Determinizm nima? Determinizm so'zi sabab va oqibatning o'zaro birligini ifodalaydi. Bu
prinsipga ko'ra sababsiz oqibat bo'lmaydi. Determinizm prinsipiga ko'ra psixika taraqqiyoti
individning yashash muhiti bilan belgilanadi, ya'ni muhit o'zgarishi bilan psixika ham o'zgaradi.
Masalan: qishloqda yaxshi dars o'ta olmaydigan qoloq bir maktabning o'quvchisi bilan shaharda
maxsus chuqur ta'lim beriladigan lisey o'quvchisi tafakkuri o'rtasida farq bo'lishi tabiiy. Farqning
sababi mavjud. Sababi muhit, shart-sharoitdir.
Agar muhit o'rtasidagi farq qanchalik kam bo'lsa, psixik xususiyatlarning rivojlanishi va
shakllanishida ham farq kam bo'ladi. Aksincha esa farq katta bo'ladi.
Determinizm prinsipi nima uchun prinsip sifatida qabul qilingan? Psixologik voqeliklarni
tadqiq etishda, ularni baholashda va rivojlantirishda determinizm prinsipiga amal qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |