68
Ma'nosiga tushunib yoki mantiqan esda olib qolish jarayonida asosiy o'rinda fikrlash
jarayonlari turadi. Esda qoldirilayotgan materialning ayrim qismlari va elementlari o'rtasidagi ma'no
va mantiqiy bog'lanishlarni fikr yuritish yo'li bilan ochiladi. Ma'no bog'lanishlarni ochish birorta
narsaning obrazini oddiy esda olib qolish emas, balki narsa va xodisalarga xos bo'lgan eng muhim
va zaruriy bog'lanishlarni ochish demakdir, bir guruh doirasiga kirgan narsa va hodisalarning
umumiy va muhim belgilari, ular o'rtasidagi sabab va natija bog'lanishlarini aniqlash demakdir.
O'tmishda idrok qilingan narsalarning hisqtuyg'u, fikr va ish harakatlarning ongimizga
qaytadan tiklanishi esga tushirish deyiladi. Esga tushirishning nerv-fiziologik asosi bosh miya
po'stida ilgari hosil bo'lgan nerv bog'lanishlarning qo'zg'alishidir.
Idrok qilingan narsalar miyamizda o'rnashib qolishi, esimizda turishi tufayli, ular turli
usulda esimizga tushishi mumkin. Esda saqlash deyilganda ilgari tug'ilgan taasurot, fikr, his-tuyg'u
va ish harakatlarning jonlanib, takrorlanib turishga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishini
tushunamiz. Ana shunday moyillikning hosil bo'lishi va mustahkamlanib qolishi nerv sistemasining
plastiklik deb ataluvchi alohida xususiyatga ega bo'lishi bilan bog'liq. Shuning uchun ham nerv
sistemasi ilgari bo'lib o'tgan tassurotlarni takrorlashga tayyor turadi.
Unutish-ilgarilari esga olib
qolingan narsalarning ongimizdan tamomila yo'qolishi, ya'ni uni esda tutishga batamom qarama-
qarshi jarayon deb tushunamiz. Bu xato fikrdir. Esdan chiqarish xotirani ko'pgina keraksiz
detallardan holi qilish va eslab qolinganini umumlashtirish, shu orqali esa uning saqlanib qolishiga
yordam beradi. Esdan chiqarishning o'ziga xos xususiyati uning bir tekisda bo'lmasligidir. Esdan
chiqarishning oldini olish uchun u materialni shunday, biroq o'z vaqtida takrorlash kifoyadir, chunki
esdan chiqarilgan narsani qayta tiklash uchun anchagina mehnat talab qilinadi.
Xotiraning mexanizmlari haqidagi fiziologik nazariyalar I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati
qonuniyatlari haqidagi ta'limotining eng muhim qoidalari bilan chambarchas bog'liqdir. Muvaqqat
shartli bog'lanishlarning hosil bo'lishi haqidagi ta'limot-bu sub'yektning individual tajribasi tarkib
topishi mexanizmlari haqidagi ta'limot, ya'ni aslida «fiziologik darajada esda olib qolish»
nazariyasidir.
Xotira kishi hayoti va faoliyatining barcha jabhalarida ishtirok etishi sababli uning
namoyon bo'lishi shakllari ham benihoya rang-barangdir. Xotiraning turlarga bo'linishi, eng avvalo,
esda olib qolish va yana qayta eyaga tushirish jarayonlari o'rin olgan faoliyatning aynan o'ziga xos
xususiyatlar bilan bog'liq bo'lishi kerak. Bu xotiraning u yoki bu turi kishida uning psixik
tuzilishiga xos xususiyat sifatida gavdalangan hollar uchun ham to'g'ridir. Muayyan psixik
xususiyat faoliyatda gavdalanmasidan oldin unda shakllanadi.
Xotira ta'riflarining esda olib qolish va qayta esga tushirish jarayonlari sodir bo'ladigan
faoliyatning xususiyatlariga bog'liqligi xotiraning har xil turlarini ajratish uchun umumiy asos bo'lib
xizmat qiladi. Bunda xotiraning ayrim turlari uchta asosiy mezonga muvofiq tarzda bo'linadi:
1) faoliyatda ko'proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga qarab xotira
Do'stlaringiz bilan baham: