Introversiv tip - uning boshqalardan farqli tomoni shundaki, ular o`ta iymanuvchan,
haqiqiylikdan yiroqlashuvchan, o`z tuyg`ularini oshkor etishni xohlamaslik, faylasuflik qilishga
intilishlari bilan xarakterlidir. Bunday odamlar yolg`izlikni yoqtiradilar, atrofdagilar bilan kam
nizoga borib, qachonki ularning shaxsiy hayotlariga aralashgandagina atrofdagilar bilan ixtilofga
boradilar. Ularda qat’iyatlilik, prinsipiallik kabi ijobiy fazilatlar bilan bir qatorda qaysarlik,
fikrlashning torligi, o`z g`oyalarini o`ta qat’iyatlilik bilan himoya qilish kabi salbiy xislatlar
mavjud. Ular har bir narsaga o`z nuqtai nazarlari bilan qaraydilar, boshqalarning fikrlaridan o`z
fikrlarini ustun qo`yadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |