Retrospektiv ilmiy-yordamchi bibliografik qo‘llanmalar. Ularning maqsadi turli xil hujjatlarda aks etgan fan, texnika, madaniyat yutuqlaridan, ma’naviy boylikdan kompleks foydalanishga yordam berishdan iborat. Umumlashtiruvchi, yakunlovchi vazifani bajarish bilan bunday qo‘llanmalar jiddiy tadqiqot ishlari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Unga ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar —oddiy asardan to memuar asargacha, kundaliklar, ilmiy tadqiqotlarni olib borish metodikasiga oid asarlar tanlab olinadi. Retrospektiv bibliografiyaning rivojlanishi kundalik bibliografiyalarning rivojiga, avtomatlashgan tizimdan qay darajada foydalanilayotganiga bog‘liq. Bu yo‘nalishda tarmoqlararo, tarmoq, mavzuli va muammoli-mavzuli ko‘rsatkichlar, ilmiy muassasalarning, ayrim olimlarning asarlari ko‘rsatkichi, biobibliografik ko‘rsatkichlar, lug‘atlar, mamlakatshunoslik va o‘lkashunoslik xarakteridagi ko‘rsatkichlar, nashrlarning ayrim turlariga oid ko‘rsatkichlar (dissertatsiyalar, qo‘lyozmalar va h. k.) tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |