6-BOB. TIRIKORGANIZMLARDAELEKTRTOKI
Elektr toki deganda, odatda, elektr zaryadlarining yo‘naltirilgan harakati tushuniladi. U ikkiga bolinadi: o‘tkazuvchanlik toki va konveksion tok. o‘tkazuvchanlik toki — bu o‘tkazuvchi jismlarda zaryadlarning yo‘naltirilgan harakatidir, chunonchi, metallarda elektronlar, yarim o‘tkazuvchilarda ionlar, gazlarda esa ion va elektronlarning yo‘nalgan harakatidir. Konveksion tok — bu zaryadlangan jismlar harakati va elektronlarning yoki boshqa zaryadli zarrachalarning vakumdagi oqimidir.
Toklarning yuqorida keltirilgan sinflari birmuncha shartlidir. Masalan, o‘zgaruvchan elektr maydoni ham tok — uni siljish toki deyiladi. Har bir istalgan tokning hech bo‘lmaganda bitta umumiy xususiyati bor, u ham bo‘lsa tok magnit maydonining manbai hisoblanadi.
Mazkur bobda elektr toki va tok maydonining ba’zi xarakteristikalari, elektrolitlardagi va gazlardagi tok va termoelektrik hodisalari ko‘rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |