Bilim sohasi: 100000 Gumanitar Ta'lim sohasi: 110000 Pedagogika Ta'lim yo’nalishi: 5111800–Maktabgacha ta’lim Andijon – 2019


-26-27-MAVZU: Maktabgacha tarbiya kollejida «maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavurlarni shakllantirish metodikasi» kursini o‘qitish



Download 321,32 Kb.
bet24/70
Sana09.07.2022
Hajmi321,32 Kb.
#764024
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   70
Bog'liq
Majmua EMTSh

25-26-27-MAVZU: Maktabgacha tarbiya kollejida «maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavurlarni shakllantirish metodikasi» kursini o‘qitish
Kichik guruhlarda boshlangan elementar matematika tushun chalarini rivojlantirish ishi o'rta guruhda davom ettiriladi. 4-5 yoshdagi bolalarning matematik bilimlari ancha kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi.
Matematika mashg'ulotlari sentabr oyidan boshlab bar haftada, haftaning ma'lum bir kunida o'tkaziladi. Mashg'ulotlar 20 minut davom etadi, Har bir mashg'ulotda yangi mavzu yuzasidan va o'tilgan mavzularni takrorlash bo'yicha bir vaqtda ish olib boriladi.
O'rta guruhda faqat 2 mavzu ustida ishlash bilan cheklanish zarur. Agar boshqa mavzularni takrorlash yangi material ustida ishlashning tarkibiy qismini tashkil etsa, uni yaxshiroq o'zlash tirishga yordam bersa, ayrim hollarda yo'1 yo'lakay boshqa mavzularga oid bilimlarni ham mustahkamlash mumkin.
O'rta guruh bolalarining diqqati juda o'zgaravchan b fiadi.Bilimlarni puxta o'zlashtirishlari uchpn ularni albatta ish bilan qiziqtirish zarur. Bolalar bilan shoshilmasdan olib boriladigan bamaylixotir suhbat, ko'rsatmali ko'rgazmalarning qiziqarliligi, o'yinli mashqlardan va didaktik o'yinlardan keng foydalanish bularning hammasi bolalarda yaxshi kayfiyat paydo qiladi. O'yin harakatlari ayni bir vaqtda elementar matematik harakat harn bo'ladigan ,,Yana shunchani top!", ,,Tartib bilan terib qo'y boshqa o'yinlardan foydalaniladi.
Mashg'ulot oxirida ko'pincha yurish va yugurishni o'z ichifc oladigan harakatli o'yinlar: ,,Nima o'zgardi?", ,,Avtomobillar ular saqlanadigan joy" o'yinlari o'tkaziladi. Bu o'yinlar bolalar harakatlanish imkonini beradi.
Bolalarni maktabda о‘qitishning samaradorligini kо‘p jixatdan ularning tayyorgarlik darajalariga bog‘liq bо‘ladi. Maktabda о‘qishga tayyorgarlik – maktabgacha ta’lim muassasasi va oilada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaga qо‘yadigan talablar orqali aniqlanadi. Bu talabalarning о‘ziga xos tomoni о‘quvchining yangi ijtimoiy psixologik о‘rni, u bajarishga tayyorlangan bо‘lishi lozim.
6-7 yoshli bolalar о‘zini idora qilish va о‘z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bо‘la boshlaydi. Bu yoshdagi о‘g‘il bolalarda mustaqil faoliyat kо‘rsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi hamda kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi. Bu davrda bolaning bо‘yi 120 sm ga yetadi, og‘irligi 22-24 kg bо‘ladi. Bu yoshda bola chiniqadi, qiziquvchan bо‘ladi, о‘z salomatligini nazorat qila oladi. Uning idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi, moddiy borliqni bilishga intila boshlaydi. Bolalarda gigiyenik malakalar shakllana boradi.
Maktabga kirish bola xayotidagi odatiy turmush tarzi, atrofdagilar bilan munosabat tizimining о‘zgarishiga alokador muxim davrdir. Bola xayotida birinchi bor markaziy о‘rinni ijtimoiy axamiyatga ega bо‘lgan о‘quv faoliyati egallaydi. Unga odatiy bо‘lgan erkin о‘yin faoliyatidan farkli ularok, endi ta’lim majburiy bо‘ladi va birinchi sinf о‘quvchisidan 4 ta jiddiy munosabat talab kilinadi. Ta’lim faoliyatining yetakchi turi sifatida bolaning kundalik xayot jarayonini qayta quradi: kun tartibi о‘zgaradi, erkin о‘yinlar vaqti qisqaradi. Bolaning mustaqilligi va uyushganligi, uning ishchanligi va intizomlilikka talablar jiddiy ravishda ortadi. Maktabgacha yoshdagi bolalikka nisbatan о‘quvchining о‘z xatti-xarakati, majburiyatlarini bajarishga shaxsiy ma’suliyati ancha-muncha ortadi.
Yetakchi mutaxassislarning fikriga kо‘ra «Maktabga tayyorgarlik» tushunchasi bolani maktabga tayyorlashning quyidagi yо‘nalishlarini о‘z ichiga oladi:

  • jismoniy,

  • shaxsiy (ruxiy),

  • aqliy

  • maxsus tayyorgarlik.

Jismoniy tayyorgarlik bolaning sog‘lomligi, xarakat kо‘nikmalari va sifati, qо‘l mushaklari va kо‘rish-motor muvofiqligi rivojlanganligi bilan izoxlanadi. Shaxsiy tayyorligi, atrof-muxitga, kattalarga, tengdoshlariga, usimliklar dunyosiga, tabiiy xodisalarga, shaxsiy madaniyatni shakllanganligini nazarda tutadi. Aqliy tayyorgarlik bola obrazli va mantikiy fikrlashi, tasavvurning, odamiylikning, bilimga qiziqishning, mustaqilligining, о‘zini-о‘zi nazorat qilishga, xamda о‘quv faoliyatini kuzatish, eshitish, eslab qolish, solishtirish kabi asosiy turlarini bilishni о‘z ichiga oladi.
Bolaning maktabda ta’lim olishi samarasi uning ona tilini bilishiga va nutkni qanchalik rivojlanganligiga kо‘prok bog‘liq bо‘ladi. Chunki butun о‘quv faoliyati shularga, ya’ni nutqiy mantiqiy rivoji, bolaning kattalarning yordamisiz mustaqil fikrlashi, til rivojlanganligi yutuqlarida erkin foydalana olishi, xikoya qilish, muloxaza yuritish, о‘z tasavvurini izoxlay olish, tushunarli qilib bayon etish kabi omillar asosiga quriladi. Shuningdek, bolaning maktabda ta’lim olishi uchun amaliy aqliy rivoji ya’ni, uning namunani chizish, aytib turiladigan bayoniy topshirikni bajarishi xam muxim sanaladi. Va nixoyat, maxsus tayyorgarlik bolani savodxonlikka о‘rgatish va uning maktabning 1 sinf о‘quv dastur materialini yetarli darajada egallash xaqidagi tushunchasini shakllantirishni nazarda tutadi.
Bolalarni maktabga tayyorlash, birinchidan maktabgacha ta’limda tarbiyaviy ishni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni umumiy, xar tomonlama rivojlantirishning yuqori darajasini ta’minlaydigan, ikkinchidan bolalarni maktabning boshlang‘ich sinflarida о‘zlashtirishlari lozim bо‘lgan о‘quv fanlarini egallashga maxsus tayyorlashni ta’minlaydigan qilib tashkil etilishini nazarda tutadi. Shunga ko’ra zamonaviy psixologik-pedagogik adabiyotda (A.V.Zaparojets, A.A.Venger, G.M.Lyamina, G.G.Petrogenko, J.V.Taruntayeva va boshkalar) tayyorgarlik tushunchasi bola shaxsining rivojlantirish sifatida aniqlanadi va ikkita о‘zaro boglangan jixatlarda: «Maktabga о‘qishga umumiy psixologik tayyorgarlik» va «Maxsus tayyorgarlik» tarzida kо‘rib chiqiladi.
Maktabga umumiy tayyorgarlik MTMsining maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni xar tomonlama tarbiyalashga oid davomli, maqsadga muvofiq ta’lim-tarbiyaviy ishning muhim yakuni sifatida namoyon bo’ladi.
Maktabga umumiy tayyorgarlik bolaning maktabga borish vaqtiga kelib aqliy, ma’naviy, estetik va jismoniy rivolanishda erishgan shunday darajasidirki, u bolaning maktab ta’limining yangi sharaoitlariga va о‘quv materialining ongli egallashga faol kirib borishlari uchun zarur asosni yaratadi.
Bolaning maktabda о‘qishga aqliy tayyorligi. Maktabga aqliy tayyorlikning muxim tarkibiy qismi maktabga о‘qishga kirayotgan bolada atrof, dunyo xaqida yetarlicha keng bilish boyligining mavjud bо‘lishidir. Bilimlarning bu fondi о‘qituvchi о‘z ishini tashkil etishda tayanadigan zarur asos hisoblanadi. Bolani maktabga aqliy tayyorligida bolalar egallagan bilimlarning sifati ahamiyatlidir. Bilimlar sifatining kо‘rsatkichi birinchi navbatda ularni bolalar tomonidan ongli egallaganligi; tasavvurlarining aniq va tabaqalashtirilganligi; oddiy tushunchlar mazmuni va xajmining to’la qо‘ligi; о‘zlariga tushunarli о‘quv va amaliy vazifalarni hal etishda bilimlarni mustaqil qо‘llana olish qobilyatlari; muntazamlilik, ya’ni maktabgacha tarbiya yoshidagilarning narsa va hodisalar о‘rtasidagi tushunarli, muhim aloqa hamda munosabatlarni aks ettira bilish qobiliyatidir.
Bolani maktabga aqliy tayyorgarligining tarkibiy qismi bola bilish faoliyatini muayan darajada rivojlangan bо‘lishidir. Bu о‘rinda
Birinchidan bilish jarayonining о‘sib boruvchi ixtiyoriyligi; materialni ma’no jixatdan ixtiyoriy eslab qolish va takror ifodalash, narsa va hodisalarni rejali idrok etish, qо‘yilgan bilish va amaliy masalalarni maqsadga muvofiq hal etish qobiliyati va shu kabilar;
Ikkinchidan bilish jarayonlari sifatini oshirish: sezgilarning
aniqligi, idrokning tо‘liq va tabaqalashtirilganligi, eslab qolish va takror ifodalashning tez va aniqligi;
Uchinchidan bolada atrof dunyoga bilish munosabatlari, bilimlarni
egallash va maktabda о‘qishga intilishning mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabga aqliy tayyorlikni shakllantirishda bо‘lajak о‘quvchini tafakkur faoliyatining umumiy darajasi muhim ahamiyatga ega. Maktabgacha ta’lim muassasasining bolalarni aqliy tarbiyalashga oid olib borayotgan muntazam, maqsadga muvofiq ish sharoitlarida bolalarda (faoliyat) tafakkur faoliyatida narsalarning xap tomonlama taxlil qilish qobiliyati, ijtimoiy tarkib topgan sensor etalonlardan fan hamda xodisalar xususiyat va sifatlarini tadqiq qilishda foydalana bilish narsa va xodisalardagi asosiy aloqa, bog‘liqlik, belgilarni aniqlash asosida oddiy umumlashtirishlar qilish qobiliyati, о‘xshashlik va farklanuvchi belgilarni izchil ajratish asosida narsalarni qiyoslashni amalga oshirish kо‘nikmasi tarkib toptiriladi. Bulajak о‘quvchilarda aqliy faoliyatning elementar mustaqilligi: о‘z amaliy faoliyatni mustaqil rejalashtirish va uni reja asosida amalga oshirish kо‘nikmasi, oddiy bilish vazifasini qo’yish va uni hal etish kо‘nikmasi va shu kabilar rivojlantiriladi.
Maktabda aqliy tayyorlik, shuningdek bolalar tomonidan о‘quv faoliyati elementlarini egallab olinishini ham о‘z ichiga oladi.
Bolalar muntazam ta’lim sharoitlarida maktabgacha bolalik oxiriga
kelib, о‘quv faoliyatining asosiy tarkibiy qismlarini: tushunarli о‘quv vazifasini qabul qilish, tarbiyachining kо‘rsatmalarini tushunish va aniq bajarishni ishni kattalar tomonidan kо‘rsatilgan usullaridan foydalanib bajarib bir natijaga erishish, о‘z faoliyati, hulq-atvori, topshiriklarni bajarish sifati ustidan nazorat qilish kо‘nikmasini, о‘zining va boshqa bolalarning ishlariga tanqidiy baho berish qobiliyatini, egallab olishlari kerak.
Nutkni kanchalik yuqori darajada rivojlangan bо‘lishi bolani maktabga aqliy tayyorgarligining muxim tarkibiy qismi xisoblanadi. Tovushni aniq talaffuz qilish, lug‘atning boyligi, о‘z fikrini mantiqiy grammatik tо‘g‘ri bayon qila bilish, madaniy nutq muomalasi-bularning barchasi maktabda muvaffakiyatli о‘qishning zaruriy sharti xisoblanadi.
Aqliy tayyorlik tarkibiga shuningdek, savodning boshlang‘ich asoslari oddiy matematik tasavvurlar, ona tili yetarlicha keng bilim, kо‘nikma va malakalar doirasi ham kiradi.

2. Matematik tasavvurlarini shakllantirish.


Bolalarning matematik tushunchalarini muvaffakiyatli о‘zlashtirishi, ularning idrokini, ya’ni sensor tuyg‘ularini о‘stirish bilan bevosita bog‘liqdir.
Umumlashtirish va mavhumlashtirish qobiliyati real predmetlarning xususiyatlarini aniqlash va shu xususiyatlarga qarab mazkur predmetlarni bir-biriga taqqoslash va guruxlarga ajratish asosida о‘sib boradi. Shuning uchun bola maktabga borgunga qadar unda matematik tasavvurlarni shakllantirish uchun maktabgacha ta’lim muassasasidagi barcha о‘quv-tarbiya ishlari bilan о‘zviy ravishda boglab maxsus ish olib boriladi.
Matematik bilimlar bolalarga ma’lum sistema va izchillikda berilishi, bunda yangi bilim kamroq miqdorda, ya’ni bolalar о‘zlashtirib oladigan darajada bо‘lishi kerak. Shuning uchun xam bir vazifa bir qancha mayda qismlarga bulinib, ular birin ketin o’rganib boriladi.
Tarbiyachi xar bir yosh guruxining dasturi qanday tuzilganini bilishi lozim. Bu unga о‘z guruxidagi bolalarning matematikaga doir bilim darajalarini aniqlash uchungina emas, balki maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda boshlangich matematik tasavvurlarni о‘stirish yuzasidan olib boriladigan barcha ishlar tizimida xar bir mashg‘ulotning qanday muhim о‘rin egallashini kо‘z oldiga keltirish uchun ham imkon beradi.
Matematik tasavvurlarni shakllantirish yuzasidan olib boriladigan ishning asosiy shakli – mashg‘ulotdir.
Dastur vazifalarining kо‘pchilik qismi mashg‘ulotlarda hal qilinadi. Bolalarda ma’lum izchillikda tasavvurlar shakllantiriladi, zarur malaka va kо‘nikmalar hosil qilinadi.
Atrofdagi xamma narsani mikdor jixatidan kuzatishlarni uyushtirishga, bolalarning о‘z faoliyatlarining xilma-xil turlarida matematik mazmundagi bilim va kо‘nikmalaridan qanday foydalanishlariga katta ahamiyat beriladi.
Mashg‘ulotlarda va kundalik xayotda didaktik uyinlardan xamda uyin-mashklardan keng foydlaniladi. Mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda о‘yinlar tashkil qilib, bolalarning matematik tasavvurlari mustaxkamlanadi, chukurlashtiriladi va kengaytiriladi. Bir kancha hollarda, masalan, joyni bilish kо‘nikmasini rivojlantirish yuzasidan olib boriladigan ishlarda uyinlar asosiy о‘quv vazifasini utaydi.
Mashg‘ulotlarda bolalarning aktiv faoliyati birinchi navbatda yangi material ustida ishlashni hamda ilgari utilgan materialni takrorlashni birga tо‘g‘ri olib borish bilan ish turlarini va uni tashkil etish usullarini almashtirib turish bilan ya’ni, mashg‘ulot tuzulishi bilan taqsimlanadi.
Mashg‘ulot tuzulishi dastur vazifalarining xajmi, mazmuni, birga kushib olib borilishi, tegishli bilim va kо‘nikmalarning о‘zlashtirilishi darajasi, bolalarning yosh hususiyatlari bilan belgilanadi.
Maktabga borish davriga kelib bolalar to’plam va son, shakl va kattalik haqida о‘zaro boglangan bilimlarni nisbatan kо‘prok egallagan, fazoda va vaqtni mo’ljalga olishni bilishni o’rgangan bo’lishlari zarur.
Bolalar miqdor nisbatlarini aniqlashda eng aniq usul predmetlarni sanash va kattaliklarni o’lchash ekanligini tushuna boshlaydilar.
Sanash va o’lchash malakalari ularda tobora mustaxkam va ongli о‘zlashtiradilar.
Xar qaysi yosh guruxi dasturi ushbu bulimlardan iborat:

  • Miqdor va sanoq.

  • Kattalik.

  • Geometrik figuralar.

  • Fazoda mo’ljal olish.

  • Vaqt bo’yicha oriyentir (mo’ljal) olish.

Arifmetik masalalar yechish
Masala yechishda «qо’shish», «ayirish», «barobar» matematik terminlaridan foydalanish zarur. Keyin masalani «yoziladi».
- Lolada 3 ta shar bor edi, u yana 1 ta shar oldi. Sharlar kо‘paydimi, kamaydimi? Kо‘paysa qaysi belgidan foydalanamiz? Qо‘shuv belgisidan, qо‘shuv bir barobar 4 (shar). Doskada 3 raqami. Lola nechta shar oldi? 1 ta 3 qо‘shuv 1 barobar? Masalada bizga nima noma’lum? Sharlarning nechta bо‘lgani va 3 qо‘shuv 1 barobar? Keyin masala bir necha marta qaytariladi va yechiladi. Doskaga 3 qо‘shuv 1 barobar 4 deb «yoziladi».
Bolalar yozishni mashq qiladilar. 1 — 2 bola mustaqil yozganlarini о‘qib beradilar. «3 sharga 1 ta shar qо‘shilsa, 4 ta shar bо‘ladi». Kim masalani yechadi? 3 ga 1 ni qо‘shish kerak. Lolada nechta shar bо‘ldi? 4 ta. Doskada 3 qо‘shuv 1 barobar 4. Bolalar kо‘pincha masalani hikoya, topishmoq bilan aralashtirib yuboradilar. Masalan: Akvariumda 6 ta baliq bor edi. Yana bir nechta baliq solib qо‘yishdi. Bu masasalani yechish mumkinmi? Yoki tо‘rtta og‘ayni bitta tom tagida yashaydilar. Bular masala emas, balki hikoya va topishmoqdir. Masalada doim eng kamida 2 ta son ishtirok etishi uqdiriladi.
Tevarak atrofni (joyni) bilish
Bolalarning maktabdagi kо‘pgina faoliyatlari tevarak atrofda о‘rnini aniqlash (oriyentatsiya qila bilish) bilan bog‘liqdir. Shuning uchun bolalar maktabga chiqqunga qadar harakat yо‘nalishlari (о‘ngda, chapda tо‘g‘ri, burchakdan burchakka va hokazo)ni bilishlari, tevarak atrofdagi narsalarning о‘zlariga nisbatan (о‘ng tomonda, chap tomonda, yuqorida pastda, orqada, oldinda) joylashishini bilishlari; bir biriga nisbati, joylashishini (stolning oldida stul) xonada, uchastkada, bog‘chadan uyga qaytishni, kо‘chadan о‘tish qoidasini bilishlari lozim. Bolalarni qog‘oz sathini aniqlay bilish о‘rgatish muhimdir. Chunki bu bilimlar kitobning kerakli betini topishda, 1 varaq qog‘ozning yuqorigi chap burchagi, daftarning yuqori-pas tomonlari, burchaklarini topishi, kerakli yо‘nalishda daftarda chiziqda chizishga о‘rgatadi. Bolalarga quyidagi topshiriqni berish mumkin: pastgi chap burchagiga 4 ta kvadrat, yuqorigi о‘ng burchagiga 1 ta optiq, Bolalarni bajargan ishlarini tо‘laroq sо‘zlab berishga о‘rgatish zapyp. Tevarak atrofni bilish vazifasi matematika mashg‘ulotida kam vaqtni oladi, uni kо‘proq boshqa bо‘limlar bilan birgalikda olib borish kerak (kundalik turmush faoliyatida, о‘yinda, mehnatda, jismoniy tarbiya muzika mashg‘ulotlarida, gimnastika vaqtida).
Didaktik о‘yinlar bolalarning tevarak — atrofni aniqlashda kо‘nikmalarini takomillashtiradi. (Masalan: «Predmetni top», «Xona bо‘ylab sayohat» va hokazo о‘yinlar) Barcha asosiy harakat yо‘nalshiga kо‘rsatma berib turiladi: «Tо‘g‘riga borasan, keyin chapga burilib, shkaf oldidan о‘tasan va hokazo. Bunda bolalar tevarak atrofda о‘z о‘rinlarini aniqlay boshlaydilar.
Sonlar hosil bо‘lishini («+», « - », «=» belgilaridan foydalanib) misol kо‘rinishida yoza olish, bunday misollarni о‘qishni ularni yecha olishni, о‘rganish.
Masalan: 2 ta doirachani qо‘ying. Doirachalar 3 ta bо‘lishi uchun nima qilish kerak? Yana 1 ta doiracha qо‘ying. Doirachalar nechta bо‘ldi? 3 ta doirachani qanday hosil qildingiz? 2 ta uchburchak qо‘ying. 1 ta uchburchak qolishi uchun nima qilish kerak? 1 ta uchburchakni qanday hosil qildik? Sutka shunday mashqlarni kiritish kerakki, bolalarda bajarilayotgan amallarni yozish uchun yangi belgilarga ehtiyoj paydo bо‘lsin.
M: Bir bola 2 ta baliq tutdi va ularni chelakchaga qо‘yib yubordi. (kо‘rsatadi). Sо‘ngra u yana 1 ta baliq tutdi (kо‘rsatadi) va uni ham chelakchaga qо‘yib yubordi. Chelakchadagi baliqlar nechta bо‘ldi? (3) (Bolalar oldingi mashg‘ulotlarda 3 raqamigacha yozishni о‘rgangan bо‘lishi kerak).
Endi buni qanday yozish mumkin ekanini kо‘ramiz. Diqqat bilan tinglang va biz nima qilayotganimizni о‘ylab toping, belgilanmagan sо‘zlarni bir oz baland ovoz bilan aytamiz: «Ikki qо‘shuv bir barobar uch» 2+1=3.
Bu qо‘shish belgisi, bu esa hosil bо‘ldi yoki barobar belgisi. Tarbiyachi bolalarga yana bir marta qо‘shishni taklif etadi. Ayirishga doir ushbu masala ham yuqoridagiga о‘xshash qaraladi. «Suvda 2 ta о‘rdak suzib yurgan edi. 1 ta о‘rdak chetga chiqib ketdi. Nechta о‘rdak qoldi? Shundan keyin tarbiyachi bolalarga 2 ta chо‘pni kо‘rsatishni taklif qiladi va undan 1 ta chо‘pni olsa, nechta qolishini sо‘raydi. Demak 2-1=1 bu ayirish belgisi. Bolalarga bir necha marta о‘qitiladi va shunta о‘xshash misollarni yechishni о‘rganadilar.
Soat bilan tanishtirish metodikasi.
Bolalarga turli soatlar kо‘rsatilib, soatnnng kishi hayotidagi ahamiyati tushuntiriladi. Bolalar diqqati hamma soatlarning umumiy, bir xil belgilari borligiga qaratiladi. (Siferblat, kо‘rsatkich). Strelkaning harakat qilish prinsipi bilan tanishtiriladi. Soat maketida strelkaning ikkalasi ham 12 ga qо‘yiladi. Strelakalarning uzunligi bir xilmi? Bolalar 1 ta strelka uzun, ikinchisi qisqa deydilar. Qisqa strelka soat nechalitini kо‘rsatadi, uzun strelka minutni kо‘rsatadi. Ikkala strelka 12 da turibdi, soat 12 ligini kо‘rsatyapti deydi. Hozir qisqa strelkani aylantiramiz. Uzuniga tegmaymiz: Qisqa strelka 1 raqamiga о‘tkazildi, hozir soat bir. Keyin 2 ga о‘tkazadi, coat ikki, deydi va hokazo.
Bolalar о‘z soatlarida tarbiyachining topshirig‘ini mustaqil bajaradilar. Bolalar aniqlik bilan soatni bir, ikki, uch va hokazo. 12 bо‘lganini aniqlay olganlaridan keyin, yuqorida aytilgan metodik, asosida yarim bilan tanishtiriladi. Bolalar о‘z nutqlarida vaqtni ifodalovchi sо‘zlardan tо‘g‘ri foydalana bilishlari lozim. «Nechta soat emas», «Soat necha bо‘ldi?», «Qaysi payt?», «Kimniki 5 ni kо‘rsatyapti?».
О‘quv yilining oxirida katta gurux bolalari quyidagilarni bilishlari kerak:
О‘quv yili oxirida bola:
- ikki kichik sondan tashkil topgan birinchi о‘nlik tarkibini biladi;
- ikki kichik sondan tashkil topgan ikkinchi о‘nlik tarkibini (kо‘rgazmalilikka tayanib);
- 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20 raqamlarini biladi;
- «+»,«-», «=» ishoralarini;
- 10 gacha bо‘lgan sonlarni tо‘g‘ri va teskari sanash;
- 20 gacha bо‘lgan sonlarni tо‘g‘ri sanash;
- predmetlar miqdorini raqam (raqamlar) bilan belgilangan songa solishtirib chiqish;
- misollarni raqamlar yozilgan kartochkalar yordamida ifodalab yechish;
- bir amalli masalalarni qо‘shish va ayirish orqali tuzish va yechish;
- shartli о‘lchov yordamida predmetlar uzunligini о‘lchashni va natijani son va raqam bilan aytish;
- suyuq va tо‘kiluvchi jismlarni shartli о‘lchov birligi bilan о‘lchashni va natijani son va raqam bilan aytish;
- bir nechta uchburchaklar, tо‘rt burchaklardan katta hajmdagi shakllar va predmetlar tuzish;
- maxsus shakllar tо‘plamidan foydalanib, namunadagi narsalarni hosil qilish;
- tayoqchalarning о‘rnini almashtirish asosida berilgan shakllar (uchburchak, tо‘g‘ri tо‘rtburchak, kvadrat)ni о‘zgartirishga oid topshiriqlarni bajarish;
- kо‘pburchaklarning elementlarini (tomonlari, burchaklari, uchlari) bilish;
- narsalar (geometrik shakllar, mevalar, sabzovotlar va boshqalar) ni 2, 4 va 10 tagacha teng qismlarga bо‘lish;
- butunning qismdan kattaligi, qism butunning qismi ekanligini tushunadi;
- katak qog‘ozi varag‘i sathini mо‘ljal olishni, qog‘oz varag‘ining о‘ng, chap, yuqori, past, о‘rtasini aniqlash;
- buyumlarning о‘ziga nisbatan о‘rnini aniqlash (tepada-pastda, oldinda-orqada, о‘ngda-chapda);
- signal bо‘yicha turli yо‘nalishda harakatlanish (oldinga-orqaga, tepaga-pastga);
- harakat davomida, yurib ketayotganda yо‘nalishni о‘zgartirish;
- kun qismlari, ularning ketma-ketligi, kundalik faoliyatlarning taqsimlanishi;
- hafta kunlarining nomini ayta olish va ketma-ketligi;
- yil fasllari, ularning nomi, ketma-ketligini va о‘ziga xos xususiyatlarini;
- yil taqvimi, о‘tayotgan oy, sana, hafta kuni haqida;
- soat turlari va uning ishlatilishi;
- lego jihozlaridan loyihalar yaratadi;
- 20 qismdan kam bо‘lmagan pazllarni yig‘adi;
- qog‘ozlarni bukib (origami yо‘li bilan) shakllar yasaydi;
-qurilish materiallari tо‘plamlaridan turli mavzularda loyihalar yaratishni biladi;
- pul qiymatlari, narx, plastik kartochka, terminal haqida dastlabki tushunchaga ega bо‘ladi.

Download 321,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish