Deduktiv xulosa chiqarishda umumiy va yakka hukmlardan yakka yoki juz’iy
hukm keltirib chiqariladi. Analogiya xulosa chiqarishning shunday shaklidirki, bunda biz
ikki predmetning ba’zi bir belgilari o‘xshashligiga qarab, bu predmetlarning boshqa
belgilarining o‘xshashligi to‘g‘risida xulosa chiqaramiz. Analogiya deb narsa va
hodisalarning bir-biriga o‘xshash bo‘lgan ba’zi belgilariga qarabgina hukm yuritishdan
iborat xulosa chiqarish shakliga aytiladi. Tushuncha deganda biz narsa va hodisalarning
eng muhim va eng asosiy xususiyatlarini aks ettirishni tushunamiz. Tushunchalar
hukmlardan tarkib topadi. SHu sababli tushunchaning mazmunini ochib berish uchun bir
qancha hukm yurtishga to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |