Mustаqil ishlаr uchun ham baho berilаdi. Talaba mustaqil ish topshiriqlarini mustaqil bajarib, ijodiy fikrlay olsa, mustaqil mushohada yuritsa 5 baho, topshiriqlarni mohiyatini tushunib yoritib bersa, berilgan topshiriqlarni yahshi topshira olsa 4 baho, topshiriqlarni bajarishda tasavvurga ega bo’lib, berilgan savollarga to’la javob bera olmasa 3 baho, topshiriqlarni mustaqil bajara olmasa 2 baho.
Talabani oraliq nazorat turi bo’yicha baholashda, uning amaliy, laboratoriya mashg’ulotlari hamda mustaqil ishlarini bajarish davomida olgan baholari inobatga olinadi.
Yakuniy nazorat turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning bilimini baholash o’quv mashg’ulotlarini olib bormagan professor-o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |