1-savolga javob:
Biogeotsenoz. Bir-biri va atrof muhit bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi gan organizmlarning populatsiyalari biogeotsenozlar deb ataladi. Biogeotsenozdagi hayot jarayonlarini tashqaridan keladigan energiya ta’-minlagani uchun uni ochiq, o‘zini o‘zi boshqaradigan sistema deyiladi. Biogeotsenozning asosiy vazifasi energiyani to‘plash va taqsimlashdir. Biosfera. Sayyoramizdagi hayotning barcha ko‘rinishlarini qamrab
olgan, ancha yuqori darajadagi tabiiy tizimdir. Biosfera yerdagi turli-tuman hayot ko‘rinishlarini qamrab oladi. Biosfera bosqichida sayyoramizdagi tirik organizmlarning hayot faoliyati bilan bog‘liq ravishda
barcha moddalar va energiyaning davriy aylanishi kuzatiladi.
2-savolga javob:
Mitoxondriya (yunoncha “mitos” –ip va “xondro” –donador degan so‘zlardan olingan) bir va ko‘p hujayrali organizmlar ning barcha eukariot hujayralarida mavjud. Mitoxondriyalarning hayvon va o‘simlik olamida bunday keng tarqalishi ularni hujayrada muhim ahamiyatga ega ekanligidan darak beradi. Mitoxondriyalar turli-tuman shakllarda: yumaloq, yassi, silindrsimon va hatto ipsimon ko‘rinishda ham uchraydi. ular 0,2 mkm dan 15–20 mkm kattalikka ega. Ipsimon shakllarning uzunligi 15–20 mkm gacha boradi. Turli xil to‘qimalardagi mitoxondriyalarning soni bir xil emas. ularning soni hujayraning funksional faolligiga bog‘liq. uchadigan qushlarning ko‘krak mushaklarida mitoxondriyalar soni uchmaydigan qushlarga nisbatan juda ko‘p bo‘ladi. Mitoxondriyalarda ikki qavat: tashqi va ichki membaranalar mavjud. Tashqi membrana silliq, ichkisi esa burmali bo‘lib, kristalar deb ataladi. kristalar membranasida juda ko‘p fermentlar joylashgan. ular energiya almashinuvida ishtirok etadi. Mitoxondriyalar yarim avtonom organoid bo‘lib ularning membrana lararo bo‘shlig‘ida DNk, RNkva ribosomalar bo‘ladi. Mitoxondriya bo‘li nish yo‘li bilan ko‘payadi. Mitoxondriyalar bo‘linishidan oldin ularning DNksi ikki hissaga ortadi. Mitoxondriyalarning asosiy vazifasi energiya hosil qilish, ya’ni ATFni sintezlashdir.
3-savolga javob:
G‘o‘za, pomidor va nomozshomgulning har xil navlaridan tayyorlangan gerbariylar (g‘o‘zaning oq, qo‘ng‘ir, mallarang, novvotrang tolalari, pomidorning noksimon, yumaloq shakldagi va qizil, sariq rangdagi mevalari, namozshomgulning qizil, pushti va oq ranglari)dan foydalanib quyidagi jadvalni to‘ldiring:
Oq
Pushti
Qizil
uzunchoq shakldagi va pushti rangli shakli
yumaloq shakldagi va sariq rangli shakli
noksimon shakldagi va qizil rangli shakli
novvot rangli tola
Oq, malla rangli tola
Qo`ng`ir rangli tola
8-BILET
1. Hujayralar evolutsiyasi. Eukariot hujayralarning kelib chiqishida simbioz va invaginatsiya gipotezasining mohiyatini yoritib bering.
2. DNK va RNK ning o‘xshashlik va farqli tomonlarini taqqoslab tushuntiring.
3. Loviya va no‘xat urug‘i, bug‘doy boshoqlari ( har biri 10 tadan kam bo‘lmasligi kerak) dan modifikatsion o‘zgaruvchanlikning variatsion qatorini hosil qiling.
a) uzunligiga qarab ketma-ket terib chiqing;
b) urug‘ va boshoqlarning uzunligini o‘lchang;
c) olingan ma’lumotlarni javoblar varog‘iga yozing;
d) o‘zgaruvchanlikni grafik jihatdan aks ettiruvchi variatsion egri chiziqni chizing;
e) organizmda o‘rtacha belgilarning ko‘p uchrashi sababini tushuntiring
Do'stlaringiz bilan baham: |