Bibliografiya lat p65


Oliy o‘quv yurtlari kutubxonalarining bibliografik faoliyati



Download 371,04 Kb.
bet103/147
Sana31.12.2021
Hajmi371,04 Kb.
#242922
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   147
Bog'liq
O‘zbekis on respublikasi oliy va o‘R a maxsus (1)

Oliy o‘quv yurtlari kutubxonalarining bibliografik faoliyati


Oliy o‘quv yurti kutubxonalari bilimlarning asosiy manbasi va saqlovchi xazinasi bo‘lib kelgan. Ular „Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi“ va „Ta’lim to‘g‘risida“gi Qonunda belgilab berilgan bilimli, malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Davlatimiz rahbarlarining va yuqori tashkilotlarning barcha hujjatlari, milliy istiqlol g‘oyasiga oid adabiyotlar shu kutubxona orqali targ‘ib qilinadi va o‘rgatiladi. Davlatimizning ichki va tashqi siyosatiga oid barcha materiallar yuzasidan tavsiya ro‘yxatlari, bibliografik sharhlar, kartotekalar shu kutubxonalarda tuziladi. Dunyo axborot olamiga kirib borish uchun shart-sharoitlar, internetdan va elektron pochtadan foydalanish imkoniyati ham shu kutubxonalarda yaratilgan. Òoshkent shahridagi ko‘plab oliy o‘quv yurti kutubxonalarida IRBIS tizimida elektron kataloglar yaratilmoqda. Elektron kutubxonalar, virtual kutubxonalar yaratish bosqichiga o‘tila boshlandi. Òoshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Òoshkent moliya instituti, Òoshkent davlat madaniyat instituti, Òoshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti kutubxonalari bu jihatdan ancha oldinda. Elektron katalog yordamida kitobxonlarning mavzuli va faktik so‘roqlari juda tez muddatda bajariladi. Yangi kiritilgan adabiyotlarning bibliografik yozuvlari asosida axborot bulletenlari tayyorlanmoqda. Òoshkent davlat pediatriya instituti Asosiy kutubxonasida „OITS —tarix va muammolar“, „Virusli gepatit. Klinika va davolash“, Òoshkent agrar universiteti kutubxonasida „Qishloq xo‘jaligiga oid bibliografik ko‘rsatkich“ (1990—1998- yy.)“ nomli retrospektiv ko‘rsatkich tuzilgan.

Bu kutubxonalarda bibliografik bilimlarni targ‘ib qilish, yoshlarga axborot olamiga kira olish, o‘ziga zarur adabiyotlarni qidirish, tahlil qilish, undan unumli foydalanish yo‘llarini o‘rgatish, bibliografik axborot manbalaridan unumli foydalanishni o‘rgatishni tashkil etish muhim vazifalardan biri. Chunki talaba ilmiy-tadqiqot ishlari boshida turgan bo‘lajak ilmiy xodim, aspirant, fan nomzodi yoki professordir. Demak, shu yillardanoq bunday bilimlarni egallash va malakaga ega bo‘lish fan va texnika taraqqiyotini belgilab beruvchi omillardan. O‘zbekiston Milliy universiteti kutubxonasi tomonidan 1- bosqich talabalariga kutubxonashunoslik-bibliografik bilimlarni targ‘ib qilish maqsadida 36 soatdan 45 soatgacha darslar o‘tiladi. Darsda an’anaviy bilimlar bilan birgalikda elektron katalogdan, elektron kutubxonadan, internet tizimidan va elektron pochtadan foydalanish yo‘llari haqida ham mashg‘ulotlar o‘tiladi. Bunday mashg‘ulotlar Òoshkent irrigatsiya instituti, Òoshkent agrar universiteti, Òoshkent texnika universiteti kutubxonalari tomonidan ham tashkil etilgan. Chunki yoshlarimizning ko‘pchiligida axborot va kitobxonlik madaniyati shakllanmagan. Uni shakllantirish va tarbiyalash oliy o‘quv yurti kutubxonalari zimmasiga oshiqcha bo‘lsa-da, mas’uliyat yuklaydi.

ÒDIU kutubxonasida bibliografik faoliyat ancha yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, bo‘limning maqsadi kitobxonlarning bibliografik axborotga bo‘lgan talablarini bajarish, ularga bibliografik ma’lumotlarni vaqtida yetkazib berish, kutubxona-bibliografik bilimlarni targ‘ib qilish, universitet olimlarining va iqtisodiyot sohasiga oid adabiyotlarning bibliografiyasini tuzishdan iborat. Bu ishni ma’lumot-bibliografiya bo‘limi bilan axborot markazi bajaradi. Bundan tashqari, o‘quv jarayonini bibliografik ko‘rsatkichlar, adabiyotlarning tavsiya ro‘yxatlari bilan ta’minlash, mavzuli, manzilli va boshqa bibliografik so‘roqlarni bajarish, sharhlar, kitob ko‘rgazmalari tashkil etish, kutubxonachilik darslarini o‘tishda ishtirok etadi. „Kafedra kunlari“, „Mutaxassis kunlari“, „Axborot kunlari“ni o‘tkazadi va muntazam SBAni to‘ldirib boradi. Unga ma’lumotnoma nashrlar va bibliografik qo‘llanmalar fondi, katalog va kartotekalar tizimi, bajarilgan mavzuli ma’lumotlar arxivi kiradi. Umumiy fond uchun bosh katalog, bo‘limlar uchun alohida katalog, „Vaqtli matbuot kartotekasi“, alifbo va sistemali katalog va elektron katalog tashkil etilgan. Kartotekalar orasida 1949-yildan olib borilayotgan universitet o‘qituvchilari ilmiy ishlari kartotekasi muhim ahamiyatga ega. Kartoteka doimiy ravishda to‘ldirib boriladi. Hujjatlar mualliflarning familiyasi alifbosi tartibida, kartochkalar teskari xronologik tartibda joylashtirilgan. Yangi kelgan adabiyotlar kartotekasi ham tashkil etilgan. Ma’lumotlar UDK —Umumiy o‘nlik klassifikatsiyaga ko‘ra joylashtirilgan. „TDIU tomonidan 1992—1996- yillarda nashr qilingan o‘quv adabiyotlari bibliografiyasi“ tuzilgan va davom etmoqda. Òurli dolzarb mavzularga oid kartotekalar ham tashkil etilgan. „Kitob va vaqtli matbuot yig‘ma katalogi“da o‘zbek va rus tillaridagi kitoblar, vaqtli matbuot bilan birga chet ellardan olingan barcha hujjatlar aks etgan bo‘lib, ish 1953-yili boshlangan. Hozirgacha uning 5 qismi nashrdan chiqqan. Katalogning 4qismiga Yevropa mamlakatlari tomonidan sovg‘a qilingan iqtisodiyotga oid adabiyotlar kiritilgan bo‘lsa, 5- qismda Amerikaning SABRE fondi va O‘zbekistondagi Fransiya vakolatxonasi 1991—1995- yillarda sovg‘a qilgan adabiyotlar kiritilgan. „Yig‘ma katalog“ 30—40 nusxada nashr qilinadi. Rahbar xodimlarga axborotni tanlab tarqatish tizimida xizmat ko‘rsatiladi.

1990 — 1993- yillar respublikamizdagi ko‘pgina institutlar universitetlarga aylantirilgandan so‘ng, ulardagi kutubxonalar faoliyati jonlandi. Ularning Nizomiga ko‘ra, kutubxonalarda bibliografiya bo‘limlari tashkil etildi va dastlabki vazifasi ma’lumotnoma-bibliografiya apparatini tashkil etishdan iborat bo‘ldi. Ma’lumot-bibliografiya apparati fondi oldindan mavjud bo‘lgan ensiklopediyalar, lug‘atlar, spravochniklar, bibliografik qo‘llanma va ko‘rsatkichlar bilan birgalikda institut kutubxonasi tayyorlayotgan bibliografik ma’lumotlar bilan ham boyitib boriladi. Masalan, Òoshkent davlat madaniyat instituti tashkil topganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan institut professor-o‘qituvchilari asarlari ro‘yxati kafedralar bo‘yicha alohida-alohida ko‘rsatkich ko‘rinishida tayyorlangan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan chiqarilayotgan barcha turdagi bibliografik ro‘yxatlar, ko‘rsatkichlar, uslubiy-bibliografik qo‘llanmalar ham 2 nusxadan, xorijda va respublikamizda nashr etiladigan sohaga oid „Biblioteka“, „Bibliografiya“, „Áèáëèîòåêîâåäåíèå“, „Áèáëèîãðàôîâåäåíèå“, „Ìèð áèáëèîãðàôèè“, „Kitob dunyosi“ va boshqa vaqtli matbuot nashrlari ham to‘plangan edi.

2- asosiy yo‘nalish—axborot-bibliografik xizmat ko‘rsatish. Kutubxonalar IRBIS tizimidan, an’anaviy katalog va kartotekalardan, SBAdan foydalangan holda ishni tashkil etdilar. Kafedralar yo‘nalishiga ko‘ra axborot va mutaxassis kunlari, bibliografik sharhlar o‘tkaziladi. Sharhlarni institut, fakultetlar ilmiy kengashlarida ham o‘tkazib borilsa, yaxshi samara beradi. Barcha kutubxonalar hozirgi kunda barkamol avlod tarbiyasida muhim o‘rin tutganligi tufayli ham faoliyatining barcha tomonlarini o‘z vaqtida va tezkorlik bilan turli xil axborotlar olamidan har bir iste’molchi uchun zarurini topib berish maqsadida axborotbibliografiya ishini mukammal tashkil etishlari lozim.


Download 371,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish