2-savolga javob:
A-oddiy (aabb); B-no‘xatsimon (aaBB yoki aaBb); D-yong‘oqsimon (AABB yoki AaBb); E-gulsimon (AAbb yoki Aabb).
3-savolga javob:
Oqsil aminokislotalardan tashkil topgan, demak uning monomeri (AK) aminokislotalar.
Masala shartidan foydalanib, umumiy nukleotidlar sonini topib olamiz:
L=Nx0,34/2 formuladan N umumiy nukleotidlar sonini topamiz;
N=Lx0,34/2=34155x0,34/2=580,635 ta
AK ni i-RNK nukleotidlari kodlaydi ya`ni DNK nukleotidlaridan i-RNK nukleotidlarini topamiz: 580,635:2=291 ta nukleotid.
Har bir nukleotid triplet holida AKni kodlagan uchun 291: 3 = 97 ta AK monomerga ega bo`ladi oqsil molekulasi.
13-BILET
1. Jinssiz va jinsiy ko‘payishning biologik ahamiyati nimadan iborat?
2. Belgilarning birikkan holda irsiylanishini misollar orqali tushuntiring.
3. Akvarium devoridagi ko‘k-yashil suv o‘tidan preparat tayyorlab,mikroskopda kuzating. Mayda, yadrosiz hujayralarning tuzilishiga , ko‘k-yashil rangda ekanligiga e’tibor bering. Kuzatganlaringiz asosida xulosa chiqaring.
1-savolga javob:Jinssiz ko‘payishning biologik ahamiyati, organizmning tez ko‘payishi va ko‘p avlod hosil bo‘lishini ta’minlashdan iborat. Jinssiz ko‘payish natijasida hosil bo‘lgan har bir organizmning genotipi ona organizm genotipiga aynan o‘xshash bo‘ladi. Chunki, tana hujayralari faqat mitoz yo‘li bilan ko‘payadi, mitozning interfaza bosqichida genetik materialning ikki hissa ko‘payishi kuzatiladi. Mitozni eslang. Mitoz bo‘linishi natija sida paydo bo‘lgan hujayralardan, jinssiz ko‘payishda yangi organizmlar rivojlanadi. Mitoz bo‘linish asosida jinssiz yo‘l bilan ko‘paygan organizmlar genotipi bir xil bo‘lish sabablarini tushuntirish mumkin. Foydali mutatsiyalar bun day organizmlarda tashqi muhit sharoitining o‘zgarishi natijasidagina kamdan-kam hollarda paydo bo‘ladi. Jinsiy ko‘payish biologik jihatdan g‘oyat katta ahamiyatga ega. Uning
jins siz ko‘payishdan afzalligi shundaki, u ota va ona irsiy belgilarining birlashishiga imkon beradi. Shu munosabat bilan avlod ota-onaga nisbatan yashovchan, o‘zgargan muhit sharoitiga moslanuvchan bo‘ladi. organizm evolutsiyasida jinsiy ko‘payish juda muhim rol o‘ynaydi. jinssiz ko‘payishtirik tabiatda: ham o‘simliklar, ham hayvonlar orasida keng tarqalgan. jinssiz ko‘payish ham tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, yangi organizm somatik (tana) hujayralardan, ya’ni jinssiz hujayralardan rivojlanishi bilan Jinssiz ko‘payishda ona organizmidagi bitta yoki bir nechta somatik hujayralar guruhidan yangi organizm rivojlanadi. Jinsiy ko‘payish deb, jinsiy bezlarda hosil bo‘lgan, mahsus, jinsiy hujayralar hisobiga nasllar gallanishi va rivojlanishiga aytiladi. Jinsiy ko‘payish evolutsiya jarayonida paydo bo‘lib, organizmlar genotipini xilma-xil bo‘lishida katta ahamiyatga egadir. Jinsiy ko‘payishda yangi avlod, har xil ota-ona organizmdan hosil bo‘lgan ikkita jinsiy hujayraning qo‘shilishi natijasida rivojlanadi. Lekin umurtqasiz hayvonlarning ayrim turlarida jinsiy hujayralar bitta organizmda rivojlanadi. Bunday ikki jinsli hayvonlar germafroditlar(qo‘sh jinslilik) deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |