Boshqaruv jarayoni ko`rinishiga ko`ra texnik (texnologik) jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlari (TJABT) va tashkiliy (yoki ma`muriy) boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari (TBAT) o`zaro farqlanadi. Dastlabkisi texnologik jarayonlarni keng ma`noda boshqarishga (raketa, stanok va hokazolarni boshqarish), ikkinchisi-ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatga ega ob`yektlarni boshqarish uchun mo`ljallangan. Ularning asosiy farqi boshqarish ob`yektining mazmunida. Birinchi holda – bu turli xil mashina, asbob-uskuna, qurilmalar bo`lsa, ikkinchisida – eng avvalo odamlar, jamoa sanaladi. Boshqa bir farqi – axborot uzatish shaklida. Birinchi tizimlarda axborot uzatishning asosiy shakllari bo`lib turli xil signallar (elektrik, optik, mexanik va hakazo) xizmat qiladi. Ikkinchi xil tizimlarda asosiy axborot uzatish shakli – hujjatdir.
So`ngi paytlarda TJABT va TBATning yagona integratsiyalashgan boshqarish tizimiga qo`shilish tendentsiyasi kuzatiladi. Bunday qo`shilishda tizimda aylanuvchi axborotlarni signallar va maxsus turdagi hujjatlar shaklida mashina tashuvchilarga uzatiladi. Bu bilan TJABT va TBAT o`rtasidagi farqlar ma`lum darajada yo`qoladi. Boshqaruvning tuzilmaviy-hududiy o`rganlariga muvofiq quyidagi tizimlar o`zaro farqlanadi:
Avtonom respublikalar, viloyatlarning axborot tizimlari;
Shahar ho`jaligini boshqarishning axborot tizimi;
Ma`muriy rayonning axborot tizimi.
Integratsiyalashuv darajasiga ko`ra barcha axborot tizimlarini beshta sinfga ajratish mumkin:
1-sinf – vazifali axborot tizimlaridan iborat bo`lib, unda bir-biri bilan bog`liq bo`lmagan vazifalar avtomatlashtiriladi. Odatda bunday tizimlar o`zaro na ish, na axborot jihatidan bog`liq bo`ladi. Har bir vazifa uchun ma`lumotlar tashkil etiladi va yig`iladi. 2-sinf – o`zaro bog`liq vazifalarni avtomatlashtirish bilan ajralib turadi. Ular ayrim tamoyillarga ko`ra ajratilib kenja tizimlarda guruhlanadi. Kenja tizimlarning ish qobiliyatini ta`minlash uchun lokal ma`lumotlar bazasi yoki o`zaro bog`langan lokal fayllar tashkil etiladi.
3-sinf – yagona ma`lumotlar banki asosida kenja tizimlar o`rtasida o`zaro aloqani amalga oshirgan tizimlardan iborat. Ayni paytda kenja tizimlar yanada yirikroq konstruktsiyaga (masalan, «hisobot», «tahlil», «boshqarish», «rejalashtirish» bloklari va hokazo) birlashadi. Birlashuv nomigagina amalga oshirilmagan. Tizim ichidagi integratsiyalashuv funktsional va model darajasida amalga oshiriladi. Ayni paytda axborot maqsadi, modeli, mezon va cheklovlar, axborotni tashkil etish, axborot texnologiyasi har bir daraja, har bir blok doirasida o`zaro bog`liq bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |