Morfem tahlil tartibi va namunasi
Ma‘noli qismlarga ajratish.
O‘zak va morfemalarni aniqlash.
Morfemalarni funksional semantik xususiyatiga ko‘ra turini aniqlash.
Morfemalarni tuzilishiga ko‘ra, shakl va ma‘no munosabatiga ko‘ra turlari, o‘zbekcha yoki o‘zlashma ekanligini aniqlash.
Morfema variantlari.
O‘zakka morfema qo‘shiluvida yuz bergan fonetik o‘zgarishlar.
Bajarilishi:
be-g‘ayrat-lig-i-dan
g‘ayrat –o‘zak, be-,-lig, -i, -dan morfemalar
be-sifat yasovchi, -lig ot yasovchi, -i -III shaxs, birlikdagi egalik shakli, -dan –chiqish kelishigi sh.
be-,-lig, -i, -dan – tuzilishiga ko‘ra sodda; be- sinonimlari no-, -siz (beumid, noumid, umidsiz), antonimlari ba/bo-, -li, -dor (beodob-bodob, beaql-aqlli, beunum-unumdor); be- fors-tojikcha, -lig, -i, -dan- o‘zbekcha; -i – shakldoshlari: -i1 tinchi – fe‘l yasovchi, -i2 do‘zaxi –sifat yasovchi
–lig –fonetik variant, asli –lik, -dan – tan/nan –dialektik variantlari
–lik morfemasida egalik shakli ta‘sirida tovush jaranglilashuvi yuz bergan.
2-mashq. Quyidagi co‘zlarni ko‘chiring. Yasalish qolipini aniqlang. Qoliplarning shakliy va mazmuniy tomonini tavsiflang. So‘z yasash asosi va yasalma o‘rtasidagi mazmuniy muvofiqlikka diqqat qiling.
suhbatlashmoq, asabiylashmoq, sensiramoq, kechikmoq, chiniqmoq, boyimoq, kamimoq, ozimoq, ranjimoq, boshqarmoq, suvsamoq, gapirmoq, ko‘zikmoq, to‘lin, to‘kin, sog‘in, ichikmoq, sevinmoq, chaqmoq, uyushiq, bog‘lama, sifatdosh,
3-mashq. Yasama so‘zlarni ko‘chiring. Sodda va qo‘shma so‘z yasash qolipi hosilalarini farqlang. Qo‘shma so‘zlarning so‘z birikmasi, frazeologik birikma, yordamchi so‘zli qurilmalardan farqini bayon qiling.
1. Mirkomil aylana stol atrofida uzoq o‘tirib qoldi. 2. Sunnatjon ikkita kitob sotib oldi. 3. O‘qituvchimiz fursatdan foydalanib kitobini sotib oldi. 4. Ichi qora odamdan yaxshilik kutma. 5. Tibbiy ko‘rikdan o‘tgach, barcha nomzodlar to‘satdan tanlovga ishtirok etishdan bosh tortishdi. 6. Tob tashlab qolgan darvozaning bir tavaqasini ochguncha harsillab ketdim. 7. Mung‘ayib o‘tirgan Fotima kelin ham handon otib kulib yubordi (IEO). 8. Yosh quyilib kelayotgan ko‘zlarimni artib-artib bosma harfda yozilgan xatni o‘qidim. 9. Muzlagan qorni g‘arch-g‘urch bosgancha qadamimizni tezlashtirdik (IEO). 10. Ular orasida jiyagi sitilib ketgan do‘ppi kiygan Olimjonni ko‘rib qoldim. 11. Omborning qamishlari osilib yotgan shiftini ko‘tarib yuborguday kulgi yangradi. 12. Ammam hokandozda tutab turgan isiriq ko‘tarib kirdi (IEO).
13. Oqar daryolarga kimdir band bergan,
Hayot kimga zahar, kimga qand bergan.
Ey, g‘ofil, sarkash deb kamsitma meni,
G‘anim senga emas, menga pand bergan. (A.O.)
4-mashq. Berilgan so‘zlarning unumli yoki unumsiz SYQ hosilasi ekanligini aniqlang. Unumsiz qolip hosilalarining qaysi yo‘l bilan lisoniylashganligini bayon eting.
bo‘g‘iz, botqoq, urushqoq, kamsitmoq, izg‘imoq, izchil, qisqa, sog‘lom, qishloq, kelin, kelishmoq, qopchiq, sevinmoq, ko‘rishmoq, so‘rashmoq, boqmoq, qarashmoq, o‘qituvchi, urishmoq, sotuvchi, o‘tirish, kirish, qizilcha, ko‘kcha, belanchak, kuyunchak, kelinchak, chaqmoq, kechirmoq, sog‘inmoq, surishtirmoq, uyg‘otmoq, solishtirmoq, to‘ldirmoq, kelishmovchilik, seskanmoq, cho‘mich, ichak, qattiq, suyinmoq, ko‘chat, erkak, zumda, birga, birda, birdan.
5-mashq. Ot, fe‘l, sifat va ravish yasalishining unumli sodda va qo‘shma SYQlarini aniqlang. Qoliplarning shakliy va mazmuniy tomoni hosilalarda qanday xususiylashganini aniqlang. Qo‘shma so‘zlarning imlosi haqida fikringizni bayon qiling.
kishanla, dodla, sizla, hozirla, salomlash, afsuslan, yaltira, o‘yna, qiyna, qoray, oqar, gumonsira, yo‘liq, kechik, tinchi, abgor qilmoq, ado bo‘lmoq, ayyuhannos solmoq, javob bermoq, xalal bermoq, qiron solmoq, tartibga keltirmoq, oh urmoq, tush ko‘rmoq, qo‘nim topmoq, tomchi, suyunchi, ninachi, obunachi, to‘polonchi, lofchi, tajovuzkor, janjalkash, duoxon, mahsido‘z, mantipaz, arizaboz, otalik, kekirik, yonilg‘i, qo‘nim, kechirim, dimlama, bo‘g‘in, savag‘ich, sevinch, g‘urrak, g‘arg‘ara, chuvvos, sharros, kechuv, toshko‘mir, karnaygul, qoraqurt, mingoyoq, qo‘ziqorin, sochpopuk, piyozdog‘, O‘rta Chirchiq, kaltakesak, Markaziy Osiyo, Sho‘rko‘l, ko‘ksulton, qoradori, Oltiariq, uchburchak, mingoyoq, iskabtopar, ishlab chiqarish, savacho‘p, gavdali, yeyishli, aloqador, nasldor, sergo‘sht, beg‘ubor, yashovchan, urinchoq, qizg‘anchiq, yeyarmon, yig‘loqi, so‘lg‘in, ko‘chma, arzirli, jirkanch, imloviy, ichki, dahanaki, badhazm, izchil, terskay, gapdon, qaram, sog‘lom, qisqa, devqomat, kafangado, sho‘rpeshona, sho‘rtumshuq, xudobezor, kamgap, kamqon, cho‘rtkesar, yebto‘ymas, o‘zboshimcha, tilyog‘lama, o‘zbilarmon, qirqyamoq.
6-mashq. Soddalashish, ixtisoslashish va tublashish natijasida leksemalashgan birliklarga barcha so‘z turkumlari doirasida misollar keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |