Bilim sohasi: 500000 Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’miiot Ta’lim sohasi: 510000 Sog‘liqni saqlash Ta’lim yunalishi: 5510500 Farmatsiya (turlari buyicha) 5111000 – Kasb ta’limi



Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/307
Sana01.01.2022
Hajmi2,39 Mb.
#289724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   307
Bog'liq
PISIXOLOGIYA

 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
I.NAZARIY MATERIALLAR 
 
 
 
1-Mavzu: Psixologiya faniga kirish. Tibbiyotda psixologik 
bilimlarning urni va ahamiyati 
                                   
Режа: 
1.Psihologiya fanining predmeti maqsad va vazifalari 
2.Psihologiya fanining tarmoqlari 
3. Psihologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari 
4. Tibbiyotda psixologikbilimlarning urni va ahamiyati 
T a ya n ch     s o' z     v a     i b o r a l a r : Psixologiya, rux, aks ettirish, psixika, Aristotel, refleks, 
emperizm,  sensualizm,  faktlar,  jarayonlar,  individual  xususiyatlar,  vazifalar,  psixik  holatlar. 
Prinsip, determinizm, ong, faoliyat, amaliyot, nazariya, soha, ijtimoiy psixologiya, psixika, 
tadqiqot, psixik taraqqiyot, ijtimoiy borliq. 
Psixologiya lotincha “psyuxe"-ruh, "logos"-fan,  ta'Iimot degan so'zlardan  oiingan  bo'iib, 
psixologiya fani inson ruhi haqidagi ta'limotdir. Boshqacha qilib aytganda  psixologiya 
ruhshunoslik, insonshunoslik haqidagi fandir. 
Psixologiya, falsafadek juda qadimiy fanlardandir va juda boy tarixga 
egadir.Pisxologiya dastlab falsafa doirasida faoliyat ko'rsatgan. Psixologiya juda uzoq tarixga ega. 
Dastlabki psixologik tasavvurlar Qadimgi Sharq mamlakatlarida, Xitoy, Hindiston, Misr kabi 
mamlakatlarda vujudga kelgan. Psixologik tasavvurlarning vujudga kelishida odamlar o'rtasida 
farqlarning mavjud ekanligi, ammo bu farqlarning sabablari aniq bo'lmaganligi bilan bog'liq.    
Kishining psixikasi haqidagi ta'limotni birinchi marta Aristotel (eramizdan avvalgi 384-322 
yillar)  «Ruh haqida» degan kitobida bayon qilgan. Shu sababli Aristotel alohida fan bo'lgan 
psixologiyaga asos solgan olim yoki psixologiya fanining «otasi» deb hisoblanadi. U bir qancha 
asarlar yozib, ularda psixologiya masalalari bo'yicha o'z qarashlarini bayon qiladi. Aristotel ruh tan 
bilan uzviy bog'langan, deb hisoblaydi. «Ruh-deydi u-o'z taiatiga ko'ra hukmron asosdir, tana esa 
tobe narsadir». Aristoteldan keyin Demokrit, undan keyin Epikur (342-271 yillar), Rim shoiri va 
faylasufi Lukresiy Karr (99-95 yillar) psixologiya fanining rivojlanishiga o'z nazariyalari bilan hissa 
qo'shdilar. Lukresiy psixik hodisalarning tanaga bog'liqligini tajribada asoslab berdi. 
0’rta asrlardan fransuz tabiatshunos olimi R.Dekart nomini tilga olmaslik mumkin emas. 
Chunki bu olimning nomi bilan keyinchalik fiziologiyada va Psixologiyada ko'p ishlatiladigan 



 
refleks tushunchasi bog’liqdir. R.Dekart o'z zamonasida birinchi marta refleks tushunchasini odam 
hatti-harakatini tushintirishda ishlatdi va harakatlarni  tashqi muhit ta'siri ostida ro'yobga kelishini 
refleks mexanizmi deb tushuntiradi. Lekin R.Dekart odam faoliyatini to'g'ridan-to'g'ri jonsiz 
mexanizm, mashina sifatida tasavvur qiladi, odam ruhining bu xatti-harakatlarga biron bir aloqasi 
bolishi mumkinligini butkul rad etadi. Ya ni refleks tushunchasi uning risolalarida juda tor manoda, 
faqat fizik aks ettirish ma'nosida qabul qilingan. Lekin shunga qaramay, bizning zamonga kelib, 
R.Dekart ta'limoti mexanikligi  uchun em'as, balkim materialistic dunyo qarashdan kelib 
chiqayotganligi uchun refleks tushunchasi qaytadan tahlil qilingan holda qqabul qilindi. 
Psixologiya fanining rivojlanishida CH.Darvinning evolyusion nazariyasi nihoyatda katta 
ahamiyatga ega bo'ldi. 
Vilgelm Vund 1879 yili Leypsigda birinchi eksperimental psixologiya amaliysini tashkil 
qildi. Oradan ko'p o'tmay, 1881 yili Berlin universiteti qoshida eksperimental psixologiya instituti 
tashkil qildi. 
XIX asrning oxirida Rossiyada Tokarskiy, Bexterev, Langerlar, 1911 Chelpanov 
rahbarligida eksperimental psixologiya amaliysi ochildi. XIX asrning oxirlaridan boshlab, 
psixologiyaning boshqa sohalri: hayvonlar psixologiyasi, tarixiy psixologiya, yoshga aloqador 
kishilar psixologiyasi maydonga keldi. 
Eng muhimi-XX asrga kelib, psixologiyaning tatbiqiy sohalari paydo bo'ldiki, endi qo'lga 
kiritilgan yutuqlar bevosita ta'lim, tarbiya, sanoat, biznes, marketing xizmatlari, boshqaruv, sog'liqni 
saqlash, huquqbuzarlikning oldini olish sohalariga dadil joriy etila boshladi. XXI asrning birinchi 
yiliga kelib, psixologiya nazariy, tahliliy fandan bevosita amaliyotning ehtiyojlarini qondiruvchi 
tadbiqiy fanga aylandi. 
Biz sobiq sho’rolar davrida tabiatni birlamchi, ruhni  ikkilamchi deb o'rgana'r  edik,  birinchi 
o'ringa borliqni, ikkinchi o'ringa tafakkurni qo'yar edik. 
Sharq mutafakkirlari ma'naviy hayot jamiyat taraqqiyotini,  kishilar faoliyatini belgilaydi,  deb 
ta'lim beradilar.  Shu bilan birga ular ijtimoiy hayot va ijtimoiy ong o'rtasidagi  munosabatlar 
murakkab ekanligini ta’kidlaydilar,  ijtimoiy ong ijtimoiy borliq bilan davlat, huquq, siyosat va 
boshqa shu kabilar bilan bog'liq ekanligini uqtiradilar.  
Psixologiya fanini rivojlantirish sohasida Sharq mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy, Abu 
Rayhon BeruniyIbn Sino, Abu Homid Muhammad G'azzoliy kabilar katta hissa qo'shganlar. Mustaqil 
O'zbekiston Respublikasida milliy  psixologiya fanini rivojlantirish uchun  psixolog olimlarimizdan 
I.P.Ivanov, E.G.G'oziyev, M.G.Davletshin, V.A.Tokoreva, B.R.Qodirov, 
G.B.Shoumarov, 
E.Z.Usmonova, S.A.Axunjonova, R.l.Sunnatovlar ham munosib hissa qo'shib keldilar va 
qo’shmoqdalar. 
 
Har bir fanning o'z predmeti bo'lgani kabi, psixologiya ham o'z predmetiga ega. Ammo 
psixologiya o'rganadigan voqelik boshqa fanlardagidan tubdan farq qiladi. Chunki uning predmetini 
ko'z bilan ko'rib, ushlab yoki bevosita o'lchab bo'lmaydi. Ularni fikr yuritish, tasavvur qilish, his 
qilish orqaligina bilib olish mumkin. Psixologiya predmetiga quyidagi ta'rif berish mumkin: 
 

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish