Bid’at muqaddima



Download 150,5 Kb.
Sana24.06.2017
Hajmi150,5 Kb.
#14927


Bid’at

MUQADDIMA

Bicmillahir Rohmanir Rohiym

Olamlarning Parvardigori bo’lmish Alloh ta’ologa hamdu sanolar bo’lsin. Bizlarni O’z yo’liga ergashishga buyurdi va bid’atlarni o’ylab topishdan qaytardi. Insonlar ergashib, itoat qilishlari uchun yuborilgan Payg’ambar Muhammad ibn Abdullohga, u kishining oila a’zolari, sahobai kiromlar va u kishiga ergashganlarga salavotu salomlar bo’lsin.

Ushbu kitobchada bid’at turlari haqida bahs yuritiladi. Biz ushbu kitobchani Islom olamiga foydali qilishini va xolis O’zi uchun bo’lishini Allohdan so’rab qolamiz.


Birinchi fasl

Bid’at O’zi nima? Uning turlari va Hukmlari

Ta’rifi: «Bid’at» arabcha so’z bo’lib, lug’atda «o’tmishda mutlaqo bo’lmagan narsani ixtiro qilish» degan ma’noni anglatadi. Qur’oni Karimda Alloh ta’olo aytadiki:



«(U) Eru osmonlarni paydo qilguvchidir...».1

Mazkur oyatda «yaratuvchi» so’zi «bid’at qiluvchi» iborasi orqali ifodalangan. Bundan murod esa Eru Osmonni ilgari bo’lmagan ekanligi va bu ikkisini Alloh ta’olo O’z ilmi azaliysi bilan yaratganligidir. ßna bir oyatda esa: «(Ey Muhammad (a.s)), ayting: «Men payg’ambarlardan yangi-birinchisi emasman (ya’ni mendan avval ham Allohning payg’ambarlari o’tganku, nega sizlar mening payg’ambarligimga hayron bo’lib, inkor qilmoqdasizlar?!)...».2

Arab tilida agar bir kishi yangilik o’ylab topsa va bu yangilik o’tmishda mutlaqo uchramagan bo’lsa, uni ham «bid’at qildi», ya’ni yangilik chiqardi deyiladi.

yangilik yaratish ikki xil bo’ladi: Odatdagi narsalarda yangilik yaratish. Hozirgi ilmiy kashfiyotlar orqali ixtiro qilingan asbob-uskuna va texnika jihozlari kabi. Bularni ixtiro qilish ta’qiqlanmagan. ×unki, odatlar dinga zarar bermasa yoki zid bo’lmasa, ularga qarshilik ko’rsatilmaydi. Ikkinchisi esa dinda yangilik yaratish va bu haromdir. ×unki dinda boriga amal qilib, yo’g’idan tiyilish buyurilgan.

Rasululloh (s.a.v) dedilar: «Kimki dinimizda yo’q narsani chiqarsa, u yangilik qabul qilinmaydi – rad qilinadi».3

Yana bir rivoyatda: «Kimki dinda bo’lmagan ishni qilsa u rad qilinadi». deyilgan.


Bida’tning turlari Dinda

bid’at chiQarish ikki xil bO’ladi

Birinchisi; Og’zaki va e’tiqodiy bo’lib, Jahmiyya, Mo’’tazila va Rofiza kabi adashgan toifalarning so’z va e’tiqodlari bunga misol bo’la oladi.

Ikkinchisi; Ibodatlarda bo’lib, shar’iy bo’lmagan va odamlar o’ylab topgan ibodatlar bunga misoldir. Ikkinchi turdagi bid’atning bir necha xil ko’rinishlari bor:

1. Ibodatning o’zi bid’at bo’ladi. ya’ni shariatda bunday ibodatning o’zi yo’q bo’ladi. Bunga shariatda ko’rsatilmagan namozlar va ro’zalar, shuningdek tug’ilgan kun va boshqa shariatda yo’q bo’lgan bayramlar misol bo’la oladi.

2. Ibodatga biron narsa qo’shish bilan bo’ladi. Peshin yoki asr namozini besh rakat o’qish kabi.

3. Ibodatning tartibi yoki ko’rinishini o’zgartirish bilan bo’ladi. shariatda ko’rsatilgan tasbeh va boshqa zikrlarni jamoat bilan jo’r bo’lib aytish yoki Rasululloh (s.a.v) sunnatlaridan tashqaridagi ibodatlarni o’ziga og’irlashtirib olish kabi.

4. shar’iy ibodatga shariatda ko’rsatilmagan vaqtlarni belgilab olish. sha’bon oyining o’rtasini belgilab, shu kuni ro’za tutish va kechasi ibodat qilish kabi. Nafl namozlar o’qish va Ramazondan boshqa oylarda nafl ro’za tutish shariatda mumkin. Lekin ularning vaqtini tayin qilish uchun dalil kerak.

Izoh: Hadislarda Rasululloh (s.a.v)ning dushanba va payshanba kunlari ko’pincha ro’za tutganlari, Ramazon hayitidan keyin olti kun ro’za tutganlari rivoyat qilingan. shu kunlari ixtiyoriy ro’za tutish sunnat, mustahab sanaladi. sha’bon oyining ham ko’p kunlarini Nabiy (s.a.v) ro’za tutish bilan o’tkazganlar, ammo kuni belgilangan emas. shuning uchun o’zicha kunini tayin qilib qo’yish durust emas. Nafl namozlar masalasida ham shunday.
bid’atning barcha

turlariga nisbatan dinning Hukmi

Dindagi har bir bid’at harom va adashishdir. ×unki Rasululloh (s.a.v): «ßngi topilgan ishlardan saqlaninglar, har bir yangi topilgan ish bid’atdir va har bir bid’at adashishlikdir», deganlar.1

Rasululloh (s.a.v)dan: «Kimki bizning ishimizga biz aytmagan narsani kiritsa u qaytarilgandir», degan rivoyat ham bor.

Bu hadislar dindagi har bir yangilik bid’at ekaniga, bid’at esa din tomondan rad etilgan zalolat ekaniga dalolat qilmoqda. Demak ibodat va e’tiqoddagi har bir bid’at harom ekan. Bid’atning turiga qarab uning haromlik darajasi va hukmi turlicha bo’ladi. Avliyolarga yaqin bo’lish uchun ularning qabrini tavof qilish, ular yo’liga sadaqalar berish va qurbonliklar so’yish, qabr egalaridan yordam so’rab, ularga duo qilish kabi bid’atlar ochiq-ravshan kufrdir. Bunga – Jahmiyya, Mo’’tazila kabi butkul adashgan firqalarning gap-so’zlari misol bo’ladi. Bu bid’atlarni qiluvchi shaxs esa kofrdir. Qabrlar ustiga maqbara va sag’analar qurish, o’sha urga borib namoz o’qib, duo qilish kabi bid’atlar esa shirkka (Allohga boshqalarni teng qilish) olib boruvchi yo’ldir. Xavorij, Qadariyya va Murjia kabi toifalarning shar’iy dalillarga to’g’ri kelmaydigan e’tiqodlari va so’zlari kabi bid’atlar esa e’tiqodiy toyilishdir. Tarki dunyo qilish, issiq kunda ataylab ro’za tutib, oftob tagida turish yoki o’zicha taqvo qilib o’zini bichdirish kabi bid’atlar esa gunohdir.



Eslatma: Bid’atni yaxshi va yomon, ya’ni, savob va gunoh bid’atga ajratuvchi xato qiladi. ×unki bu Rasululloh (s.a.v)ning: «Har bir bid’at zalolatdir», degan so’zlariga xilofdir. Rasululloh (s.a.v) bu hadislarida hamma bid’atni zalolat deb atadilar. Bid’atlarni yaxshi-yomonga ajratgan kishi esa o’z so’zi bilan: «Bid’atning hammasi ham adashish emas, balki yaxshi bid’at ham bor» demoqchi bo’ladi. Hofiz ibn Rajab «Arba’iyn» sharhida shunday deydi:

«Har bir bid’at adashishdir», degan Rasululloh (s.a.v)ning so’zlari umumiy bo’lib, dindagi bironta bid’at undan mustasno bo’lishi mumkin emas. Bu hadis dinning buyuk asoslaridan biridir. Rasululloh (s.a.v)ning ushbu so’zlari: «Kimki din ishimizda dinimizda bo’lmagan ishni yaratsa, u rad qilingandur», degan so’zlariga o’xshaydi. Kimki dinda asli yo’q bo’lgan bir yangilikni o’ylab topsa va uni dinda bor deb da’vo qilsa, u adashgandir. Din unday kimsalarning gap-so’zlaridan pokdir. Bu bid’at e’tiqod, amallar maxfiy yoki oshkora so’zlar masalasida bo’lishidan qat’iy nazar, zalolatdir.

Bid’atni «ßxshi va yomon» deb taqsim qiluvchilar o’zlariga faqat bitta dalilni topib olishgan. U ham bo’lsa xalifa Umar (r.a)ning tarovih namoziga yig’ilib turgan paytlarida aytgan: «Qanday yaxshi bid’at», degan so’zlaridir. ßna ular «Qur’on bir kitobga jamlab yozilganida, olimlar qaytarmadilar. Axir bu Payg’ambar (s.a.v)dan keyin o’ylab topilgan ishlar-ku», demoqchi bo’ladilar. Bu dalillar ularning taqsimotlariga dalil bo’lolmaydi. Umar (r.a)ning «Qanday yaxshi bid’at», degan so’zidan «bid’atning» lug’aviy ma’nosi tushunilmog’i lozim. ×unki shar’iy ma’nosi tushuniladigan bo’lsa, bu ishga dinda asos bo’lmasligi lozim edi. Lekin tarovih namozini o’qishga ham, uni masjidlarda jamoat bo’lib o’qishga ham asos bor. Payg’ambarimiz (s.a.v) sahobalar bilan tarovihni katta jamoat bo’lib o’qiganlar. Keyinchalik insonlar buni farz deb o’ylamasin degan niyatda alohida o’qiganlar, boshqalar ham o’z uylarida o’qishgan. Bir necha yillardan so’ng Umar (r.a) bu ishni qayta tiklaganlar. Bu esa dinda yangilik yaratish emas.

Qur’onni yozishga ham dinda asos bor. ×unki Rasululloh (s.a.v) Qur’onni yozishga buyuradilar, lekin oyatlar yozilgan sahifalar tarqoq holda edi. Keyinchalik sahobalar (Alloh ulardan rozi bo’lsin) uni saqlab qolish uchun ularni bir kitob qilib jamlaganlar.

Hadisni yozishga ham dinda asos bor. Rasululloh (s.a.v) ba’zi hadislarni talablarga binoan yozib olishga buyurganlar. Hadislarning hammasi yozilsa Qur’on bilan aralashib ketishidan qo’rqib, Payg’ambarimiz hayot vaqtlarida ular to’liq yozilmagan. Keyinchalik odamlar Qur’on bilan hadisning farqiga borib, Payg’ambarimiz vafotlaridan keyin Qur’on mukammal bo’lgach, hadislar ham yo’qolib ketmasligi uchun musulmonlar tomonidan to’plangan. Alloh ta’olo ularga Islom yo’lidagi fidoiyliklari, Robbilarining kitobi va payg’ambarlarning hadisini yo’qolishdan va buzg’unchilar qo’lida buzilishdan saqlaganlari uchun ulug’ mukofotlar nasib etsin.


Ikkinchi fasl

Musulmonlar Hayotida

bid’atlarning kelib chiQishi va ularning sabablari

Birinchi: Musulmonlar hayotida bid’atlarning paylo bo’lishi. Bu erda ikkita masalaga to’xtalamiz:

Birinchi masala: Bid’atlarning kelib chiqish vaqti:

shayxulislom Ibn Taymiyya yozadi: «Ilm va ibodat masalalaridagi bid’atlar xulofoi roshidinlar xalifaligining oxirlarida paydo bo’la boshlagan. Bu haqda Rasululloh (s.a.v): «Mendan keyin kim yana umr ko’rsa, ko’p ixtilofu kelishmovchiliklarni ko’radi. O’shanda mening sunnatim va mendan keyingi xulofai roshidinlar sunnatini mahkam ushlangiz», deganlar».1

Eng birinchi bid’at taqdir masalasida chiqarilgan Qadariyyalar bid’ati, Murjialar bid’ati, shi’alar bid’ati va Xavorijlar bid’atidir. Bu bid’atlar hijriy ikkinchi asrda vujudga kela boshlagan va o’sha paytda hayot bo’lgan sahobalar bu bid’atni boshlaganlarga qattiq qarshilik qilishgan. Keyinchalik Mo’’tazila toifasining bid’atlari yuzaga kelgan, musulmonlar orasida har xil fikrlar, kelishmovchiliklar, fitnalar va ba’zi odamlarda bid’atlarga moyilliklar paydo bo’la boshlagan. Keyin tasavvuf bid’ati, qabrlarga maqbara qurish va boshqa bid’atlar kelib chiqqan. shunday qilib, vaqt o’tgan sari bid’atning turlari ko’payib borgan.

Ikkinchi masala: Bid’atlarning paydo bo’lish joyi:

Islom o’lkalari bid’atlarning kelib chiqishiga qarab bir necha xil bo’ladi. shayxulislom Ibn Taymiyya aytadi: Rasululloh (s.a.v)ning ashobi kiromlari yashagan, va ulardan ilmu iymon tarqalgan shaharlar beshta: Haramayn, Iroqon (Kufa, Basra), shom, bulardan Qur’on, hadis, fiqh ilmi va ibodat ahkomlari kelib chiqqan. Xuddi shu shaharlardan (Madinadan tashqari) asliy bid’atlar kelib chiqqan. Islom shahri sifatida mashhur bo’lgan yirik shaharlardan biri Kufa (Iroqda) bo’lib, unda shi’a va Murj’a toifalarining bid’atlari chiqqan va boshqa shaharlarga tarqalgan. Bu shaharlardan yana biri Basra bo’lib, undan Qadariyya, Mo’’tazila va noto’g’ri ibodat qiluvchilarning bid’atlari chiqqan. Keyinchalik boshqa shaharlarga ham tarqalgan. shomda esa Qadariyya va Nasabiyya bid’atlari kelib chiqqan. Jahmiyyalar esa Xuroson tomonlarda paydo bo’lgan, eng yomon bid’atlardandir. shaharlarda bid’atlarning kelib chiqishi u shaharlarning Madinadan bo’lgan uzoqligiga ham bog’liq edi. Usmon (r.a) o’ldirilgandan so’ng Haruriyya bid’ati kelib chiqqan. Madina shahri esa bid’atlardan pok edi. Bu erdagi ba’zi bid’atchilar o’z bid’atlarini oshkor eta olmas, bordiyu ehtiyotsizlik tufayli oshkor qilib qo’yishsa Madina ahli tomonidan ta’na-yu malomatga qolar edi. shu sababli bu erda Kufa, shom va Basra shaharlaridagi kabi bid’at va bid’atchilar keng tarqalmagan edi. Sahih hadislarda Madinaga Dajjol kirmasligi bashorat qilingan. Madinada ilm va iymon imom Molik davrlarigacha (hijriy lV asr) davom etgan. Ungacha bo’lgan uch asr ichida Madinada hech qanday bid’at zohir bo’lmagan va bu erdan Islom asoslarini buzadigan bid’atlar ham kelib chiqmagan.2

yuqorida zikr etilgan atamalar firqa yoki toifa nomlari bo’lib, ular o’zlarining bid’atlari yoki ulamolar jamoatining hukmidan boshqacha hukm chiqarganlari sababli ajralib qolgan toifa va firqalardir.

Ikkinchi: Bid’atlarning kelib chiqish sabablari:

Agar Alloh ta’oloning kitobi va payg’ambarimizning sunnati mustahkam ushlansa, bid’at va adashishdan hech shubhasiz salomat qolinadi.



«Albatta mana shu Mening To’g’ri Yo’limdir. Bas, shu yo’lga ergashinglar! Boshqa yo’llarga (tobe bo’lmang) ergashmangizki, ular sizlarni Uning yo’lidan uzib qo’yar...».3

Ibn Mas’ud (r.a) rivoyat qilgan hadis esa bu oyatning aynan sharhidir: Rasululloh (s.a.v) to’g’ri chiziq chizdilar va: «Bu Allohning yo’li»,- dedilar. Keyin uning ikki tarafiga qisqa chiziqlar chizdilar va: «Bu yo’llarning har birining boshida bittadan shayton turib, insonlarni unga da’vat etib turadi»,- dedilar. So’ng yuqoridagi oyatni o’qidilar.4

Kimki Allohning kitobi va payg’ambarning sunnatidan yuz o’girsa noto’g’ri yo’llarga va bid’atlarga aralashib ketadi.
Bid’atning kelib chiQish

sabablarini tO’rtga bO’lish mumkin

Birinchi sabab: Din qonun-qoidalarini yaxshi bilmaslik. Vaqt o’tib, insonlar din qonun-qoidalaridan uzoqlashgan sayin ilm susayib, jaholat va nodonlik yuzaga keladi. Rasululloh (s.a.v) bu haqda shunday xabar berganlar:

«Alloh ta’olo ilmni insonlar orasidan sug’urib olib qo’ymaydi, balki uni olimlarni olib qo’yish yo’li bilan olib qo’yadi. Hatto bironta olimni qoldirmaydi. Olimlar qolmagach insonlar nodon kimsalarni boshlariga ko’tarib, ulardan yo’l-yo’riq so’raydilar. Ular ham bilmay turib javob beradilar. Natijada o’zlari ham adashadilar, o’zgalarni ham adashtiradilar».1

Bid’atni faqat ilm enga olganidek, bid’atchini ham faqat olim enga oladi. Ilm va olimlar yo’qolib ketsa bid’at va bid’atchilarga qulay fursat topiladi.



Ikkinchi sabab: Havoi nafsga ergashish.

Kimki Qur’on va sunnatdan yuz o’girsa o’z, havoi nafsiga ergashadi.



«Endi agar ular sizga javob bera olmasalar, bas, bilinki, ular faqat havoyi nafslarigagina ergashurlar. Alloh tamonidan hidoyatlanmagan holda o’z havoyi nafsiga ergashgan kimsadan ham yo’ldan ozganroq kim bor?!...».2

Bid’atlar havoyi nafsga berilish natijasida kelib chiqqan ishlardir.



Uchinchi sabab: Bir odamning so’zini mahkam ushlab olib, boshqasini tan olmaslik.

Bunday qilish haqiqatga ergashish va dalil hujjatlar bilan ish ko’rishdan insonni to’sib qo’yadi.

«(Ey Muhammad (alayhis-salom)), havoyi nafsini o’ziga «Iloh» qilib olgan va Alloh uni bilgan holida yo’ldan ozdirib, quloq va ko’nglini muhrlab, ko’zi oldiga parda tortib qo’ygan kimsani ko’rganmisiz? Bas, uni Alloh (yo’ldan ozdirgani)dan so’ng kim hidoyat qila olur?!...».3

Hozirgi kunda ba’zi bir toifalar mazhablarga yoki tasavvufga qattiq berilib xuddi yuqoridagi oyatda aytilgan kishilarga o’xshab qolmoqdalar. ×unki bu insonlarga Qur’on va hadisga ergashinglar deyilsa, ular o’z shayxlari, tariqatlari, mazhablari, ota-bobolari yurgan yo’llari va qilgan ishlarini ro’kach qiladilar.



To’rtinchi sabab: Kofirlarga o’zini o’xshatish:

Bu amal ham bid’atga olib boradigan eng yaqin yo’llardan biridir. Imom Termiziy rivoyat qilgan sahih hadisda Abu Voqid al-Laysiy aytadi: Rasululloh (s.a.v) bilan Hunayn degan joyga chiqdik. Biz kufrdan islomga yangi kirgan kishilar edik. Mushriklarning sidr degan daraxtlari bo’lib, soyasida o’tirardilar, qurollarini unga osib qo’yardilar. U daraxni «Nishonlar daraxti» deyilardi. Biz shu daraxt yonidan o’tayotganda Rasululloh (s.a.v)ga: «Bizga ham ularnikiga o’xshagan «Nishon daraxti» qilib bering» dedik. shunda Rasululloh (s.a.v): «Allohu Akbar. Bu so’zingiz o’tmishdagilar odatidir, sizlar uni gapirib qo’ydingiz. Jonim Qo’lida bo’lgan Zotga qasam ichib aytamanki, Banu Isroil qavmi ham Muso (a.s)ga shunday degan edi».



«Ey Muso, bizlarga ham ularning ilohlari kabi xudo qilib (yasab) ber», dedilar. U aytdi: «Albatta sizlar bilmaydigan qavmdirsizlar».1

Keyin Nabiy (s.a.v): «O’zlaringizdan oldingilarning odatiga ergashib ketishingiz aniq», dedilar.

Mana, kofirlarga o’zini o’xshatish oqibatida Bani Isroil o’z payg’ambaridan xudo yasab berishni so’radi va payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v)ning ba’zi sahobalari Rasulullohdan daraxt yasab berishni talab qilishdi. Hozir ham ko’pchilik kishilar kofirlarga taqlid qilib turli bayramlar, tug’ilgan kunlar, yubileylar, haykallar, byustlar, o’likka qilinadigan marosimlar, qabrlarga toshlar qo’yish va boshqalar kabi turli xil bid’atlar o’ylab topmoqdalar.
Uchinchi fasl

Bid’atchilarga nisbatan

Islom ummatining munosabati

Ahli sunna val-jamoaning bid’atchilarni rad qilish uslubi.

Ahli sunna val-jamoaning bid’atchilarga munosabati:

Ahli sunna val-jamoa ulamolari hozirgacha bid’atchilarga qarshi turib, bid’atlarni rad qilib kelmoqdalar. Ularning dalillaridan ayrmlarin keltirib o’tamiz:



1. Ummu Dardo aytadi: Abu Dardo g’azablangan holda uyga keldi. Men undan: «Nima bo’ldi?», deb so’radim. - Allohga qasamki odamlar ichida Muhammad (s.a.v) davridagi ishlardan faqatgina jamoat bo’lib namoz o’qishnigina ko’rayapman, dedi Abu Dardo.2

2. Amr ibn ßhyo aytadi: Otam menga otasidan eshitganini so’zlab berdi: Bir kuni bomdod namozidan oldin Abdulloh ibn Mas’udning eshigi oldida uni kutib o’tirardik. Abdulloh ibn Mas’ud uyidan chiqqach masjidga ketar edik. Abu Muso Ash’ariy kelib: Abu Abdurahmon chiqmadimi?, deb so’radi. Biz yo’q dedik. U biz bilan o’tirib kutdi. U kishi chiqqach hammamiz o’rnimizdan turdik. Abu Muso Ash’ariy: «Ey Abu Abdurahmon, hali masjidda bir ishni rad etdim. Menimcha u yaxshi ish edi», dedi. Abu Abdurahmon: «U nima ekan?», dedi. Bir oz tursang ko’rasan, dedi Abu Muso. Biz masjidga keldik. Kishilar qo’llarida toshchalar bilan xalqa-xalqa bo’lib namozni kutib o’tirganlarini ko’rdim, har bir xalqa o’rtasida bir kishi turib, ularga yuz marta «La ilaha illalloh», denglar, der, ular shunday qilardilar. yuz marta «Allohu Akbar» denglar, der, ular shunday qilardilar. yuz marta «Subhanalloh» denglar, de, ular shunday qilardilar. shunda Abu Abdurahmon: «Ey Abu Muso, ularga gunohlaringizni hisoblanglar, savoblaringiz hech kamayib qolmaydi demadingmi?», dedi. shunday deb Abu Abdurahmon xalqalardan birining yoniga kelib: «Nima qilyapsizlar?», dedi. Ey Abu Abdurahmon, mayda toshlar (tasbeh) bilan takbir, tasbeh va tahlillarni sanayapmiz, dedilar. Gunohlaringizni sananglar, men savoblaringiz kamayib qolmasligiga kafolat beraman. Ey Muhammad (s.a.v) ummati, holingizga voy bo’lsin, halokatlaringiz naqadar yaqin kelib qolibdi. Payg’ambarning sahobalari hali tirik, kiyimlari hali eskirmagan, suv ichgan ko’zalari hali sinmagan bo’lsa-yu, sizlar halokat jari yoqasiga kelib qolsangiz. Jonim Qo’lida bo’lgan Zotga qasamki, sizlar Muhammad (s.a.v) dinidan ko’ra to’g’riroq din topdingizmi yoki zalolat eshigini ochibsizlar..., dedi. Ular «Allohga qasamki ey Abu Abdurahmon, biz yaxshi niyatda qildik», dedilar. shunda u «Ko’pchilik yaxshilikni xohlaydi va yaxshi niyat qiladi, lekin unga etolmaydi. Rasululloh (s.a.v) bizlarga kelajakda ba’zi bir qavmlar chiqishini, ularning Qur’on o’qishini, ammo o’qiganlari bir-birlariga dam solishdan boshqaga yaramasligi haqida aytganlar. Allohga qasam ichib aytamanki, ularning ko’pchiligi sizlardan chiqsa kerak deb o’ylayman, dedi. Ulardan yuz o’girib ketdi. Amr ibn Salama aytadiki: «Nahravon jangida o’shalarning ko’pchiligi Xavorijlarga qo’shilib, bizga qarshi jang qilayotganini ko’rdik».1

3. Imom Molik ibn Anas oldilariga bir kishi kelib: «Qaerdan ehrom bog’layman?», deb so’radi. Rasululloh (s.a.v) belgilab bergan va o’zlari ham ehrom o’ragan miyqotdan bog’laysan, dedilar imom Molik.

U kishi: Agar uzoqroqdan bog’lasamchi?

Imom Molik: Bunaqasini hali ko’rmaganman. Buning nimasi yomon? Fitnaga sabab bo’lishing mumkin.

ßxshilikni ziyoda qilsam qanday fitna bo’lishi mumkin?

Alloh ta’olo: «Payg’ambarning ishiga xilof ish tutadiganlar biron fitna bo’lishidan yoki o’zlari qattiq azobga duchor bo’lishlaridan extiyot bo’lsinlar», deydi. Agar sen Rasululloh (s.a.v) belgilab bermagan yaxshilikni o’zingga belgilab bersang undan katta fitna bormi?

Ulamolar hamisha bid’atchilarga qarshi kurashib kelganlar, Allohga hamdlar bo’lsin.


Bid’at aHliga aHli sunna

val-jamoaning raddiya berish uslubi

Ahli sunna val-jamoaning barcha ishi Qur’on va hadis ustiga qurilgan. Bu eng mustahkam va lol qoldiruvchi uslubdir. Ular bid’atchilarning bid’atlarini bayon qiladilar. So’ng sunnatni mahkam ushlash va bid’atlarni inkor qilishga Qur’on - hadisdan dalil keltiradilar. Ahli sunna val-jamoa ulamolari bu borada ko’p kitoblar yozdilar va ularda shia, xavorij, jahmiyya, mo’’tazila va asho’ira kabilarning iymon e’tiqoddagi bid’at so’zlarini inkor qildilar. Bk bid’atlarning har biriga xos kitoblar ham yozilgan. Misol uchun imomi Ahmadning jahmiyya toifasiga qarshi yozgan kitoblarini, Usmon ibn Said al-Baromiy, Ibn Taymiyya va uning shogirdi Ibn Qayyim, shayx Muhammad ibn Abdulvahhob kabilarning tasavvufchilar, qabrga sig’inuvchilar va boshqa toifalarga qarata yozgan kitoblarini keltirish mumkin. Qadimiy kitoblardan quyidagilarni ham sanash mumkin:

1 Kitobul i’tisom. (Imom shotibiy).

2 Kitobu iqtizois sirotil mustaqiym. (Ibn Taymiyya). Bid’atchilarga nisbatan juda ko’p ta’na-tanbehlar bu kitobda yoritilgan.

3 Kitobu inkoril havodis val bid’a. (Ibn Vazzoh).

4 Kitobul havodis val bid’a. (Tortushiy).

5 Kitobul bois ala inkoril bid’ai val havodis. (Abu shamma).

6 Kitobul minhajis sunnatin nabaviyya. Firraddi alar rofiza val qadariya (Ibn Taymiyya).

Zamonaviy kitoblar misolida quyidagilarni aytish mumkin:

1 Kitobul ibdo’ fi mazorril ibtido’. (Ali Mahfuz).

2 Kitobus sunani val mubtadi’otil mutaalliqati bil azkori vassalavot. (Muhammad ibn Ahmad).

3 Risolatut tahziyr minal bid’a. (Abdulaziz ibn Boz).

Allohga shukrkim, ulamolarimiz hali ham bid’atni inkor etib, bid’at ahliga qarshi kitoblar yozmoqdalar. Bu harakatlar musulmonlarni poklashga va bid’atni yo’qolishiga katta ta’sir ko’rsatadi, inshoalloh.
To’rtinchi fasl

Hozirgi kundagi ba’zi bid’atlar

Hozirgi payg’ambar bilan bizning zamonamiz orasida ko’p vaqt o’tganligi, ilmsizlik, bid’atga chaqiruvchilar ko’paygani va kofirlarga taqlid qilish kuchayib ketganligi sababli juda ko’p bid’atlar mavjud. Rasululloh (s.a.v): «O’zingizdan oldin o’tgan ummatlarning urf-odatiga ergashib ketishlaringiz aniq», deb bekor aytmaganlar.1



Bu bid’atlarning ba’zilarini ko’rib o’tamiz:

1 Rabiul avval oyida payg’ambarimiz tug’ilgan kunlari-mavludni nishonlash.

Bu odat xristianlarning o’z payg’ambarlarining tug’ilgan kunini nishonlashlariga o’xshaydi. Omi musulmonlar yoki adashgan ulamolar har yili rabiul avval oyida Muhammad (s.a.v)ning tug’ilgan kunlari munosabati bilan masjidlarda, uylarda yoki maxsus jihozlangan joylarda bayram uyushtiradilar, ularga ko’pchilik tashrif buyuradi. Bu xristianlarning payg’ambarlari tug’ilgan kunni nishonlashlariga o’xshaydi. Bunday munosabatlar shirk va munkar amallarga olib boradi. Misol tariqasida Rasululloh (s.a.v) nomlariga bitiladigan qasidalar to’qilishi va bularda Rasululloh (s.a.v) haqida haddan oshish, ba’zilarida Allohni qo’yib payg’ambarga duo qilish va undan yordam so’rash holatlarini olish mumkin. Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) o’zlarini haddan ortiq maqtashdan qaytarganlar: «Xristianlar Maryamning o’g’lini (ya’ni o’z payg’ambarlarini) haddan ortiq maqtab yuborganlari kabi sizlar ham meni haddan ortiq maqtamanglar. Men bir bandaman, shuning uchun Allohning quli va elchisi denglar».2

Ba’zilar mavlud bo’layotgan joyga Rasululloh (s.a.v)ning ruhlari keladi deb ishonishadi.

Bu bid’atdagi xunuk holatlardan biri – jo’r bo’lib qasida aytish, unga do’mbira chalib qo’shilish kabi bid’atchi tasavvufchilarning odatlaridan. Ba’zi o’rinlarda fitnaga sabab bo’ladigan erkagu ayolning aralashib ketishiga o’xshash noshar’iy hollar ham yuz beradi.

Mavjud bunday ishlardan xoli bo’lib, faqat insonlar yig’ilib, ovqatlanib, xursandchilik qilib o’tiradigan marosim bo’lgan taqdirda ham, bid’atdir. (Har bir yangilik bid’at, har bir bid’at zalolatdir. Bundan tashqari u bayram va tantanalarda kelib chiqadigan ko’ngilsizliklar va ularning rivojlanishiga olib keladigan yo’ldir).

Bu ishni bid’at deyishimizga sabab - Qur’onda ham, sunnatda ham, o’tgan ulamolarning kitoblarida ham bunga asos yo’q. Bu marosimni hijriy lV asrda shialardan bo’lmish Fotimiylar toifasi o’ylab chiqargan. Imom Abu Hafs Tojuddin al-Fokihoniy o’zlarining (Mavlud haqida o’rinli risola) nomli kitoblarida shunday yozadilar: (Robiul avval oyida o’tkaziladigan «Mavlud» nomli tantana haqida bir guruh musulmonlar menga ko’p marta savol berib, asosli javob va mukammal izoh so’rashdi. Men quyidagicha javob berdim: Tavfiq Allohning qo’lidadir - «Men bu tantana yoki marosimga Qur’onda ham, sunnatda ham hech qanday asos ko’rmaganman. Islom dinida yo’lchi yulduz bo’lgan olimlardan birontalari bu marosimni o’tkazganliklari ham hech qaerda aytilmagan. Bu battol kimsalar o’ylab topgan bid’atdir. Buning faqat qorin g’amida yurganlar uchun foydasi bor»).

shayxulislom Ibn Taymiyya o’zlarining (To’g’ri yo’lni topish) nomli kitoblarida shunday deydilar: «(Insonlar ¨ xristianlarga taqlid qilib yoki Payg’ambarimizni yaxshi ko’rib, xurmat qilganlari uchun mavlud bid’atini o’ylab topishdi. Aslida Payg’ambarimizning tug’ilgan kunlari haqida tarixchilar har xil kunlarni aytganlar. Agar bu to’g’ri va foydali ish bo’lganida edi, o’tmishdagi solih ulamolar (Alloh ulardan rozi bo’lsin) shu ishni qilgan bo’lardilar. chunki ular Rasululloh (s.a.v)ni siz bilan bizdan ko’ra qattiqroq yaxshi ko’rardilar, ko’proq xurmat qilardilar. Lekin Rasululloh (s.a.v)ni xurmat qilish va yaxshi ko’rish u kishiga ergashish, itoat etish, amrlariga bo’yinsunish, sunnatlarini tiriltirish (xoh maxfiy sunnat, xoh oshkor), u kishi olib kelgan dinni yoyish, shu yo’lda qalbi, tili va qo’li bilan jihodda ko’rinadi. Bu yo’l o’tmishdagi muhojir va Rasululloh (s.a.v) hijrat qilib kelganlarida boshpana berib, u zotga ergashgan ansoriylarning yo’lidir.

Bu bid’atni yo’qotish uchun ko’p kitoblar yozilgan va yozilmoqda. Mavlud marosimi bid’atligi va xristianlarga taqlid ekanligidan tashqari avliyolar, shayxlar, podshohlar va boshqa nufuzli kishilar tug’ilgan kunini nishonlashga yo’l ochib beradi va ko’p yomonliklarga sabab bo’ladi.



2 Ba’zi joylarni, qadimiy obidalarni yoki insonlarni (xoh tirik, xoh o’lgan) tabarruk qilib olish:

Tabarruk - arabcha so’z bo’lib, baraka so’rash degan ma’noni anglatadi. Baraka ham arabcha so’z bo’lib, yaxshilikni ziyoda bo’lishi va doimiy qolishi ma’nosini bildiradi. Barakani talab qilish faqat uni berishga qodir bo’lgan Zotga qaratilmog’i lozim. U zot yolg’iz Alloh ta’olodir. Allohdan boshqalar esa (u kim yoki nima bo’lishidan qat’iy nazar) baraka berishga ham, uni doimiy qoldirishga ham qodir emaslar. Endi ba’zi joylarga, obidalarga va hayot yoki vafot etgan insonlarga borib, ularni tabarruk deb bilish, ya’ni baraka umid qilishga quyidagicha hukm chiqarish mumkin: Agar u odam shu narsa yo kimsalar baraka beradi deb e’tiqod qilsa u shirk keltirgan bo’ladi. Agar shu narsa yoki kimsalar sababli Alloh menga baraka beradi degan bo’lsa, u shirkka tomon yo’l olgan bo’ladi.

Sahobalar Rasululloh (s.a.v)ning soch yoki soqol tolalari, terlari yoki badanlaridan chiqqan shunga o’xshash narsalarni tabarruk qilib olganlar. Bu faqat Rasululloh (s.a.v)ga xos bo’lgan va u kishining hayotlik vaqtlarida amalga oshirilgan. Payg’ambarimizga-ki shunday munosabatda bo’lingan ekan, demak avliyolarning o’zini, qabrini yoki ular bosgan joylarni tabarruk qilib olish mutlaqo mumkin emas.

O’tmishdagi solih ulamolar hatto Abu Bakr va Umar (r.a) kabi islom olamidagi buyuk shaxslarni hayotlik vaqtlarida ham, vafotlaridan keyin ham tabarruk bilishmagan, yoki solih ulamolardan birontalari Xiro g’origa borib namoz o’qib yoki duo qilib kelmagan. Hech bir kishi Alloh ta’olo Muso (a.s) bilan so’zlashgan Tur tog’iga borib namoz o’qib, duo qilib kelmagan. Umuman biron payg’ambar yoki avliyoning qadami tekkan joylarga borib tabarruk qilishmagan. Madinai Munavvaradagi Rasululloh (s.a.v) doimiy namoz o’qigan joylarini birontalari borib silab o’pmagan yoki Makkadagi qadamlari tekkan joylarni tavof qilmagan. Payg’ambarimiz (s.a.v) o’z qadamlari tekkan yoki namoz o’qigan joylarini silab o’pishni ummatlariga o’rgatmaganlar. Qaysi asosga binoan birovlar namoz o’qigan yoki uxlagan joylarini o’pib silash yoki tabarruk qilish mumkin?! Ulamolar bunday ishlar Rasululloh (s.a.v)ning ko’rsatmalaridan emasligini ta’kidlaganlar.



3. Ibodatlar va Allohga yaqin bo’lish maqsadida qilinadigan ishlardagi bid’atlar.

Hozir ibodatlar ichida ham bid’at amallari ko’payib ketgan. Ibodatlar masalasida faqat buyurilgan ishlarni qilish kerak, aytilmagan narsalarni ko’ziga yaxshi ko’ringani uchun o’zicha ibodatga qo’shib olishi mumkin emas. Buyurilgan ishlar esa dalil bilan isbotlanadi, dalil topilmagan ishlar quyidagi hadisga binoan bid’at bo’ladi:



«Kimki bizning ishimizdan bo’lmagan bir ishni qilsa, u ish rad qilinadi».

Hozir dalil-hujjati bo’lmagan ishlar ko’pdir: Masalan: «Falon namozni o’qishga niyat qildim»- deb ovoz chiqarib niyat qilish. Bu bid’atdir, chunki Rasululloh (s.a.v)ning sunnatlari bunday emas edi. «(Ey Muhammad, u a’robiylarga) aytgin: «Sizlar Allohga dininglarni (iymonlaringni, haqiqiy ekanligini) bildirmoqchimisizlar?! Holbuki, Alloh osmonlardagi va Erdagi bor narsani bilur. Alloh barcha narsani bilguvchidir!».1

Niyatning joyi qalb va u tilda emas, qalbda ado etiladi.

Namozdan keyin o’tirib, jamoat bo’lib tasbeh va boshqa zikrlarni aytish ham bid’atdir. ×unki shariatda zikr-tasbehlarni har kim o’zi mustaqil aytishi ko’rsatilgan.

ßna duodan keyin yoki marosimlarda yoxud o’liklarga atab «Fotiha» surasini o’qish ham bid’atdir. O’liklarga atab marosimlar o’tkazadigan, taomlar pishiradigan, Qur’on o’quvchilarni yollab Qur’on o’qitadigan va shu bilan o’likka biron foyda etkazdim deb o’ylaydiganlar bor. Bu amallarning hammasi bid’at bo’lib, dinimizda ularni qo’llab-quvvatlaydigan asos yo’q. Ular insonlar o’zlari o’ylab topgan uydirmalardir.

Ba’zi diniy sanalarni, masalan, isro va me’roj kechasi yoki hijrat qilingan kunni bayram qilib marosim o’tkazishlar bid’tdir.

shunga o’xshash rajab oyida rajab umrasi deb ataylab umra qilish, o’sha erda ro’za tutish, ataylab o’sha kuni nafl namozlar o’qish ham bid’atlar jumlasidandir. (Bu amallarga boshqa oyda qancha savob bo’lsa bu oyda ham xuddi shunday. Bu oyda qurbonlik qilsa, qurbon hayitidan boshqa oylarda qilgan qurbonlik savobi bilan barobar ajr bo’ladi). shuningdek ba’zi tasavvufchilarning o’ylab chiqargan ma’lum usulda va ma’lum vaqtlarda aytiladigan zikrlari ham bid’atdir. ×unki ular shariatda ko’rsatilgan zikrlar uslubi va vaqtiga xilofdir. sha’bon oyining o’rta kechasida ataylab faqat namoz o’qish va o’rta kunida ataylab ro’za tutish ham bid’at. (Ammo vaqti va sharoiti shu kun yoki shu kechaga to’g’ri kelib qolsa zarari yo’q).

Bundan tashqari qabrlar ustiga maqbaralar qurib, u erlarni masjid qilib olish ham bid’at sanaladi. Qabrlarni tabarruk sanab tavof qilish, o’liklarga iltijo qilish va qabr ziyoratiga ayollarning borishi ham shular jumlasidandir. Rasululloh (s.a.v) qabrlarni ziyorat qiluvchi ayollarni, u erni masjid qilib olib namoz o’quvchilarni va qabrlarga sham yoki chiroq yoquvchilarni la’natlaganlar.


Xotima

Bid’at - kufrga olib boruvchi yo’lak. U Alloh va Rasuli (s.a.v) ko’rsatmagan narsani dinga qo’shishdir. Bid’at gunohi kabiralardan yomonroqdir. shayton gunohi kabiradan ko’ra bid’at qiluvchi bilan ko’proq quvonadi. ×unki gunoh qiluvchi gunoh qilayotganini bilib turadi va unga vaqti kelib, tavba qilishi mumkin. Bid’at qiluvchi esa qilayotgan ishini diniy amal, savobga ega bo’laman deb o’ylaydi va tavba qilish u yoqda tursin, qilayotgan ishi gunoh ekanini ham bilmaydi.

Bid’at sunnat amallarining yo’qolishiga olib keladi, bid’atchilarga sunnatni va unga amal qiluvchilarni yomon ko’rsatib qo’yadi. Bid’at insonni Allohdan uzoqlashtiradi, Allohning g’azabi va azobiga duchor qiladi va qalblarning buzilib, qorayishiga olib keladi.
Bid’atchilarga Qanday muomalada bO’linadi?

Bid’atchi bilan birga davrada o’tirish yoki uning ziyoratiga borish man qilingan. Agar unga nasihat qilish yoki qilayotgan ishidan qaytarish uchun borilsa, mumkin. Ular bilan aloqa qilish kishiga yomon ta’sir ko’rsatadi va nafrat-adovati boshqalarga ham o’tishiga sabab bo’ladi. Agar ularni bu yo’ldan qaytarishning iloji bo’lmasa, davlat rahbarlari bid’atchilarni man qilishlari va bu yo’llaridan qaytarishlari shart bo’ladi. ×unki ular islomga juda katta xavf tug’diradilar.

Kofir davlatlar bid’atchilarni qo’llab-quvvatlayotgani, Islom dini oyog’iga bolta urish uchun juda qulay vosita bo’lgani bois bid’at amallarini xalq ichida tarqatishga katta yordam berayotganini ham musulmonlar bilishlari lozim.

Alloh ta’olodan diniga yordam berib, shahodat kalimasini ustun qilishini va dushmanlarini xor etishini so’raymiz. Alloh ta’olo payg’ambarimizga, U zotning oila a’zolariga va do’st-yorlariga salomlar va salavotlar yuborsin.




1 «Baqara», 117.

2 «Ahqof», 9.

3 Buxoriy va Muslim rivoyati.

1 Abu Dovud va Termiziy rivoyati.

1 Ibn Taymiyyaning «Fatvolar majmuasi» kitobi. 10j. 354-bet.

2 Ibn Taymiyyaning «Fatvolar majmuasi» kitobi. 20-j. 300-b.

3 «An’om», 153.

4 Imom Axmad va boshqalar rivoyati.

1 Abu Dovud va Termiziy rivoyati.

2 «Qasos», 50.

3 «Josiya», 23.

1 «A’rof», 138.

2 Imom Buxoriy rivoyati.

1 Imom Termiziy rivoyati.

1 Imom Tarmiziy rivoyati.

2 Buxoriy va Muslim rivoyati.

1 «Hujurot», 16.


Download 150,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish