Ta’sirchan tip - bu toifadagilar muomalada tortinchoq, ko`p hollarda tund va injiq bo`lib,
yolg`onchilikka, surbetlikka, nizoga moyildirlar. SHuningdek, bunday holatlarda ular doim faol
bo`ladilar. Bu toifadagilar xotirjam bo`lganlarida sofdil, hayvonlar va kichkina bolalarni yaxshi
ko`radilar, kayfiyatlari yomon bo`lganida esa injiq, jaxldor, o`zlarini idora eta olmaydilar.
To`xtaluvchan tip - bu toifadagilar me’yorida hamsuhbat, pismiq, aql o`rgatuvchi,
kamgapdirlar. Ular nizoli holatlarda faol, tashabbuskor bo`lib, tanlagan faoliyatini muvaffaqiyatli
amalga oshirishga intiladilar. Ular o`ziga nisbatan o`ta talabchan bo`lib, ijtimoiy adolatga xayrihoh,
shuning bilan birga arazchi, hamda qasoskor bo`ladilar. Ba’zida haddan ziyod o`ziga bino qo`ygan,
to`g`riso`z, rashkchi, yaqinlariga va qo`l ostidagi xodimlarga nisbatan o`ta talabchan bo`lib
qoladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |