faoliyat xotira deyiladi.Xotira bir necha ruhiy jarayonni o'z ichiga oladi:
1. Esda olib qolish;
2. Esga tushirish;
3. Esda saqlash va unitish.
Bu jarayonlarning har biri alohida mustaqil psixik xususiyat hisoblanmaydi. Ular faoliyat davomida
shakllanadi va o'sha faoliyat bilan belgilanadi. Muayyan bir materialni esda olib qolishhayot
faoliyati jarayonida individual tajriba orttirilishiga bog'liqdir. Esda olib qolingan narsani
keyinchalik bo'ladigan faoliyatda qo'llash uchun uni esga tushirishtaqozo etiladi. Muayyan bir
materialning faoliyat doirasidan chiqib qolishi esa uning unitilishigaolib keladi. Materialni esda saqlash uning shaxs faoliyatidagi ishtirokiga bog'liq bo'ladi. Chunki har bir muayyan paytda
kishining xulq-atvori uning butun hayotiy tajribasi bilan belgilanadi.
Xotira shaxs psixik hayotining eng muhim, belgilovchi xususiyati hisoblanadi. Xotiraning
roli «o'tmishda yuz bergan» narsani aks ettirish bilangina cheklanib qolishi mumkin emas.
Xotira barcha psixik jarayonlarning eng muhim xarakteristikasi bo'lish bilan birga inson