5. Bir nuqtaga (markaziy) purkash tizimida yonilg‘i qayerga
purkaladi?
6. Yonilg‘i ko‘p nuqtali purkash tizimida yonilg‘i qayerga pur
kaladi?
7. Yonilg4 i silindming ichiga nima yordamida purkaladi?
8. Hozirgi zamon benzinga
ishlaydigan dvigatellarda, ayniqsa,
yengil avtomobillaming dvigatelida yonilg4 ini purkashning qaysi
xili ko4p qo4llanilmoqda?
9. Yonilg'ini elektron purkash tizimlari necha qismdan iborat?
10. Elektron boshqarish blokining (EBB) vazifasini ayting.
11. Datchiklaming vazifasini ayting.
12. Bajaruvchi qurilmalaming vazifasini ayting.
13. Yonilg'ini purkash necha konturdan iborat?
14. Yuqori bosimli konturga qaysi qismlar kiradi?
15. Past bosimli konturga qaysi qismlar kiradi?
268
9-BOB. GAZ YONILG‘ISIGA ISHLOVCHI
DVIGATELLARNING TA’MINLASH TIZIMI
9.1. Gazsimon yonilg‘ilarning xossalari to‘g‘risida umumiy
ma’lumotlar
Xalq xo‘jaligining turli sohalarida gaz yonilg‘isi yildan-yilga
kengroq qo‘llanilmoqda. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarilishida ham
gaz, asosan, texnologik jarayonlar (isitishda,
issiqxonalarda, qu-
ritishda, chorvachilik va parrandachilik majmualari)da va maishiy
ehtiyojlar uchun ishlatilmoqda. Oxirgi 10-15 yillardan boshlab esa
gaz ichki yonuv dvigatellarida asosiy yonilg‘i o‘miga ham
ishlatila
boshladi.
Dvigatellarda suyuq yonilg‘ilar o‘miga gaz ishlatilganda
quyidagi afzalliklar kelib chiqadi:
> yonilgi-havo aralashmasiga kerakli nazariy miqdordagi
havo
berilishi shart emas, ya’ni
a
ning qiymati 1 dan ortmaydi. Bu
dvigatelning foydali ish koeffitsientini oshishiga olib keladi;
> yonish
to‘la bo‘lib,
keraksiz
yonish mahsulotlari
(oltingugurtli birikmalar, qurum va tutun) kamroq boiadi;
> atrof-muhitning sovuq
sharoitida ham oson yonadi
(bugiantirishga ehtiyoj yo‘q);
> gazni quvurlar orqali masofalarga uzatish (tashish) oson,
shuningdek saqlanishi ham qulay;
> neftga qaraganda yer ostidan qazib olish osonroq va
arzonroq;
> gazni dvigatellarda siqilgan va suyultirilgan holda ishlatish
mumkin;
> antidetonatsion (detonatsiyaga qarshi) xossalari suyuq
yonilg‘ilardan yaxshiroq, ya’ni oktan soni yuqoriroq;
> yonish jarayonida suyuqlik (suv) kondensatsiyalanmaydi,
demak, detallaming yeyilishi va korroziyasi kamayadi;
> dvigatelni to ia qizishini kutmasdan
ham ishga tushirib
yuborish mumkin.
269
Yuqorida sanab o‘tilgan, suyuq yonilg‘ilarga nisbatan qator
afzalliklariga qaramasdan, gaz yonilg4 isining
ayrim kamchiliklari
ham mavjud:
> inson nafas olishi uchun zararli;
> gaz-havo aralashmasi portlashi mumkin;
> yonilg'i tizimidagi ozgina nojipsliklardan ko‘p miqdorda gaz
chiqib ketishi mumkin;
> suyultirilgan gaz qoilanilganda dvigatelning quwati 6...8
foizga, siqilgan gaz ishlatilganda esa 18...20 foizga kamayadi.
Yuqoridagi gaz xossalaridan ko'rinadiki, gaz yonilg‘ilari
yonuvchi aralashma silindr tashqarisida hosil qilinadigan va uchqun
bilan
alangalantiriladigan
dvigatellarda
qo'llashga
qulay,
shuningdek dizellarda ham foydalanish mumkin.
Dvigatellarda ikki xil gazlar qo‘llanilmoqda:
> siqilgan gazlar;
> suyultirilgan gazlar.
Do'stlaringiz bilan baham: