RIVOJLANISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALAR BILAN ISHLASHNING GLEN DOMAN, VALDORF VA MONTESSORI USULLARI
K
1. Qarama qarshilikka boy Glen Doman usuli
o‘pgina tortishuv va muhokamalarga sabab bo‘lgan usullardan biri, o‘tgan asrning 40 yillarida o‘z ibtidosini boshlagan, harbiy shifokor, amerikalik Glen Doman tomonidan ishlab chiqilgan. Glen Doman urush yillarida og‘ir miya jarohatini olgan bolalarni davolaydi. Bemor bolalarga kata-katta qizil harfli so‘zlar yozilgan kartochkalar ko‘rsatilardi va bir vaqtning o‘zida unda yozilgan so‘zlar talaffuz qilinardi. Darslar juda qisqa bo‘lib, 5-10 soniya davom etar, ammo kun davomida bir necha marotaba takrorlanardi. Bu shaklda mashg‘ulotlarda ishtirok etgan falaj holatida yotgan bolalar sekin-asta harakat qila boshlaydi, keyinchalik emaklash, yurish va hatto sog‘lom bolalar kabi yugurish qobiliyatlari ham tiklanadi. Shu sababli, Glen Doman bir vaqtning o‘zida ham oddiy, ham genial xulosaga keladi: ko‘zni doimiy ravishda stimulyatsiya qilish miya faoliyatining umumiy faollashishiga sabab bo‘ladi.
Shundan so‘ng Domen bu usulni sog‘lom bolalarda ham sinab ko‘radi. Bola tug‘ilgandan e’tiboran, unga bu kabi kartochkalar ko‘rsatiladi. Kartochkadagi so‘zlar turli-tuman bo‘lishi mumkin: nuqtalardan iborat sonlar, qizil rang bilan yozilgan harflar, hayvonlar rasmi, arboblar rasmi, tabiat hodisalari va hokazo… Bunday kartochkalarni Doman ma’lumot bitlari deb atardi. Kartochkalar kun davomida bolaga bir necha marta, bir necha soniyaga ko‘rsatilardi. Doman o‘z usulini qo‘llash natijasida daholarni tarbiya qilishiga ishonardi. Bu fikrni ko‘pgina pedagog va psixologlar yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun qarash natijasida yuzaga kelgan taassurotlar muhim ekanligini tan olishlari ham tasdiqlaydi.
Ammo bu usulning o‘ziga yarasha kamchiliklari bor: u bolalarga to‘la va mukammal rivojlanish bermaydi. Ayniqsa, bola dunyosi talab qilgan faollikni bu usulda mavjud emas. Dars davomida bolaning ko‘zi va ko‘rish qobiliyatigina ishtirok etadi. Bola esa tabiatidan kelib chiqib, o‘zini qiziqtirgan narsani ushlashni “mazasini tatish”ni ma’qul ko‘radi. Tili chiqa boshlagan bola esa, albatta, o‘zini qiziqtirgan mavzu borasida savollar yog‘diradi, ammo Domen usulida boladan qimirlamay o‘tirish, diqqatini kartochkalarga qaratish va talaffuz qilinganlarni eshitish talab qilinadi.
Doman inson miyasini kompyuterga o‘xshatadi. Uning fikricha, miya muvafaqqiyatli faoliyat yuritishi uchun ma’lumotlar bazasini to‘ldirib olishi lozim. Ammo bola kompyuter emas, balki tirik mavjudot, uni faqat turli sonlar va faktlar bilan to‘ldirishning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. U olgan ma’lumotlarini mantiqan to‘g‘ri qo‘llab, foydalana olishi lozim. Kichkina bola tajriba, ijodiy mashg‘ulotlar, suhbatlashish, o‘yin va sevgiga muhtoj. Shu sababli, Doman usuli daholarni yetishtirish uchun yetarli emas hamda ko‘p mehnat talab qiladi. Faqatgina matematika bilan kuniga eng kami 6 marotaba shug‘ullanish lozim. Natijada ota-ona aksar vaqtini bu darslar bilan o‘tkazadi, kechki soatlarda esa yangi darslar uchun kartochka tayyorlash lozim. Ammo, bu usuldan umuman bosh tortish ham to‘g‘ri emas, balki, uning samarali tomonlaridan foydalanish mumkin. Masalan, bolaning sevimli kitobini o‘qish bilan birgalikda unga turli kartochkalarni ko‘rsatsangiz bo‘ladi.
B
Do'stlaringiz bilan baham: |