4.1 RASM
Yechish. Tarkibida 40% Pb bo`lgan suyuq qotishma 4300C gacha sovitilganda surma kristallga tushib, Pb miqdori 60% ga qadar ortadi. Holat diagrammasida G punktir chiziq G va D nuqta surmaning to`li1 kristallga tushganini izohlaydi. Kristallga tushgan surmaning massasi g1, suyuq qotishmaning massasi g2 deb olinsa, richag qoidasi bo`yicha kristallga tushgan massa g1 ning suyuq qotishma massasi g2 ga nisbati holat diagrammasidagi GD kesmaning FD kesmaga nisbati bilan belgilanadi:
, bundan .
4.1-rasmdan ma`lumki, FD=60%, GD=60-40=20% bo`ladi. U vaqtda g1=3 . 20/60=1 kg surma. Demak, tarkibida 40% qo`rg`oshin bo`lgan suyuq qotishma 4300C gacha sovitilganda 1 kg surma kristallga bushadi.
46-misol. Sb va Pb ning suyuq evtektik qotishmasi tarkibida 18% Sb (4.1-rasm) bo`ladi. Tarkibida 10% Sb bo`lgan 10 kg suyuq qotishma to`liq kristallga aylanguncha sovitilganda evtektik nuqtada qaysi metalldan qancha miqdorda kristall hosil bo`ladi?
Yechish. Qorishma tarkibida 10% Sb, 90% Pb bor bo`lsa, 10 kg suyuq qotishma tarkibidagi har bir metallning miqdori aniqlanadi.
Pb = 10 . 0.9 = 9 kg
Sb = 10 . 0.1 = 1 kg
Suyuq qotishma tarkibida Sb miqdori oz bo`lgani uchun evtektik haroratda Sb ning hammasi kristallga aylanadi. Shunga asoslanib evtektika massasi hisoblanadi. 100 kg evtektik qotishmada 18 kg Sb bo`lsa, quyidagicha proporsiya tuziladi:
18 : 1 = 100 : x bunda X = 1. 100/18 = 5.55 kg.
bu yerda x – evtektikaning massasi. Demak, evtektika tarkibida 1 kg Sb va 4.55 kg Pb bo`ladi. Qotishmaning qolgan qismini Pb tashkil qiladi; uning miqdori 4.55 kg ga teng, ya`ni .
47-misol. Quyidagi tarkibga ega sistemalarning erkimlik darajasi hisoblansin: a) NaCl, KCl va suv molekulalari orasida kimyoviy ta`sir bo`lmagani uchun komponentlar soni sistemaning tarkibiy qismiga teng bo`ladi, ya`ni K = 3.
Har uchala (a, b, d) holda ham (4.2) formula asosida sistemaning erkinlik darajasi(F) aniqlanadi:
suyuqlik, suv bug`i va ikkita qattiq (NaCl va KCl) modda muvozanatda bo`lganda F=4 bo`ladi. Bunda F=K-F+1=3-4+2=1 ga teng. Demak, bu sistema monovariantdir.
Suv bug`I, suyuqliklar, muz va ikkala modda (NaCl va KCl) kristallari muvozanatda turganida F = 5. F = 3 - (5 - 2) = 0 bo`ladi. Demak, bu sistema variantsiz (novariantli) dir.
Ikkala tuz eritmasi, suv bug`I va muz muvozanatda bo`lganida F=3 bunda
F=3–3+2=2. demak, bu sistema divariantdir.
Sistemaning haroratini va ikkita tuzdan birortasining konsentratsiyasini o`zgartirib, uning erkinlik darajasini o`zgartirish mumkin.
48-misol. CaCl2 va Mg(NO3)2 tuzlarini suyuqlantirilganda quyidagi reaksiya borishi mumkin:
Tuzlar suyuqlanmasi Mg(NO3)2 kristallari bilan muvozanatda bo`lganida sistemaning erkinlik darajasi nechaga teng bo`ladi?
Yechish. Komponentlar soni aniqlanadi. Buning uchun berilgan sharoitda umumiy komponentlar sonidan kimyoviy reaksiya soni ayiriladi:
F=2 (suyuqlanma va natriy nitrat kristallari). CaCl2, Mg(NO3)2, Ca(NO3)2 va MgCl2 tuzlari bug`lanmaydi. Shuning uchun bunday sistema kondensatlangan sistema deyiladi.
Fazalar qoidasi asosida sistemaning erkinlik darajasi topiladi:
Demak, sistema divariantdir.
49-misol. Normal atmosfera bosimida simobning qaynash harorati 3570C, uning bog`lanish harorati 283,2 J/g ga teng. Normal atmosfera bosimida simobning qaynash haroratiga yaqin haroratni 10C o`zgartirilganda bo`ladigan simob bug`I bosimi o`zgarishini aniqlang.
Yechish. Buning uchun 4.5 formula qo`llaniladi, ya`ni
Demak, harorat 10C ga o`zgartirilganda simob bug`I bosimi 1744 Pa bo`ladi.
50-misol. Uchlamchi nuqta haroratida (234,3 K) suyuq va qattiq holatdagi simobning suyuqlanish issiqligi 11.792 J/g, zichligi 13690 kg/m3 va 14193 kg/m3 bo`lsa, suyuqlanish harorati 235,33 K da sistema qanday bosimga ega bo`ladi?
Berilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |