Izoagglyutinatsiya va qon guruhi nima? Qon guruhlari va ularning xususiyatlari o'rtasidagi munosabatlari qanday? Qon guruhini aniqlashda kesishma usuli qanday bajariladi?
IZOAGGLYUTINATSIYA VA QON GURUHLARI 1901-yilda Landshteyner kasal hamda sog'lom odamlarning zardobi ko'pincha bolalar va sog'lom odam lar eritro tsitlari bilan bir xil agglyutinatsiya berish holatini, ya’ni izogemagglyutinatsiyani m a’lum qildi (bu patologiya belgisi bo'lmasdan fiziologik holatdir). Izogemagglyutinatsiya reaksiyasi m a’lum kishilarning qon zardobi aglyutininlar bilan eritrotsitlar aglyutinogenlar qo'shilishi natijasida yuzaga keladi, boshqa hollarda esa agglyutinatsiya ro'y bermaydi. Landshteyner o'z tadqiqotlari natijalarini uch guruhga bo'ladi: 1. Birinchi guruhga mansub odamlarning qon zardobi shu guruhga mansub boim agan odamlarning eritrotsitlarini agglyutinatsiyaga - g'uj bo'lib yopishishiga olib keladi. Ularning eritrotsitlari hech qanday zardob bilan yopishmaydi. Qon xususiyatlariga qarab bu odamlar birinchi qon guruhiga kiritilgan (I). 2. Ikkinchi qon guruhidagi kishilarga zardobi uchinchi guruh eritrotsitlarini yopishtiradigan, lekin birinchi va ikkinchi guruhdagi eritro tsitlarn i yopishtirm aydigan odam larning qoni kiradi. Bu guruhdagi odamlarning eritrotsitlari birinchi va uchinchi qon zardoblari yordamida yopishadi (II). 3. Uchinchi guruhga kiruvchi shaxslarning zardobi ikkinchi guruh eritro tsitlarin i yopishtiradi, ammo birinchi va uchinchi guruh eritrotsitlarini yopishtirmaydi, eritrotsitlari birinchi va ikkinchi guruh qon zardobi bilan agglyutinatsiya beruvchi shaxslar uchinchi guruhga kiritilgan (III). Keyingi tekshirishlar qon zardobi m a’lum bo'lgan guruh eritrotsitlari bilan yopishmaydigan, lekin shu vaqtning o'zida eritrotsitlar boshqa guruh zardoblari bilan yopishadigan guruh borligini ko'rsatdi. 1907-yilda Yanskiy ruhiy bemorlar qonini tekshirib, shu xususiyatlari bo'lgan shaxslar borligini aniqladi, ularning qoni birinchi guruh deb aniqlandi. 1910-yilda amerikalik Mass qon guruhlarini ko'pchilik odamda tekshirib to 'rtin c h i guruhga xos sh axslar borligini e ’lon qildi, ammo o'z klassifikatsiyasida Y anskiyning I guruhini to 'rtin c h i guruh deb, to'rtinchisini esa birinchi deb e ’lon qildi. 1921-yilda am erikalik bakteriologlar, im m unologlar va patologlar anjum anida Yanskiy ko'rsatmasi to'g'ri deb topildi. 1928-yilda esa millatlar Ligasining gigiyena kom issiyasi 1910-yilda ta k lif qilingan qon guruhlarining harflar nomenklaturasini ishlab chiqdi va hozir qon guruhlarini belgilashda shu harflar qo'llaniladi. QON GURUHLARI ORASIDAGI MUNOSABATLAR VA ULARNING TA’RIFI 104-rasm. Qon guruhlarini aniqlash: a-agglyutinasiya reaksiyasi yo‘q; b-agglvutinasiya reaksiyasi m avjud. Qonning guruhlarga bo‘linish xususiyati, ya’ni izoagglyutinatsiya reaksiyasi immunitet reaksiyasi asosida bo'lib, eritrotsitlarning agglyutinatsiyani boshlab berishi ularning antigen sifatida ro'yobga kelishi bilan bog'liq. Eritrotsitlarda aglyutinogenlar, zardobda esa agglyutininlar bor. Agglyutinatsiya reaksiyasi vujudga kelishi uchun eritrotsitlardagi agglyutinogenlar, zardobda ularni tanlovchi agglyutininlar bo'lishi zarur (104-rasm). M asalan, agglyutinogen A bilan agglyutinin a, agglyutinogen В bilan p, ya’ni bir nomli agglyutinogen agglyutinin bilan uchrashganda g'uj yopishish reaksiyasi sodir bo'ladi.
QON GURUHINI KESISHMA USULI BILAN TEKSHIRISH Bu usul bilan aniqlashda eritrotsitlardagi agglyutinogenlarni standart zardoblar bilan birgalikda shu tekshirilayotgan qon zardobidagi agglyutininlar standart (m aium ) eritrotsitlar (ya’ni standart zardoblar) va standart eritrotsitlar yordamida tekshiriladi. Buning uchun plastinka yoki likopchani yarmiga rangli shisha qalami bilan ikkiga ajratib chiziladi va yuqori yarmiga chapdan o‘ngga qarab O, A va В belgilari, pastki yarmiga esa xuddi yuqoridagidek 0(1), A(II) va B(III) guruhlari yoziladi. Plastinka yoki likopcha chetiga qoni tekshirilayotgan kishining ismi sharifi yoziladi. Shundan so‘ng likopchaning yuqori yarmiga qon belgilariga mos bo'lgan ikki seriyali standart izogem agglyutinatsiya zardobi tomchilari (0,05 ml hajmda) tomiziladi. Likopchaning quyi yarmiga esa bir tom chidan uchta joyga standart eritrotsitlar 3 qator tomiziladi. S o 'n g ra sta n d a rt zardoblar yoniga tekshirilayotgan qon eritrotsitlarining kichik tomchisi (0,05 ml) tomiziladi, shuningdek, tekshirilayotgan qonning zardoblari yoniga esa standart eritrotsitlarning kichik tomchisi tomiziladi, chap tomoniga 0(1) guruh eritrotsitlari, o'rtaga A(II) va o'ngga B(III). Shundan so'ng ayrim shisha bilan eritrotsitlar va zardoblar (1; 10 hajmda) aralashtiriladi, vaqti-vaqti bilan plastinka sekin chayqatib turiladi. Tomchilarda agglyutinatsiya hosil bo'lishi bilan (3 daqiqa o'tgach) bir tomchidan har bir aralashmaga pipetka orqali natriy xloridning izotonik eritmasi tomizilib yana chayqatiladi. Shu vaqt davomida agglyutinatsiya yuzaga kelishi mumkin, ya’ni qon guruhlarini aniqlash im koniyatini beruvchi eritrotsitlar yig'indisi hosil bo'ladi. Standart eritrotsitlar bilan tekshirilganda tekshirilayotgan eritrotsitlarda A va В agglyutinogenlar topilmaydi, tekshirilayotgan zardob A(II) va B(III) guruhlar eritrotsitlarini agglyutinatsiyaga uchratadi, demak unda (a) a va (P) p agglyutininlar borligini bildiradi. Shunday qilib, tek sh irilay o tg an qon 0(1) guruhiga kirishi m a’lum b o 'la d i; tekshirilayotgan eritrotsitlarda agglyutinogen A borligi aniqlanadi, tekshirilayotgan zardob esa uch guruhga mansub bo‘lgan standart eritrotsitlardan faqat В (III) guruhdagini agglyutinatsiyaga uchratadi, bu esa tekshirilayotgan qonda p agglyutininlar borligini bildiradi; demak qon guruhi A(II) ekanligi aniqlanadi. Tekshirilayotgan eritrotsitlarda В agglyutinogen borligi aniqlanadi; tekshirilayotgan qon zardobi esa A(II) standart eritrotsitlarni agglyutinatsiya qiladi. Demak qon В (III) guruhga m ansub; stan d art zardoblar bilan b o 'lg an reaksiya A va В agglyutinogenlar borligini bildiradi. Tekshirilayotgan qon zardobi standart eritrotsitlarning hamma tomchilari bilan ham agglyutinatsiya reaksiyasini bermaydi, demak qon zardobida a va p agglyutininlar yo‘q ekan, bu AB0(IV) to‘rtinchi guruhga mansub bo'ladi. Qon quyish uchun amaliyotda standart zardob bilan qon guruhlari aniqlanadi, kesishm a m etodidan esa donorlarning qon quyish muassasalarida qon guruhini aniqlashda foydalanadi.
5. Kechasi hamshirani o'ng bilagiga o'q tekkan holda davolayotgan bemorning palatasiga chaqirishdi. Bemor kasalxonada bo'lganining to'rtinchi haftasida yarasi yiringlash bilan asoratlangan. Kurik davomida hamshira qon bilan juda namlangan bog’lamni, to'shakni, ko'rpaning ostidan qizil qonni topdi, bemorning yuzida qo'rquv hissi paydo bo'ldi. Hamshira birinchi qavatda turgan navbatchining ortidan tez yugurdi. Navbatchi shifokor turniket qo'ydi va bemorni operatsiya xonasiga olib bordi. Hamshiraning barcha harakatlari to'g'rimi? Qon ketishining turini aniqlang. Qon ketishining sababini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |