2.4-§. SUYUQLIK QOVUSHOQLIGINI ANIQLASH USULLARI: QONQOVUSHOQLIGINI ANIQLASHNING KLINIK USULI
Qovushoqlikni o‘lchash usullari viskozimetriya deb ataladi, u maqsadlar uchun ishlatiladigan asboblarni esa viskozimetrlar, deb aytiladi.
Viskozimetriyaning bir muncha keng tarqalgan usullarini ko‘rib chiqamiz. Puazeyl qonuni formulasiga asoslangan kapillyar usuli: bosim o‘zgarishlarining aniq bir qiymatlarida ma’lum massali suyuqliklarning og‘irlik kuchi ta’siri ostida kapillyarning belgilangan ikki nuqtasi orasidan oqib o‘tish vaqtini hisoblashdan iborat. Turli ko‘rinishdagi kapillyar viskozimetrlar 2.7-rasmda o‘rsatilgan (1-o‘lchov rezervuarlari; M1 va M2 belgilari suyuqlikning rezervuarlardan shu ikki belgi orasidan oqib o‘tish vaqtini hisobga olish uchun qo‘yilgan; 2-kapillyarlar; 3-oqib o‘tgan suyuqliklar to‘planadigan idish).
Do'stlaringiz bilan baham: |