Bilimlar bellashuvi uchin test savollari
5-sinf
Bir nechta natural sonlarning yig‘indisi 77 ga teng. Agar shu sonlarning har biridan 4 ni ayirib yig‘indi hisoblansa, u 29 ga teng bo‘ladi. Yig‘indida nechta natural son qatnashgan?A)4 B)6 C)8 D)12
Agar kamayuvchini 30 orttirilib ta va ayriluvchini 12 ta kamaytirilsa, ayirma qanday o‘zgaradi? A) 18 ta kamayadi B) 24 ta ortadi C) 12 ta ortadi D) 12 ta kamayadi
1 soat 160 minut 5 sekund necha sekunddan iborat? A) 106005 B) 12205 C) 14205 D) 13205
To‘g‘ri to‘rtburchakning eni 7 sm, bo‘yi undan 4 sm ortiq. To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetrini hisoblang. A) 36 B) 20 C) 34 D) 30
Ifodaning qiymatini toping:15 − 9 : 3 + 4·3 A) 24 B) 18 C) 48 D) 12
17·11−14·11+27·23−24·23+21·19−18·19 ni hisoblang. A)165 B)159 C)143 D)203
Tenglamani yeching 5+(x−34)=25 A) 18 B)54 C)36 D)34
723 ni 6 ga bo'lgandagi qoldiqni toping. A)4 B)3 C)1 D)2
Ayirma qanday raqam bilan tugaydi? 17∙28∙41∙35−24∙12∙87 A) 0 B) 2 C) 4 D) 6
Binoning 8-qavatigacha bo’lgan zinaning uzunligi 2-qavatgacha bo’lgan zina uzunligidan necha marta uzun? (Qavatlar orasidagi zinalar soni bir xil deb xisoblansin).A)4 B)5 C)4,5 D)7
Onasi 50, qizi 28 yoshda. Necha yil oldin qizi onasidan 2 marta yosh bo’lgan? A) 5 yil B) 6 yil C) 8 yil D) 4 yil
1, 2 va 3 raqamlari yordamida yozilgan turli raqamli barcha uch xonali sonlar yig'indisi toping. A)1233 B)2133 C)1332 D)2331
Fermada 43 ta sigir va shuncha buzoq bor. Har bir sigirga bir kunda 8 kg dan, har bir buzoqqa esa 5 kg dan ozuqa beriladi. 30 kunda mollar uchun qancha ozuqa kerak? A)28770 B)12560 C)16770 D)3000
4a+4b= ifodani qiymatini a+b=20 bo’lganda hisoblang. A)80 B)85 C)90 D)75
Berilgan beshta sonning har biri 3 ga ko'paytirilib, so'ngra hosil bo'lgan sonlarning har biriga 2 qo'shildi. Hosil bo'lgan sonlar yig'indisi 70 ga teng bo'lsa, berilgan sonlar yig'indisi nechaga teng bo'lgan? A) 20 B) 22 C) 15 D) 25
Bir qutida 100 so'mlik va 500 so'mlik puldan 90 dona bor. 100 so'mliklarning yig'indisi 500 so'mliklarning yig'indisiga teng bo'lsa, qutidagi necha ming so'm pul bor? A)21 B)25 C)15 D)18
140 million 9 ming 421 sonini raqamlar bilan yozing. A)14009421 B)140009421 C)140900421 D)1409421
Boks tushadigan maydoncha (ring)-tomoni 6 m ga teng kvadrat. Ring uch qator yo'g'on arqon bilan o'raladi. Buning uchun necha metr arqon kerak? A)80 B)72 C)76 D)88
Motosiklchi va velosipedchi bir tomonga qarab harakat qilishmoqda. Velosipedchining tezligi 12 km/soat, motosiklchiniki 30 km/soat va ular orasidagi masofa 72 km bo'lsa, necha soatdan keyin motosiklchi velosipedchini quvib yetadi?
Meshdagi suv Anvarning o'ziga 20 kunga, ukasiga esa 60 kunga yetadi. Meshdagi suv ikkalasiga necha kunga yetadi?
Eng kichik besh xonali songa eng katta to’rt xonali sonni qo’shganda qanday son xosil bo’ladi ?
Qonuniyatda navbatdagi sonni aniqlang 24, 25, 28,33, 40, 49, …
1dan 100 gacha sonlarni yozishda 1 raqami necha marta ishlatiladi ?
Agar noma’lum sondan 2125 va 1422 sonlarining yig’indisini ayirsak 5824 hosil bo’ladi, noma’lum sonni toping.
Olti burchakning bitta burchagini kesib tashlasak nechta burchak qoladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |