SH = (1000 ρ) / (1 + ραVbo’sh / Rm))
bunda: r - shag’alning zichligi, kg/l; pm - shag’alning o’rtacha zichligi, kg/l;Ubo’sh - yirik to’ldirgichning bo’shlig’i, %; α - oraliq koeffitsienta; maydaqumli bikr qorishma uchun 1,0-1,2, tsement markasi TS - 250, 300, 350, 400bo’lgan plastik qorishma uchun 1,2; 1,35; 1,43; 1,48 olinadi.
Hajmi 1m3 bo’lgan beton uchun mayda to’ldirgich (qum) miqdori quyidagiformuladan aniqlanadi.
Q = (1000 — (TS/ρts + SH/ρsh + S)) rq, kg
bunda: TS, SH va S - 1m3 beton uchun tsement, shag’al va suv mikdori, kg; ρts ,ρsh va ρq - tsement, shag’al va qumning zichligi, kg/l.
Endi loyihada berilgan ko’rsatkichlarni (bikrligi, quyuqlik darajasi,mustahkamligi va hokazo) tajribaxona sharoitida sinash uchun 10-20lhajmda beton qorishmasi tayyorlanadi. Agar qorishma loyihadagi talabniqoniqtirmasa, u holda uning ko’rsatkichini o’zgartirmay, suv bilan tsementqo’shiladi va qaytadan xossalari aniqlanadi.
Betonning tajribaxonada aniqlangan nominal tarkibi ishlab chiqarishgato’g’ri kelmasligi mumkin. CHunki tajribaxona sharoitida mavjud ashyolarhavoyi quruq holatda olingan. Ishlab chiqarishda (kurilishda) esato’ldirgichlar ma’lum namlikda bo’ladi. SHu sababli kurilishdato’ldirgichlarning namligi e’tiborga olingan holda beton tarkibigatuzatishlar kiritish kerak.
1-misol. Qavatlararo temir beton plitani tayyorlash uchunmustahkamligi NOMPa bo’lgan (beton qorishmasining quyuqlik darajasi4sm) beton tarkibini hisoblash kerak.
Tajribaxonada aniqlangan quyidagi ko’rsatkichlar bizga ma’lum,bog’lovchi modda - portlandtsementning markasi 400, zichligi 3,1 g/sm3, o’rtachazichligi 1200kg/m3, qumning zichligi 2,5 g/sm3, o’rtacha zichligi 1500kg/m3,bo’shlig’i 41%, shag’alning zichligi 2,65g/sm3, o’rtacha zichligi 1440kg/m3,bo’shligi 45%, shag’alning eng yirigi 40mm. Beton tarkibini quyidagitartibda hisoblaymiz.
Suvщement nisbatini topamiz:
S/TS = (A∙Rts) / (Rb + 0,5∙A-Rts) = (0,6x400) / (150 + 0,5x0,6x400) = 0,64.
Beton qorishmasining quyuqlik darajasi 4-5sm ga mos bo’lgan suvmikdorini 7-ilovadan topamiz, shag’alning eng yirigi 40mm; S=165l.
1m3 beton qorishmasi uchun kerak bo’lgan tsement miqdori
TS = S / (S/TS) = 165 / 0,64 = 257,8kg.
Yirik to’ldirgich miqdori, bunda a = 1,3
SH=(1000 ρ) / (1+ραVbo’sh / ρm))=( 1000x2,65) / (1+2,65x1,3x0,45/1,44))
SH= 1242kg.
Qum mikdori
Q = (1000-(TS/ρts+SH/ρsh+S)) ρq = (1000-(246/3,1+1242/2,65+165)) 2,5
Q= 708kg.
SHunday qilib, betonning nominal tarkibi quyidagicha bo’ladi.
TSement... 257,8; Suv.... 165; Qum.... 708; SHag’al....1242. Jami 2372,8 kg.
Tajribaxonada sinash uchun 30l beton qorishmasiga sarflanadiganashyolar miqdori quyidagicha bo’ladi:
TSement — 257,8x0,030 = 7,73kg
Suv — 165x0,030 - 4,95kg
Kum — 708x0,030 = 21,2kg
SHag’al— 1242x0,030 = 37,3kg.
Bu ashyolar ko’rsatilgan miqdorda tortilib, beton qorishmasi tayyorlanadi, keyin uning quyuqlik darajasi hamda qulay joylanuvchanlik ko’rsatkichlari aniqlanadi. Agar qorishmaning quyuqlik darajasi 4sm o’rniga 3sm bo’lsa, u holda qorishmaga 10% tsement va suv qo’shiladi, ya’ni:
TSement... 7,73x0,1 = 0,73kg
Suv ...4,95x0,1 = 0,495l.
Beton qorishma qorishtirilib, uning yana quyuqlik darajasi topiladi. Agar quyuqlik darajasi loyihadagi 4sm ga teng bo’lsa, qorishma tarkibi o’zgartirilmaydi, ko’p bo’lsa suv miqdorini 10% ga kamaytirib, yuqoridagi tajriba qaytariladi.
Masalan, kurilishda beton uchun ishlatiladigan to’ldirgichlar nam deb olaylik, ya’ni shag’alning namligi 1%, qumniki 4%, u holda beton uchun topilgan suv to’ldirgichlardagi namlik hisobiga kamayadi. Bu quyidagicha topiladi:
Suv = 180 - (0,04 708 + 0,01∙1242) = 180 - (28,3 + 12,0) = 139,7l/m3.
Qum = 708 + 28,3 = 736,3kg.
SHag’al = 1242 + 12,0 = 1254kg.
Demak, qurilishda 1m3 beton qorishmasini tayyorlash uchun (agar qum namligi 4%, shag’alniki 1% bo’lsa): TSement - 282,0 kg. Suv - 139,7 l. Qum - 736,3 kg. SHag’al - 1254 kg lozim bo’lar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |