Bog’langanligi. Realyasion tasavvurlar turli munosabatlar va fayllarning atributlarini o’zaro aloqodorligi to’g’irisida aniq ko’rinish beradi.
Oddiy boshqarilish. Ikki o’lchovli jadvallarni fizikaviy joylashtirish, boshqa daraxt ko’rinishli va tarmoqli tuzulmalarga ko’ra sodda bo’ladi. Xotirani fizikaviy tashkilashtirishning yangi vositalarini ixtiro qilish natijasida joylashtirishning yangi optimal imkoniyatlari paydo bo’lmoqda.
Ma’lumotlar mustaqilligi. Qoidaga ko’ra, asoslar tuzulmasi yangi atributlar va munosabatlarning qo’shilishiga ya’ni o’sish imkoniyatiga ruxsat bermog’i kerak. Ma’lumotlardan foydalanish usullari ham o’zgaruvchan, yangi kortejlar qo’shilishi va eskilari chiqarilib yuborilishi mumkin, xuddi shu ma’lumotlar elementiga tegishli bo’lsa. Berilganlar bazasini normallashtirilgan formada tashkil etishda mustaqil dasturiy ta’minot bilan ma’lumotlarni o’zaro solishtirish amaliy dasturlarni o’zgartirilishini talab qilmaydi. Bu ayniqsa muhim, agarda ma’lumotlar asoslari o’sishi bilan ma’lumotlarning bo’linmas elementi bo’linadi.
BBning ierarxik modeli pastki pogonadagi yukori pogonadagiga buysinish tartibida joylashgan elementlar tuplamidan iborat buladi va agdarilgan daraxt(graf)ni tashkil etadi. Ushbu model satx, tugun, boglanish kabi parametrlar bilan tavsiflanadi. Uning ishlash tamoyili shundayki, kuyi satxdagi bir necha tugunlar boglanish yordamida yukorirok satxdagi bitta tugin bilan boglangan buladi. Tugin- bu ierarxiyaning berilgan satxida joylashgan elementning axborot modelidir.
BBning semantik tarmok modeli ierarxik modelga uxshashdir. U xam tugun, satx, boglanish kabi asosiy parametrlarga ega. Lekin semantik tarmok modelida turli satxdagi elementlar orkali «erkin», ya`ni «xar biri xamma bilan» ma`noli boglanish kabul kilingan.
Kupchilik BBlar jadval tuzilmasiga ega. Unda ma`lumotlar adresi satr va ustunlar kesishmasi bilan aniklanadi. BBda ustunlar-maydanlar, satrlar esa yozuvlar deb ataladi. Maydonlar BBning tuzilmasini, yozuvlar esa, unda joylashgan ma`lumotlarni tashkil etadi.
Maydonlar-BB tuzilmasining asosiy elementlaridir. Ular ma`lum xususiyatlarga ega buladilar. Xar kanday maydonning asosiy xususiyati uning uzunligidir. Maydon uzunligi undagi belgilar soni bilan ifodalanadi.
Maydonning yana bir xususiyati, uning nomidir. Maydonda uning nomidan tashkari yana imzo xususiyati xam mavjud. Imzo-ustunning sarlavxasida aks ettiriladigan axborotdir. Uni maydon nomi bilan aralashtirib yubormaslik lozim. Agar imzo berilmagan bulsa sarlavxada maydon nomi yozib kuyiladi. Turli tipdagi maydonlar turli maksadlarda ishlatiladi va turli xossalarga ega buladi.
Maydonlarning xususiyati bilan tanishib chikamiz:
1.Oddiy matn maydoni. Belgilar soni 255 dan oshmasligi kerak.
2.MEMO-katta ulchamli matn maydoni. Belgilar soni 65535dan oshmasligi shart. Oddiy matn va MEMO maydonida xisob ishlarini bajarib bulmaydi.
3.Sonli maydon. Sonli ma`lumotlarni kiritishga xizmat kiladi va xisob ishlarini bajarishda foydalaniladi. Bu maydon 1,2,4,8 va 16 baytli bulishi mumkin.
4.Sana va vakt maydoni. Bu maydon sana va vaktni bichimlangan xolda saklab kuyish imkonini beradi (01.06.01 20:29:59). 8bayt ulchamga ega.
5. «Pul birligi» nomi bilan ataluvchi maydon. Bu maydondan xisob kitob ishlarini yuritishda foydalaniladi.
6.Xisoblagich maydoni. Bu maydon 4 bayt uzunlikka va avtomatik ravishda ma`lum songa oshib borish xususiyatiga ega. Ushbu maydondan yozuvlarni nomerlashda foydalanish kulaydir.
7.Mantikiy amal natijasini saklovchi maydon. Bu maydon «rost» (true) yoki «yolgon» (false) kiymatni saklaydi. Maydon ulchami 1bayt.
8. OLE-nomi bilan yurituvchi maydon. Bu maydon Excel jadvalini, Word xujjatini, rasm, ovoz va boshka shu kabi ma`lumotlarni ikkilik sanok sistemasida saklaydi. Maydon ulchami 1Gbaytgacha.
9. Bu maydon belgi va sonlardan iborat bulib, biror fayl yoki saytga yul kursatadi.
10. Kiymatlar ruyxatidan iborat bulgan maydon. Bu maydon bir kancha kiymatlardan iborat bulgan ruyxatdan tanlangan anik bir kiymatni saklaydi.
Jadvallar orasidagi munosabatlar ishonchli ishlashi va bir jadvaldagi yozuv orkali ikkinchi jadvaldagi yozuvni topish uchun jadvalda aloxida maydon-unikal maydon bulishini ta`minlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |