Estetik (nafosat) his-tuyg`ular - subektning hayotida yuz beradigan turli xildagi narsalarga
va ularning sanhatda aks ettirilishiga nisbatan allaqanday ajoyib yoki bemani, fojiaviy yoki kulgili,
olijanob yoki jirkanchli, nafosatli yoki xunuk narsa sifatida munosabatini aks ettiradi va ifodalaydi.
Inson ma’naviy, intellektual va estetik tuyg`ularni faoliyat va muomala jarayonida boshdan
kechiradi, bahzan ularda kishining sotsial voqelikka nisbatan butun hissiy munosabatlari boyligini
mujassamlashganligi uchun ular yuksak his-tuyg`ular deb ham ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |