Beton qorishmasini super va giperplastifikatorlar modifikatsiyalash istiqbollari energiya va resurs tejamkorligi Beton qorishmasining hossalari undan hosil qilingan betonning sifati va hossalarini yetarli darajada oldindan belgilab beradi.
Beton qorishmasining asosiy hossalari:
Bog’lanuvchanlik (qatlamlanib ketmaslik) - tashilayotganda, tushirilayotganda va qolipni to’ldirishda beton aralashmasini qatlamlarga ajralmaslik xususiyatini ko’rsatadi.
Beton qorishmasini bog’lanuvchanligi beton tarkibini to’g’ri tanlash orqali ta’minla - nadi. Bog’lanuvchanlik xossasi sement miq-dorini oshirish va suv-sement nisbatini ka-maytirish yo’li bilan yaxshilanadi. Lekin sement ortiqcha sarflanmasligi uchun bog’la- nuvchanlik, to’ldirgichlarning optimal granu-lometrik tarkibini saralash va ular orasidagi nisbatni to’g’ri tanlash orqali ta’minlanadi.
Qulay yotqizuvchanlik – beton qorishmasining buyum qolipini to’ldirish va unda og’irlik kuchi tasirida yoki tashqi mexanik ta’sir natijasida zichlanish hususiyatini ko’rsatadi. Beton aralashmasining bu hossalari harakatchanlik va qattiqlik bilan belgilanadi. Beton qorishmasini xarakatchanligi deb uni o’z massasi ta’siri natijasida yoyilib ketish husisiyatiga aytiladi.
Beton qorishmasining harakatchanlik darajasi, qorishmadan qoliplangan konusning cho’kish miqdori (sm hisobida) bilan baholanadi. Beton qorishmasining harakatchanligi balandligi 300, ustki asosini diametri 100 va pastki asosini diametri 200 mm bo’lgan kesik konus ko’rinishidagi tubsiz metal qolipdan iborat standart konusda aniqlanadi.
Beton qorishmasining qattiqligi – tebratish ta’sirida uning yoyilishi va qolipni to’ldirish hususiyati. Beton qorishmasining qattiqlik darajasi beton qorishmasining oldindan qoliplangan konusning qattiqligi aniqlanadigan asbobda tekislanish va zichlanish uchun zarur bo’lgan tebratish vaqti (soniya hisobida) bilan belgilanadi
Betonning assosiy xossalari
Siqilishga mustahkamligi – bu hos-sa beton aralashmasidan tayyorlangan va sinashga qadar normal sharoitda(xarorat 15 – 20°C va havo namligi 90-100%) 28 sutka davomida qotgan 150x150x150 mm o’lchamli standart namuna – kublarda aniqlanadi.
Betonning mustаhkаmlik ko’rsаtkichlаri bo’yichа ulаrning kаfolаtlаngаn qiymаtlаri - sinflаri belgilаnаdi.
Betonning mustаhkаmlik bo’yichа sinfi - betonning аmаldаgi stаndаrlаrgа muvofiq аniqlаnаdigаn bаzаviy nаmunаlаri mustаhkаmligi bilаn loyihаdа belgilаngаn yoshidа аniqlаnаdi.