Testlar metodi. Testlar, ya’ni ozmi yoki ko’pmi standartlashtirilgan (birxillashtirilgan) shaxs
xususiyatlarini qisqa muddatli sinash metodlari yaxshi yoki yomon asoslangan bo’lishi mumkin.
Yaxshi asoslangan test – bu oldindan o’tkazilgan katta eksperimentlar natijasidir. Nazariy jihatdan
asoslangan va eksperimental jihatdan muhokama qilingan testlar tadqiqotchi uchun ilmiy va amaliy
ahamiyat kasb etishi mumkin.
Arxiv metodi. Amerika ilmiy adabiyotlarida «Arxivlik metodi» degan atama qabul qilingan,
bunday tadqiqotlarni o’tkazuvchi psixolog sinaluvchining aktual xulqini kuzatmaydi va
o’lchamaydi, kundalik qaydnomalarni va yozuvlarni, arxiv materiallarini, mehnat, o’quv yoki ijodiy
faoliyatini analiz qilinadi. Ko’p hollarda uni «faoliyat mahsullarini o’rganish» yoki «praksimetrik
metod» deb ifodalanadi. Tadqiqotchi tadqiqotlar matnini, faoliyatning predmetli mahsulotini turli
xil maqsadlarda o’tkazishi mumkin. Maqsadlar joriy qilishning aniq usullarini arxivlik metodi
uning xilma-xilligini ajratib ko’rsatadi.
14
Do'stlaringiz bilan baham: |