Ustanovka nazariyasi - ta’sirga tayyorlik, oldindan ko’ra bilish nazariyasi. Bu nazariyani
Rossiyada L.Lange (1858-1921) Germaniyada G.Myuller, T.Shumen, N.Ax (1871-16-946),
Gruziyada D.N.Uznadze (1886-1950) asoslab berdilar.
Madaniy tarixiy jarayonlarning kelib chiqishi haqida N.S.Vigotskiy (1896-1934)
nazariyasini yaratdi.
Tafakkur nazariyasini S.L.Rubinshteyn (1889-1960) yaratib, muammoga faoliyatli
yondashuvni taklif qildi.
Psixologiyada shakllanib bo’lgan uch asosiy oqim - psixoanaliz, bixeviorizm va
geshtaltpsixologiya ichida ham ijtimoiy xulq-atvorni kichik guruhlar doirasida o’rganish
tendentsiyasi paydo bo’ldi. Bunda asosiy diqqat kichik guruhlarga va ularda turlicha eksperimentlar
o’tkazishga qaratilgan edi. Bunday holatning paydo bo’lganligi ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida
shakllanishida nihoyatda katta rol o’ynadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |