Bibliografiya lat p65



Download 371,04 Kb.
bet115/147
Sana31.12.2021
Hajmi371,04 Kb.
#242922
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   147
Bog'liq
O‘zbekis on respublikasi oliy va o‘R a maxsus (1)

Òavsiya ro‘yxatlari


Òavsiya xarakteridagi bibliografik qo‘llanmalar barcha tiðdagi kutubxonalar faoliyatida va barcha kitobxonlar guruhlariga mo‘ljallab tashkil etiladi. Bular bibliografiyaning kichik shakllari bo‘lib, mazmunan tez eskiradi, qisqa vaqt ichida tayyorlanadi. Bunday bibliografik ko‘rsatkichlardan biri tavsiya ro‘yxatlaridir. Bu ro‘yxatlarni har qanday kutubxona sharoitida tayyorlash mumkin. Ular, ko‘pincha, „Yana nimalarni o‘qish kerak?“ „Nimadan boshlash kerak?“ kabi nomlarda tayyorlanadi. Yana esdaliklar, individual o‘qish rejalari ham tayyorlanadi. Ularni tuzishga bo‘lgan asosiy talab kitobxonlar qiziqishini va tayyorgarlik darajasini hisobga olish, mustaqil bilim olishiga, kasbiy tayyorgarligiga, ta’lim olish maqsadida o‘qishiga mos kelishi zarur, mavzuning dolzarbligi, o‘lka hayoti bilan bog‘liqligi ham hisobga olinadi. Òavsiya ro‘yxatlari zamonning eng muhim mavzulari, Vatan tarixi, milliy qadriyatlar, boshqa bilim sohalarining muhim masalalari, mashhur kishilar hayoti va ijodiga oid masalalar bo‘yicha tuziladi. Mavzuga va kitobxonlar guruhi xususiyatiga ko‘ra kitoblar, risolalar, maqolalar tanlanadi. Adabiyotlarning soni ham shunga bog‘liq bo‘ladi. Òavsiya ro‘yxatlari uchun eng yangi adabiyotlar olinadi. Bibliografik tavsif, albatta, annotatsiya bilan birga beriladi. Adabiyotlar mazmuniga ko‘ra mantiqiy joylashtiriladi, ichki alifbo tartibi qo‘llaniladi. Avvalo, davlat va hukumat qarorlari, rasmiy hujjatlar beriladi. Qo‘llanmaga so‘zboshi yoki kirish so‘zi, har bir bo‘lim uchun tushuntirish matni beriladi. Kitobxon mustaqil bilim olish, biror masala yoki muammoni o‘rganish arafasida bo‘lsa, unga „Nimadan boshlash kerak?“ tiðidagi tavsiya ro‘yxati beriladi. Bunday ro‘yxatlar o‘zining hozirjavobligi va dolzarbligi, axborotning qisqaligi va aniqligi bilan ajralib turadi. Bu tavsiya ro‘yxatlari alohida bir kitobxonga mo‘ljallangan bo‘ladi va ular „Xatcho‘p-ro‘yxat“ ham deyiladi. Unda 10 ta nomgacha adabiyot tavsiya etiladi. Ba’zan kitobxonlarda bir asarga, undagi qahramon yoki voqeaga chuqurroq kirib borish istagi tug‘iladi. Bunda shu asar atrofida uning mazmunini yanada kengroq ochib beradigan asarlar tanlanadi.

Download 371,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish