Bilim sohasi: 200 000-Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi: 230000-Iqtisod


Respublika budjeti daromadlari g’azna ijrosi hisobining maqsadi va



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/102
Sana24.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#871256
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   102
Bog'liq
Byudjet gazna ijrosi hisobi [@iqtisodchi kutubxonasi]

3.2. Respublika budjeti daromadlari g’azna ijrosi hisobining maqsadi va 
vaziflari 
Respublika budjeti daromadlari g’azna ijrosi hisobining maqsadi – 
foydalanuvchilarni respublika budjeti daromadlarining g’azna ijrosi holati haqida 
ma’lumotlari ta’minlashdir. 
Respublika budjeti daromadlari g’azna ijrosi hisobining vazifalari: 
-
respublika budjeti daromadlari g’azna ijrosini amalga oshirish va natijalarini 
shakllantirish; 
-
respublika budjeti daromadlari g’azna ijrosi jarayoni muomalalarini 
hujjatlashtirish yordamida ro’yhatga olish; 
-
respublika budjeti daromadlari g’azna ijrosi jarayonida buxgalteriya 
hisobvaraqlarda budjet mablag’larini holati va harakatini aks ettirish; 
-
Respublika budjeti daromadlari g’azna ijrosiga oid buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlarini umumlashtirish va hisobotlarni tuzishdan iboratdir. 
3.3. Respublika budjeti daromadlarining kassa ijrosi hisobi. 
Shaxsiy g’azna hisobvaraqlari quyidagi turlar bo’yicha ochiladi: 
-
budjet tizimi budjetlarining darajalari bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlari
-
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalarining daromadlari bo’yicha 
shaxsiy g’azna hisobvaraqlari; 
-
budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilarning shaxsiy g’azna 
hisobvaraqlari. 


32 
 
-
Shaxsiy g’azna hisobvaraqlarini yuritish tartibi O’zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. 
Davlat budjetining daromadlari bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlari 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ochiladi. 
Respublika budjeti daromad qismining ijrosi: 
-
tushumlarni Yagona g’azna hisobvarag’iga va boshqa bank hisobvaraqlariga 
kiritishni; 
-
tushumlarni budjet tizimining budjetlari o’rtasida taqsimlashni; 
-
ortiqcha yoki noto’g’ri to’langan tushum summalarini qaytarishni yoxud ularni 
qarzni to’lash evaziga hisobga olishni
-
hisob va hisobotni nazarda tutadi. 
Respublika budjetiga daromadlarni yig’ishga vakolatli bo’lgan organlar va 
tashkilotlar, davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlari bundan mustasno, 
daromadlarning to’g’ri hisoblab chiqilishi, to’liq va o’z vaqtida to’lanishi ustidan 
nazoratni amalga oshirishi, shuningdek, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida 
nazarda tutilmagan bo’lsa, davlat soliq xizmati organiga hisobot taqdim etishi shart. 
Tartibga soluvchi daromadlardan tushgan tushumlar budjet tizimi budjetlari 
o’rtasida taqsimlanadi. 
Budjet tizimi budjetlari o’rtasidagi tartibga soluvchi daromadlardan 
ajratmalarning normativlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki u vakolat 
bergan organ tomonidan belgilanadi. 
Tartibga soluvchi daromadlardan Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika 
budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toshkent shahrining shahar budjetiga 
hamda tumanlar va shaharlar budjetlariga ajratmalarning normativlari tegishincha 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimlari tomonidan tasdiqlanadi. 
Tartibga soluvchi daromadlarni budjet tizimining budjetlari o’rtasida taqsimlash 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 
Budjet kodeksining 51-moddasida ko’rsatilgan qaysi daromadlar bo’yicha 
tartibga soluvchi daromadlardan ajratmalarning normativlari belgilanmagan bo’lsa, 
o’sha daromadlar O’zbekiston Respublikasining respublika budjetiga to’liq hajmda 
kiritilishi lozim, Budjet kodeksining 52-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan 
mustasno. 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish