29 – amaliy mashg‘ulot:
UDP protokolining dasturlashdagi ahamiyatini
o’rganish.
Ishdan maqsad:
UDP soketlari va UDP segmentining strukturasini o‘rgnib
chiqish
Nazariy ma’lumotlar
UDP segmentining strukturasi
UDP protokoli IP protokoliga asoslanadi va amaliy
jarayonlarga transport
xizmatlarini taqdim etadi. U ma’lumotlarni kafolatlanmagan yetkazilishini
ta’minlaydi, ya’ni ularni olinganligi tasdiqlanishini talab qilmaydi,
shuningdek
axborot manbai va qabullovchi orasida, ya’ni UDP modullari orasida ulanish
o‘rnatilishini talab qilmaydi.
UDP protokoli transport satxi xizmatlarining minimal to‘plamini kafolatlaydi,
jumladan:
-jarayonlar orasida ma’lumotlar almashtirish xizmati;
-xatoliklarni nazoratlash.
UDP protokoli trafikni nazoratlamaydi –ma’lumotlar
keraklicha davomli
vaqtda istalgan tezlikda uzatilishi amalga oshiriladi.
Internet – ilovalar ishlab chiqaruvchilari uchun UDP protokoli TSP
protokoliga qaraganda quyidagi to‘rtta afzalliklarga ega:
-ulanish o‘rnatilishi protsedurasi mavjud emas – uzatish jarayoni kechikishi
kamayadi; satxlaridaamalga oshirilishi va ular bilan bog‘langan UDP portlarga
misollar keltirilgan
-ulanish xolati xaqida axborot mavjud emasligi
- UDP server TSR serverga
nisbatan ko‘proq mijozlarga xizmat ko‘rsatishi mumkin;
-sarlavha o‘lchamining katta emasligi - UDP 8bayt, TSR 20bayt;
-ilova tomonidan ma’lumotlar uzatilishi boshqarishining yaxshilangan
mexanizmi – real vaqt ilovasi ma’lumotlar uzatilish minimal tezligiga cheklao‘
qo‘yishi – tovushli paketning kechikishi <150ms.
UDP protokoli IP protokoliga asoslanadi va amaliy jarayonlarga IP protokoli
xizmatlaridan kam farqlanuvchi transport xizmatlarini taqdim etadi.
IP-paket sarlavhasiga UDP protokoli UDP-paket sarlavhasi ko‘ringishida
xizmat axborotini qo‘shadi.
Jo‘natuvchi porti(SourcePort) –
maydon deytagramma uzatgan ishchi
stansiyaning portini ko‘rsatadi. Shu portga javob deytagrammani yuborish lozim.
Agar mazkur maydondan foydalanilmasa, u nollar bilan to‘ldiriladi.
Qabul qiluvchi porti (Destination Port) –
maydon paket yetkaziladigan ishchi
stansiya portini identifikatsiyalaydi.
TCP/IP bazasidagi Internet mijoz/server
muhitida, server amaliy satx
protokolini hisobga olib portlarni belgilaydi, bu mijoz satxida bajariladi. Port nomeri
– bu 0 dan 65 536 gacha diapazondagi 16-bitli kattalikdir. Umumiy ma’lum portlar
tizimiy jarayonlar yoki amaliy dasturlar tomonidan foydalaniladi, 0 dan 1 023 gacha
diapazondagi sonlar bilan nomerlanadi. Masalan, 25 port - SMTP (Pochtani
jo‘natish oddiy protokoli) protokoli, 80 port – HTTPprotokoli.
16.3-rasmda UDP deytagrammada port nomerining grafik talqini keltirilgan.
14.1-rasm. UDP deytagrammada port nomeri.
Internet-ilovalar va ular bilan bog‘liq UDP portlari
Ilova
Amaliy satx
protokoli
Transport satxi
protokoli
Port
Email
SMTP
TCP
WWW
HTTP
TCP
File transfer
FTP
TCP
Remote File server
NFS
UDP
IP telefoniya
H.323
UDP
1719
IP telefoniya (IMO, Skype)
SIP
UDP
5060
Domain Name Service
DNS
UDP
53
Simple Network
Management Protocol
SNMP
UDP
161
Uzunlik (Length) –
bu maydon xam sarlavha, ham ma’lumotlarni hisobga olib,
oktetlarda UDP-paket uzunligi xaqida axborot beradi. Uzunlikning minimal qiymati
sakkizga teng.
Yig‘indi nazorat(Checksum) -
bu maydon paket sarlavhasi, psevdosarlavha va
paketdagi foydali yuklama maydoni ma’lumotlarini to‘g‘ri uzatilishini tekshiradi.
Agar ushbu maydondan foydalanilmasa, ular nollar bilan to‘ldiriladi.
Qabul qilayotgan ishchi stansiyada realizatsiyalangan IP modul,
agar paket
sarlavhasida yuqori satx protokoli UDP protokoli ekanligi ko‘rsatilsa,IP modul
tarmoqdan kelayotgan IP-paketni UDP modulga uzatadi. IP moduldan UDP modul
paket olganida, u paket sarlavhasida mavjud yig‘indi nazoratni tekshiradi. Agar
yig‘indi nazorat nolga teng bo‘lsa, demak, uzatuvchi uni hisoblamagan bo‘ladi. UDP
va TCP protokollarida yig‘indi nazoratni hisoblash bir algoritmda bajariladi (RFC-
1071), lekin UDP-paket uchun uni hisoblash mexanizmi ayrim o‘ziga xos
xususiyatga ega. Xususan, UDP-deytagramma toq sonli baytlarga ega bo‘lishi
mumkin,
bu xolda unga, algoritmni unifikatsiyalash uchun, xech qaerga
uzatilmaydigan nolli bayt qo‘shiladi.
UDP protokoli xaqida batafsilroq axborotni RFC-768 topish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: