30
Respublika budjetining loyihasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor
yo’nalishlari va moliya yili uchun mo’ljallangan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar
prognozi asosida tuziladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi palatalariga bir moliya yilidan ortiq muddatga tuzilgan respublika budjetini
qabul qilish to’g’risida taklif kiritishga haqli.
Respublika budjetining loyihasini tuzish:
-
budjet so’rovini tuzish tartibini yuborishni;
-
budjet so’rovlarini hamda asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozlarini
tayyorlash va
taqdim etishni;
-
budjet so’rovlarini ko’rib chiqish va jamlashni;
-
budjetnomani ishlab chiqishni nazarda tutadi.
Respublika budjeti loyihasini tuzish uchun mas’ul organlar quyidagilardir:
-
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
-
vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari,
budjetlar loyihalarini tuzish, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
so’ralgan axborot va ma’lumotlarni taqdim etishga taalluqli qismi bo’yicha.
Davlat budjetining loyihasini ishlab chiqish O’zbekiston
Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan:
-
makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi;
-
daromadlarning tashkil topish manbalari bo’yicha Davlat budjeti daromadlari
prognozi;
-
budjet mablag’larini taqsimlovchilarning budjet so’rovlari va O’zbekiston
Respublikasining respublika budjeti hisobidan ayrim tadbirlar uchun xarajatlar
hajmining prognozi;
-
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar
va Toshkent shahrining
mahalliy budjetlari loyihalari asosida ishlab chiqiladi.
Davlat budjetining loyihasida xarajatlar daromadlarning prognoz qilinayotgan
hajmidan kelib chiqib Davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdori hisobga
olingan, uni qoplash manbalari belgilangan holda nazarda tutiladi.
Davlat budjetining loyihasi:
-
Budjet kodeksining 50 va 69-moddalariga muvofiq Davlat budjetining
daromadlar manbalari bo’yicha daromadlari va yo’nalishlar bo’yicha xarajatlari
prognozidan;
-
Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori miqdori va uni qoplash manbalaridan
tarkib topadi.
-
Davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi
organlar tomonidan ishlab
chiqilgan davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining loyihalari tushumlar
manbalari bo’yicha daromadlar va yo’nalishlar bo’yicha xarajatlar prognozidan tarkib
topadi.
Respublika budjetining ijrosi budjet to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan
daromadlarining tushishini ta’minlash va xarajatlarini amalga oshirishni, shuningdek
ularning ijrosi bilan bog’liq operatsiyalarni hisobga olishni nazarda tutadi.
31
O’zbekiston Respublikasi respublika budjetining ijrosi O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan ta’minlanadi.
Respublika budjetining ijrosi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan g’azna ijrosi yo’li bilan amalga oshiriladi. G’azna ijrosi faoliyatni chet
elda amalga oshirayotgan budjet tashkilotlariga va budjet mablag’lari oluvchilarga
tatbiq etilmaydi.
Respublika budjetining ijrosi moliya yili mobaynida va qo’shimcha vaqt davrida
amalga oshiriladi.
Keyingi yilning yanvar oyi moliya yiliga qo’shimcha vaqt davri bo’lib, bu davr
mobaynida o’tgan yil uchun respublika budjetining ijrosi amalga oshiriladi. Moliya
vazirligi Respublika budjetining qo’shimcha vaqt davridagi ijrosi bo’yicha
operatsiyalarni o’tkazish tartibini va oxirgi muddatlarini belgilaydi.
Respublika budjeti daromadlarining yoyilmasi:
budjet tasnifiga muvofiq tuzilgan daromadlar prognozi ularning tasdiqlangan
parametrlariga muvofiqligini;
daromadlar ijrosining monitoringini ta’minlash maqsadida tuziladi.
Daromadlar yoyilmasining tegishli budjet daromadlarining budjet tasnifiga
muvofiq oyma-oy bo’lingan yillik hajmlaridan tashkil topadi.
Daromadlar yoyilmasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: