Bilim sohasirasm Botiq va qavariq menisklar 2.15 rasm
92- Биофизика М.И.Базарбаев 2017 й.(1)
Suyuqlikli kapillyar nayda havo pufakchalarining holatini ko‘rib chiqaylik. Agar havo pufakchasining turli tomonida suyuqlik bir xilda ta’sir ko‘rsatayotgan bo‘lsa, havo pufakchasi ikkala tomoni ham bir xil egrilik radiusiga ega bo‘ladi (2.15-a rasm). Agar pufakchaga tomonlardan biri ortiqroq bosim bilan ta’sir etsa, masalan, suyuqlik harakatida menisklar deformatsiyalanadi va ularning egrilik radiuslari o‘zgaradi (2.15-b rasm), havo pufakchasining turli tomonidagi qo‘shimcha ΔP bosim esa bir-biridan farq qiladi. Bu hol havo pufakchalari tomonidan suyuqlikka shunday kuch ta’sir etishi natijasida suyuqlikni kapillyar naydagi harakat tezligi kamayadi yoki butunlay to‘xtab qoladi. Bunday hodisalar odamning qon aylanish sistemasida ham yuz berishi mumkin (2.15-c rasm). Qonga kirib qolgan havo pufakchalari kichik qon tomirlarini to‘sib qolishi va birorta organning qon bilan ta’minlanishidan mahrum etishi mumkin. Gazemboliyasi deb ataladigan bu hodisa natijada jiddiy funksional shikastlanishga, hatto o‘limga olib kelishi mumkin. Gaz emboliyasi yirik venalar jarohatlanganda hosil bo‘lishi mumkin; bunda qon oqimiga kirib qolgan havo pufakchasi qonning harakatlanishiga to‘sqinlik qiladi. Venatomirlari ichiga turli xil dorivorlar quyishda havo pufakchalari kirib qolmasligi lozim. G‘avvoslar juda katta chuqurlikdagi suv ostidan tezlik bilan suv sathiga chiqarilganda ularning qonidan gaz ajralib chiqib, pufakchalar paydo bo‘lishi, uchuvchilarda va kosmonavtlarda juda yuqori balandliklarda kabinalari va skafandralarining germetikligi ishdan chiqishida gaz emboliyasi yuz berishi mumkin. Bu hol qon tarkibidagi suyultirigan gazlarning, atrofdagi atmosfera bosimining keskin kamayishi tufayli erkin holga, ya’ni gaz holatiga o‘tishidir. Qon tarkibidagi gazlar bosimining asosiy qismini azot tashkil etganligi tufayli bosimning keskin kamayishida gaz pufakchalarining qonda paydo bo‘lishida ham azot yetakchi rolni o‘ynaydi, chunki u organizm va uni o‘rab olgan havo bilan gaz almashinuvi jarayonida ishtirok etmaydi.
Download 6,45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |