15.9-rasm. CS529 16-1-42-K qo`zg`aluvchan bichish mashinasi.
SS 529 16-1- 42-K mashinasi tolali, to`qima va sintetik materiallarni bichishga mo`ljallangan. Mashina korpusi 1 da elektyuritgichi 2, pichoq va charxlash mexanizmlari joylashtirilgan bo`lib, ularni platforma 4 ga o`rnatilgan tayanch 3 ushlab turadi. Pichoq 5 ga vertikal ilgarilanma qaytma harakat krivoship polzunli mexanizm orqali uzatiladi. Pichoq 5 ning old tomoniga materialni bosib turuvchi planka 6 joylashgan. Pichoqning o`ng va chap tomoniga tortqi 7 ga vintlar bilan mahkamlangan charxlash toshlari 8 o`rnatilgan. Charxlash toshlari 8 ikki tomonlama aylanma harakatni bosh valga o`rnatilgan disklardan shnurlar orqali oladi. Charxlash aylanishlari orasidagi masofa 0,5-1 mm bo`lishi kerak. Mashina platformasi ortida roliklar o`rnatilgan bo`lib, ular platformaning stol ustida yengil siljishini ta`minlaydi (15.9-rasm).
Vertikal pichoqli ko`chma bichish mashinalariga pichoq harakati tezligini ko`rsatadigan taksometr o`rnatilsa, qirqish tezligini keragicha o`zgartirish mumkin bo`ladi. Buning zarurati shundaki, masalan, sintetik tolalardan to`qilgan gazlamalar tez eriydigan bo`lgani uchun, bichish mashinasi elektr yuritgichining aylanish tezligi minutiga 1800 martagacha kamaytirilishi kerak bo`ladi. Hozir vertikal pichoqli ko`chma bichish mashinalarini takomillashtirish ustida ishlanmoqda. Buning uchun elektr yuritgich podshipniklari avtomatik moylanadigan, mashina mexanizmlari gazlama changidan, tolalardan, iplardan mexanik yo`l bilan tozalanadigan qilinmoqda; mashinaning ichiga ip yoki siyrak to`qilgan gazlamalar kirib ketishiga yo`l qo`ymaydigan va gazlamaning bichish sifatini yaxshilaydigan qilib, pichoq tig`ining yangicha konstruktsiyalari topilmoqda. Pichoq tig`ini charxlash va kirovini to`qish avtomatlashtirilmoqda. Bundan tashqari, ko`rinishi har xil pichoqlardan foydalanish ustida ham ish qilinmoqda. Masalan, juda dag`al materiallarni kesish uchun dami silliq pichoqlar, maxsus kiyimlar tikiladigan qalin gazlamalarni va dag`al sun`iy charmni qirqish uchun dami arrasimon, serpardoz gazlamalarni va sintetik tola gazlamalarini qirqish uchun esa dami to`lqinsimon pichoqlar ishlatish tavsiya etiladi.
15.10-rasm. Vertikal pichoqli ko`chma bichish mashinasi. KV 1605R/KV 2005 E
Disk pichoqli EZDM-3 ko`chma bichish mashinalari (15.11-rasm) to`shamani alohida qismlarga bo`lishda va shakllari murakkab bo`lmagan detallarni qirqishda ishlatiladi. Bunday mashinalardan ich kiyimlik va kuylaklik ip gazlamalarni, ipak, yupqa jun va yarimjun gazlamalarni, shuningdek, astarli gazlamalarni bichishda foydalaniladi. Bunda to`shamaning balandligi 5-7 sm dan ortmasligi kerak. Disk pichoqli bichish mashinalarining kichikroqlari ko`pincha, tekislash qaychilari deb ataladi. Ular balandligi 1-3,5 sm to`shamalarni bichish va kiyim detallarini tekislab qirqish uchun ishlatiladi. Ularda pichoq damini charxlaydigan va moylaydigan moslamalar bo`ladi.
15.11-rasm. EZDM-3 disk pichoqli ko`chma bichish mashinasi.
EZDM-1 mashinasining qirqish organi 120 mm diametrli, 1,1 mm qalinlikdagi disk pichoq 1 dan iborat. Bu pichoqning tutkichi katta yassi doiradan iborat bulgani uchun, unda to`shamani radiusi kichik traektoriya bulganda qirqib bulmaydi, aks xolda qirqilayotgan joy yakinidagi joylari surilib ketadi. Bu mashinaning platformasiga kimirlamaydigan yana bitta pichoq 2 urnatilgan bo`lib, u prujina yordamida disk pichoq tig`iga kisilib turadi. Disk pichoqning tig`i mashinaning uziga urnatilgan qo`zg`almas ikkita doiraviy moslama 6 da charxlanadi. Disk pichoq yassi tutkich 3 ustiga urnatilgan elektr yuritgich 4 yordamida konus gildirak vositasida aylanadi. Tutkich disk pichoqnikidan kattarok diametrli diskdan iborat bo`lib, mashinaning platformasi 5 ga biriktirilgan. Bu mashinaning vertikal pichoqli mashinadan farqi shuni, undagi pichoqning qirqish tezligi o`zgarmas 9 m/sek bo`lishi mumkin. Bunday mashinalar ishlatishda, pichoqning diametri 120 mm bo`lsa, to`shamaning balandligi 20-25 mm dan oshmasligi shartligini va keskin burilishli hamda burchak joylarni qirqishda to`shamaning pastki qavatlari oxirigacha qirqilmay kolishini nazarda tutish kerak.
Chet davlatlarda chiqarilayotgan shunga uxshash ba`zi mashinalarda doira pichoq bilan birga, ko`pburchak shaklidagi pichoq ham bo`ladi.
Lenta pichoqli mashinalar ma`lum o`lchamdagi to`plamlardan mayda detallarni va murakkab shaklli detallarni uzil-kesil qirqib olish uchun ishlatiladi. Lenta pichoqli bichish mashinalarini bichish stolining sathi etarli darajada katta bulganda va katlamlari joylar joyga kuchirilayotganda surilib ketmaydigan gazlamalarda ishlatish ma`kul. Lenta pichoqli bichish mashinalari ham statsionar yoki ko`chma bo`lishi mumkin (15.12-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |