Bilim sohasi



Download 7,14 Mb.
bet75/345
Sana08.08.2021
Hajmi7,14 Mb.
#142483
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   345
Bog'liq
Умумий педагогика 1-қисм (2)

Tarbiya vositasi tarbiya metodi bilan birgalikda qo‘llanilib, uning samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ta’lim vositalari singari, tarbiya vositalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ko‘rgazmali qurollar, o‘quv–uslubiy qo‘llanmalar, badiiy asarlar, teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarni ham kiritishimiz mumkin.

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qalamiga mansub quyidagi satrlarda tarbiya vositalariga aniq misollarni ko‘rish mumkin: “...xonadondagi har bir narsa – daraxt va o‘simliklar bo‘ladimi, turli o‘yinchoqlar, uy hayvonlari bo‘ladimi – bularning barchasi bolaning ko‘ziga go‘yoki beqiyos mo‘jiza bo‘lib ko‘rinadi va shu tariqa u yorug‘ dunyoni o‘zi uchun kashf qiladi”.35

Tarbiya metodlari va vositalaridan samarali foydalanish har bir pedagogning mahoratiga bog‘liq. Barcha metodlar ham pedagoglar tomonidan bir xil darajada qo‘llanilmaydi va kutilgan natijani bermaydi. Erishilgan tarbiyaviy natija tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning individual – psixologik xususiyatlariga bevosita bog‘liqdir.

Metod bir martalik ta’sir bo‘lsa, vosita – bu metodlar yig‘indisidir. Vosita bu usul emas, ammo metod ham emas. Masalan, mehnat – tarbiya vositasi, ammo mehnat natijasini baholash, uning samaradorligini oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berish – bu usuldir. Keng ma’noda so‘z – tarbiya vositasi, ammo iqtibos, izoh, taqqoslash yoki tanqid – bu usuldir. Metodning tarkibida usullar va vositalar albatta mavjud bo‘lgani bois, ayrim hollarda tarbiya metodlari tarbiyaviy maqsadga erishish yo‘lidagi usullar va vositalar sifatida izohlanadi. Tarbiya metodlarining turlariga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, G.I.Shukin, Yu.K.Babanskiy, I.P.Podlasiylarning fikriga qo‘shilgan holda ularni tarbiyaning maqsadi sari yo‘nalganligiga qarab turlash eng qulay deb hisoblaymiz.36 Bular quyidagilar:



  1. Shaxsning ongini shakllantiruvchi metodlar.

  2. Faoliyatni tashkil etish va ijobiy xulq-atvor tajribasini shakllantirish metodlari.

  3. Xulq-atvor va faoliyatni rag‘batlantirish metodlari.

Darhaqiqat, tarbiya metodlarining maqsadiga qarab turlanishi bizga ularning o‘zaro bog‘liqligini, umumiy va o‘ziga xos jihatlarini yanada yaqqol tasavvur qilish imkoniyatini beradi.


Download 7,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish