Bha-55-2 guruh talabasi Xudaybergenova Nozimaning Marketing fanidan Oraliq Nazorat ishi



Download 20,25 Kb.
Sana20.07.2022
Hajmi20,25 Kb.
#830679
Bog'liq
BHA 55 2 Xudaybergenova Nozima Marketing Oraliq Nazorat ishi




BHA-55-2 guruh talabasi Xudaybergenova Nozimaning Marketing fanidan Oraliq Nazorat ishi
10-variant
1.O’zbekistonda marketing qachon shakllangan?
2.Marketingning vazifalari.
3.Dala usulining ahamiyati.
1.Marketing - sotuvchi va haridor o'rtasidagi tovar, mahsulot yoki xizmatlar almashinuvi natijasida kompaniyaning qiymati oshish jarayoniga aytiladi.
O‘zbekistonda 1980-yillardan boshlab iqtisodiyot o‘quv yurtlarida marketing kurslari o‘qitila boshlandi. Shu yillari marketing masalalari bilan S. Salimov, S. G‘ulomov, A. Bekmurodov, J. Jalolov, M. Qosimova, D.Muhitdinov, X.Raimov, A. Soliyev kabi olimlar ilmiy tadqiqot ishlari olib bordilar. 1986-yilda «Sovplastital» qo‘shma korxonasida birinchi bo‘lib marketing bo‘limi tuzildi. Shuningdek,
«Toshkent to‘qimachilik mashinasozlik zavodi» aksiyadorlik jamiyati, «V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi» davlat-aksiyadorlik birlashmasi, «Toshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozligi» aksiyadorlik jamiyati kabi korxonalarda ham marketing bo‘limlari ochildi.4
Mamlakatimizda hozirda faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklari, yirik ishlab chiqarish korxonalarining aksariyatida marketing bo‘limlari ish olib boradi.
Yillar davomida marketingning roli juda o‘zgaradi. Marketingningrivojlanishini tushunish zamonaviy marketingni tushunishga yordam beradi. Bozordagi holat, raqobat darajasi, atrof-muhitga qarab firmalar o‘zlari uchun turli marketing dasturlarini ishlab chiqishlari mumkin.

Marketing rivojlanishining 5 ta bosqichi:


oddiy savdo –sotiq davri; 
ishlab chiqarish davri. Sanoat revolyutsiyasidan keyin to 1920yillargacha ko‘p kompaniyalar ishlab chiqarish davrida edilar («Ishlab chiqarish davri» da kompaniyalar ma’lum turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan); 3)
realizatsiya davri. 
marketing bo‘limi davri; 
marketing kompaniyasi davri
2. Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o’rganish va bashorat qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygandir.Bunga erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni hal etishi lozim: 
xaridorlar ehtiyojini o’rganish va aniqlash; narxning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish; 
avvalo talab va taklif to’g’risida olingan ma’lumotlar asosida bozorni o’rganish; 
tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to’g’risida ma’lumotlar olish; 
to’ldiruvchi tovarlar va o’rnini bosuvchi tovarlar to’g’risida axborot yig’ish; 
tovarlarga bo’lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir. 
Marketingni bosh vazifasi korxonaning mavjud va potentsial imkoniyatlarini baholash va amalga oshirish hamda bozorda talab va taklifni muvofiqlashtirish maqsadida imkoniyatlarni aniqlashdan iborat.
Firmaning asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi:
bozorni egallash; 
rentabellik; 
moliyaviy barqarorlik; 
ishlab chiqarishni ijtimoiy omillarini ta’minlash; 
bozordagi mavjud va prestijni tashkil tadbiq mustahkamlash. 
3. Dala tajribasi — dala sharoitida i.ch. sharoitlariga yaqinlashtirib oʻtkaziladigan eksperimental agronomik tadqiqot; ekin yetishtirishning barcha sharoitlarini hisobga olgan holda tajriba maydonida oʻtkaziladi. Bunday tajribalarda ekinlarni yetishtirishning u yoki bu omillari hamda usul-amallari va bu omillarning birgalikdagi taʼsiri chuqur oʻrganiladi. D.t.da ayrim omillarni batafsil oʻrganish aksariyat tadqiqotning boshqa usullari bilan birgalikda olib boriladi. D.t. agronomiya fani yutukdarini q.x. amaliyoti bilan mustahkam bogʻlaydi. D.t. uslubiyoti q.x. ishlab chiqarishining zamonaviy darajasiga mos boʻlishi kerak. Chunki tajribaning ilmiy qimmati va i.ch. ga joriy etilishi shunga bogʻliq. D.t. da oʻsimliklar hosili miqdorini hisobga olish, tajribada oʻrganilayotgan sharoitlar yoki ekinlarga taʼsir koʻrsatish usullari bilan hosil miqdori va sifati oʻrtasidagi bogʻlanish aniqlanishi shart. Tajriba fenologik kuzatuvlar bilan birga olib boriladi.
D.t. qisqa muddatli, koʻp yillik va uzoq muddatli boʻlishi mumkin. Qisqa muddatli tajribalar 3 y.dan 10 y.gacha, koʻp yillik tajribalar 10—15 y., uzoq muddatli tajribalar 50 va undan ortiq yil davom etadi. Kup yillik va uzoq muddatli bir yoki koʻp omilli doimiy tajribalar ekinlarni yetishtirishda qoʻllaniladigan yangi texnologik usullarning tuproqdagi suv-fizikaviy, kimyoviy hamda biologik jarayonlarga, tuproq unumdorligi, ekin hosili va uning sifatiga qanday taʼsir kursatishi va qanday oqibatlarga olib kelishini chuqur oʻrganishga imkon beradi. Paykalning katta-kichikligi va takroriylik D.t.ning aniqligini belgilab beradigan muhim omillardir.
Sugʻoriladigan sharoitlarda agrotexnika tajribalari, odatda, kamida 4 marta takroriylikda oʻtkaziladi, maʼlumotlarni matematik tahlil qilishga imkon beradigan aniq natijalar olishga erishiladi
Download 20,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish