Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
Mustaqil ta`lim umumdidaktik tamoyil bo’lib o’quv-tarbiyaviy jarayonning mazmuni va tashkil etilishining vazifasigina bo’lib qolmasdan, balki, uning tarkibiy qismidir. Oliy maktab pedagogikasining o’ziga xos kategoriyasi mustaqil ta`limdir. Pedagogika oliy o’quv yurtlari talabalari uchun bu juda zarur bo’lib, ular talaba sifatidagina emas, balki kelajakdagi o’qituvchilar, tadqiqotchilar sifatida mustaqil ishlay olishlari, o’quvchilarani bu faoliyatga o’rgatishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ana shularga bog`liq ravishda “Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar diagnostikasi” fani boyicha talabalar mustaqil ishlarni bajarish jarayonida mavzu yuzasidan yanada kengroq ma`lumotlarga ega bo’lishlari uchun qo’shimcha adabiyotlarni o’rganadilar, taxlil qiladilar.
Aqli zaif va eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni TPPK tekshirish, o’rganish, korrektsiyalash yuzasidan maslahatlar berish, bolalarning tibbiy-psixologik-pedagogik hujjatlarini o’rganish, bolalarga psixologik-pedagogik tavsifnomalar tuzish, TPPK ishini tahlil qilish kabi ish usullarini egallaydilar. “Rivojlanishida psixik va jismoniy nuqsonlari bo’lgan bolalar diagnostikasi” kurs boyicha mustaqil ishlar talabalarning kelajakdagi amaliy faoliyatini samarali bo’lishiga imkon yaratadi.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:
Intellekti me`yorida bo’lgan maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarning diqqat va idrokining xususiyatlarini tavsiflash.
Aqli zaif o’quvchilar diqqati va idrokining o’ziga xos xususiyatlarini yoritib bering.
Aqli zaif va me`yorida rivojlanayotgan bolalar nutqiy rivojlanishini tavsiflab bering.
Bolaning aqliy rivojlanishini yoritadigan ko’rsatgichlarni aniqlang.
Umumta`lim maktabining 1-sinfiga qabul qilinadigan bolalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qoyiladigan talablarni izohlang.
TPPKning ishining mazmuni va uni tashkil etish.
TPPKning Nizomlari va tushuntirish xatlari bilan tanishing, tahlil qiling.
Umumta`lim maktabdagi o’zlashtirmovchi o’quvchilarning yozma ishlaridagi xatolarni taxlil qilish (ona tili va matematika daftarlari).
Bolaning erkin mavzuga doir chizgan rasmlarini taxlil qilish (rasmda namoyon bo’ladigan shaxs xususiyatlarini aniqlash).
TPPK ishini tavsiflash.
Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarni psixologik-pedagogik tashxis qilish metodlari
Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarni psixologik-pedagogik tekshirish uchun materiallar tayyorlash (tekshirish albomlari, ko’rgazmali qurollar).
Tekshirish jarayonida bolaning hissiy-irodaviy doirasini tavsiflab berish. Xulosalarni kuzatishdagi dalillar bilan isbotlash.
Bolani tekshirish bayonnomasi asosida uning diqqat, idrok, xotira, tafakkur va nutqining xususiyatlarini taxlil qilish.
Rus psixologi L.S.Vigotskiyning “yaqin rivojlanish zonasi” haqidagi fikrlarini taxlil qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |