Faoliyat obyektlari bo‘yicha ta’lim vositalari tasnifi
Faoliyat obyektlari bo‘yicha ham ta’lim vositalari ikkiga bo‘linadi:
1. Material ta’lim vositalari. Bu o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar, jadvallar, maketlar, modellar, o‘quv – texnik vositalar, mebel, o‘quv – laboratoriya qurilmalari, ko‘rgazmali vositalar bo‘lishi mumkin.
2. Ideal ta’lim vositalari – bular pedagog va talabalar yangi bilimlarni egallashda qo‘llaydigan vositalar: chizmalar, sxemalar, diagrammalar, tasviriy, san’at, nutq, xat va boshqalar. Ideal vositalar – bu «fikrlar haqidagi fikrlar»: o‘qituvchi ularni o‘rgatish uchun belgilangan shaklda ko‘rsatishi zarur. Masalan, materializatsiya – abstrakt simvollar tarzida ko‘rsatiladigan vosita (grafiklar, jadvallar, chizmalar), verbalizatsiya – nutq bayoni tarzida ko‘rsatiladigan vosita (tahlil, muhokama qilish, dalil keltirish).
Do'stlaringiz bilan baham: |