haqiqatdan ham ro'y bergan biror hodisa, voqea-dalilga misol bo'la oladi. Protsedurali bilimlar — dalillar ustida amallar bajarilsa, (algoritmlar, dasturlar, analitik o'zgarishlar, empirik qoidalar) va shu kabilarni amalga oshirish natijasida hosil bo'ladigan bilimlardir. Bilimlarning bunday bo'linishi shartli xususiyatga ega.
EHMning boshlang'ich uch avlodida protsedurali tasvirlash yagona, u ham masalalarni yechishda qo'llaniladi. Deklarativ bilimlar har doim tobe bilimlardir. Ekspert tizimlar sohasidagi tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bilimlarni tasvirlash uchun qo'llaniladigan maxsus qoyidalar, semantik tarmoqlar va freymlar modellar ko'rinishida ishlatiladi. Shuning uchun, bu modellarni to'laroq ko'rib chiqamiz.
Mahsuliy (produksion) qoidalar
1970-yillarning o'rtalariga qadar, ekspert tizimlarida bilimlarni ifodalovchi mahsulot modellari keng qoilanildi. Bu umumiylik ekspert tizimlarining birinchi avlodiga xos edi (masalan, dendral, mycin, ruf, rl va boshqalar).
Mahsuliy qoidalar bilimlarni «Agar — u holda» ko'rinishda tasvirlaydi. Qoidaning «Agar» qismi bir qator shartlarni ifodalaydi, bu shartlar qanoatlantirilsa, qoidaning ikkinchi, ya'ni «u holda» qismidagi xulosalar mazmunga ega boiadi. Buni quyidagi sxema misolida ko'rib chiqamiz.
Ekspert tizimlarining qo'llanishi bo'yicha mahsulotlarni «vaziyat-->harakat», «holat→ yechimini qabul qilish», «jo'natish — xulosa» tarzida talqin qilish mumkin. Deduktiv xulosa tizimi uchun o'ziga xoslik — bu «jo'natish-xulosa» ko'rinishda talqin qilinadi. Bu jo'natishlar va xulosalar — aksioma va teoremalarni, mahsulotlarni o'zi esa xulosa qoidalarni ifodalaydi.
Mahsulotlar tilining asosiy element! quyidagi konstruksiyadir:
Qisqacha qoidalarning ishlashini ko'rib chiqamiz. Birinchi bajariladigan qoida, bu A→D, chunki A ma'lumotlar bazasida joylashgan. A — MB bo'lganligi uchun D ni ? ham kiritilishi S&D → F qoidasining bajarilishini ta'minlaydi va Z MB kiritiladi.
Bu jarayonni quyidagicha tasvirlash mumkin, ma'lumotlar bazasida 2 izlab ko'riladi, agar Z bo'lmasa, u holda Z ni qoidalar ichida Z keltirib chiqaradigan qoidani aniqlaydi (ya'ni strelkadan o'ng tomonda turgan Z ni izlaydi). Bizning misolimizda bu F&B → Z qoidasi. Z ni aniqlash uchun avval F va B aniqlash kerak ekanligini tizim qayd etadi. Z qadamda tizim F vaqtni aniqlashga kirishadi. Awal F ni ma'lumotlar bazasidan ko'rib chiqadi, topa olmagan qoidalar F chiqarib beradigan qoidani aniqlaydi (ya'ni, strelkani o'ng tomonida F turadigan qoidani).
Bu C&D → F ni beradi va C va D faktlarni aniqlash kerakligi haqida xulosa chiqaradi.
3—5- qadamlarda tizim MB da C ni topadi va D ni topish uchun awal A faktni aniqlaydi.
6—8- qadamlarda tizim D ni aniqlash uchun 3-qoida bajariladi, F ni topish uchun ikkinchi qoidani va Z (asosiy maqsadni) 1-qoidani bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |