Ong va faoliyat birligi prinsipi. Bu prinsipga ko'ra ong va faoliyat o'zaro uzviy bog'liq
hodisa hisoblanadi. Ya'ni biri ikkinchisini taqozo etadi. Mashhur rus psixologi Sergey Leonidovich
Rubenshteyn psixologiyada ong va faoliyat birligi prinsipining asoschisi hisoblanadi. Dastlab
bolada ongning shakllanishi uchun tug'ma imokniyatlar mavjud bo'ladi. Ammo uning shakllanishi
bevosita faoliyatning shakllanishi bilan tarkib topadi. Ayni vaqtda faoliyat ongning shakllanishi va
rivojlanishining negizi, o'z mohiyati manbai bo'lib xizmat qiladi. Ongsiz faoliyat bo'lmaydi,
faoliyatsiz ong bo'lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |