Mavzu: Beshinchi analitik gurux kationlari
Reja:
9.1. Mishyak ionlariga xos reaksiyalar.
9.2. Surma ionlariga xos reaksiyalar.
9.3. Qalay ionlariga xos reaksiyalar.
Mashg’ulotning maqsadi: V-analitik guruh kationlarining xossalarini, guruh reaktivining ta’siri va biologik ahamiyatini o’rganishdan iborat.
Kerakli reaktivlar: CuSO4, HgNO3, HgCl2, AgNO3, Pb(NO3)2, Pb(CH3COO)2, CdSO3, Bi2(SO4)3, H2S, H2SO4, NaOH, KOH, HNO3, “zar suvi”, K4[Fe(CN)6], KJ, CH3COOH, K2CrO4, K2Cr2O7 va boshqalar.
Kerakli jihoz, uskunalar va idishlar:
Har xil o’lchamli probirkalar
Pipetkalar har xil o’lchamda
Oddiy stakanlar, kolbalar
Shtativlar, qisqich va halqalari bilan
Chinni kosachalar, chinni xavoncha ezgichi bilan
Ishning bajarilishi: Beshinchi analitik guruh kationlari As3+, As5+, Sb3+, Sb5+, Sn2+ va Sn4+ kationlaridan iborat bo`lib, ushbu kationlarning sulfidlarining suvda eruvchananligi IV-analitik guruh kationlarining eruvchanligidan ancha kichik. Ammo IV-analitik guruh kationlaridan V-guruh kationlari o`z xossalariga ko`ra farq qiladi, Ularning SnS dan boshqa sul`fidlari Na2S, K2S, (NH4)2S ta`sirida tiotuzlar hosil qilib suvda eruvchan shaklga o`tadi.
Masalan:
As2S3 + 3Na2S=2Na3AsS3
As2S5 + 3Na2S=2Na3AsS4
Beshinchi guruh kationlari eritma muhiti pH=0,5 bo`lganda H2S ta`sirida sulfidlar hosil qilib cho`kmaga tushadi. Buning uchun tekshirilayotgan eritmaga ko`proq HCl qo`shiladi va unga vodorod sul`fid yuboriladi(mo`rili shkaf ostidA)*. Natijada V-guruh kationlari sulfidlar shaklida cho`kmaga tushadi.
Masalan:
2Na3AsO3+6HCl+3H2S=As2S3+6NaCl+6H2O
Eritma muhiti neytral yoki ishqoriy bo`lsa H2S yoki (NH4)2S ta`sirida kationlar cho`kmaga tushmaydi, sababi tiotuzlarni hosil bo`lishidir, ya`ni:
Na3AsO3+3H2S=Na3AsS3+3H2O
Tiotuzlarga HCl ta`sir etib tiokislotalar hosil bo`ladi, ammo ular beqaror bo`lgani uchun darhol parchalanadi:
Na3AsS3+3HCl= H3AsS3+3NaCl
2H3AsS3→3H2S + As2S3
Demak, eritmaga qo`shilgan HCl birinchidan, tiotuzlarni parchalaydi, ikkinchidan, hosil bo`lgan sulfid tuzlarini kolloid holida eritmaga o`tishiga to`sqinlik qiladi.
V-analitik guruh kationlaridan mishyak birikmalari muhim biologik ahamiyatga ega. Mishyak birikmalari juda kam miqdorda hayvon va o`simliklar to`qimalarida bo`ladi, ularning o`sishiga va rivojlanishiga ijobiy ta`sir etadi. Tuproqda K3AsO3 kaliy arsenit tuziningbo`lishi arpa, karam va shu kabi boshqa o`simliklarning hosildorligini ortishiga olib keladi. Mishyak birikmalari(ayniqsa As3+) zaharli bo`lgani uchun qishloq xo`jaligida kemiruvchi zararkunandalarga qarshi kurashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |