Predmet rubrikasi — AQÒ elementi bo‘lib, hujjatning asosiy
mazmunini aks ettiruvchi predmet yoki masalaning qisqa shaklini
anglatadi.
Bibliografik yozuvda annotatsiya va referat ham beriladi.
Annotatsiya qoidaga ko‘ra, hujjat mazmuni, mohiyati, shakli va
boshqa xususiyatlariga qisqacha ta’rif beradi va bibliografik tav-
sifni to‘ldiradi, aniqlaydi. U ijtimoiy ahamiyatiga va vazifasiga
ko‘ra ma’lumot va tavsiyaviy xarakterda bo‘ladi.
Ma’lumot annotatsiyasi sarlavhadagi noaniqlikni ochib beradi,
muallif haqida, bibliografik tavsifda aks etmagan asar mazmuni,
janri va boshqa xususiyatlari haqida ma’lumot beradi. Bunday
annotatsiyalar rasmiy, ilmiy, ishlab chiqarish, ma’lumotnoma
nashrlariga berilib, bir necha so‘zdan bir, ikki qator jumlagacha
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |