Bog'liq Buxgalteriya Hisobi Mustaqil Ish Usmonov Shuxrat Bha-52-2guruh
Jarayonlar bo‘yicha mahsulot tannarxi kalkulyatsiyasi. Bu usul ko‘pincha metallurgiya, to‘qimachilik va boshqa sanoatning shunga o‘xshash tarmoklarida qo‘llanilishi mumkin. Jarayonlar bo‘yicha xarajatlarni hisobga olish usuli mahsulot ishlab chiqarishl xom-ashyoning bir necha jarayondan o‘tganidan sung tayyor mahsulot xoliga keladigan ishla chiqarishlarda qo‘llaniladi.
Mahsulot ishlab chiqarishning oxirgi jarayonidan tashqari xar bir jarayon nixoyasiga etkazilgan xom-ashyoga ishlov berish bosqichi bulib, uning natijada korxona yakuniy iste’molga yaroqli tayyor mahsulot emas, balki o‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor maxsult oladi. Olingan yarim tayyor mahsulotlar korxonada ishlab chiqarishning keyingi bosqichlarida foydalanilishi bilan birga, u keyinchalik yarim tayyor mahsulot yoki butlovchi qismi sifatida sotilishi ham mumkin. Jarayonlar bo‘yicha xarajatlarni hisobga olish usuli barcha korxonalarda bir xil emas. Ba’zi korxonalarda to‘g‘ri xarajatlar buxgalteriya hisobining alohida bir jarayon bo‘yicha aks ettiriladi, xom-ashyoning dastlabki qiymati esa faqat birinchi jarayon mahsuloti tannarxiga kiritiladi. Yakuniy mahsulotning tannarxi barcha jarayonlar xarajatlari summasidan iborat bo‘ladi.
Misol. «Bobur» kompaniyasida ishlab chiqarish 4 jarayondan tashkil topgan. Ishl chiqariladigan mahsulot hajmi 100 dona. Belgilangan norma bo‘yicha 1-sexga junatilp xom-ashyo va materiallar qiymati - 20000 sum, 2-jarayon tomonidan ishlov berish uchun 16000 sum, 3-jarayon tomonidan - 24000 sum, 4-jarayon tomonidan - 28000 sum sarflangan.
Jarayonlar bo‘yicha tannarx quyidagicha aniqlanadi: 1-jarayon - 20000:100=200 sum 2-jarayon - 16000:100=160 sum 3-jarayon - 24000:100=240 sum 4-jarayon - 28000:100=280 sum Jami: 88000:100=880 sum.
Mahsulotning bir birligining haqikiy tannarxi 880 sumga teng.
Korxonaning o‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar 2110-«O‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar» hisobvarag‘ida aks ettiriladi. Agarda korxona 2-jarayondan sung hosil bo‘lgan 36000 sumlik (20000+16000) yarim tayyor mahsulotni maqsadida omborga qabul kilib olsa, buxgalteriya hisobida quyidagicha provodka bernladi:
0-"O‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar» - 36000 sum
K-t2010-«Asosiy ishlab chiqarish» - 36000 sum.
Buyurtmali usul. kalkulyatsiya qilishning buyurtmali usuli murakkab mahsulotlar mahsulot ishlab chiqarishda, tajriba ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, bunda barcha asosiy xarajatlar xar bir ish hajmi uchun alohida hisobga olinadi. Har bir buyurtmaga buyurtma varag‘i ochilib. bu erda xarajatlar yigiladi. Qabul qilingan buyurtma maxsus kitoblarda ruyxxatga olinadi va unga navbatdagi raqam biriktirilib, ushbu raqam buyurtma tayyor holga keltirilgunga qadar uning shifri bulib turadi. Buyurtma bajarilishi mobaynida xdmma dastlabki hujjatlarda ana shu shifr kuyib brriladi. Buyurtma tayyor xolga keltirilgandan sung varaqa yopiladi.
Ishlab chiqarish buyurtmalari chetdan mahsulotning ma’lum turlarini ishlab chikarish uchun beriladi. Boshqa xarajatlar esa sex yoki korxona bo‘yicha hisob qilinadi, rnm ishlab chiqarish buyurtmalari tannarxini kalkulyatsiyalashda ularning tannarxi biron-bir ko‘rsatkichga mutanosib ravishda taqsimlash yuli bilan o‘tkaziladi. Buyurtmali usulda xarajatlar hisobi va kalkulyatsiyalash obyekti ayrim ishlab chiqarish buyurtmalari hisoblanadi. Buyurtmaning haqikiy tannarxi xar oyda emas, balki buyurtma tayyor bo‘lganidan keyin aniqlanadi.