6-mashq. Berilgan gaplarni ko‘chiring. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar tarkibidagi lug‘aviy-sintaktik shakl hosil qiluvchilarning so‘zning atash va vazifa semasiga ta‘sirini izohlang.
1. Yemas yerga o‘t bitar, Ichmas yerga suv bitar. 2. Suvni sep singar yerga, So‘zni qil sig‘ar yerga. 3. Ko‘rinmas balo - oyoq ostida. 4. Yotgan ilonning quyrug‘ini bosma. 5. Bilimsiz mulladan ustiga yuk ortilgan eshak yaxshi. 6. So‘zlay-so‘zlay gapchil bo‘larsan, ishlay-ishlay epchil bo‘larsan. 7. Toma-toma ko‘l bo‘lur. 8.Oqsoqol tayinlab-tayinlab aytuvdilar (IEO). 9. Loyga belanib ketmon chopgandan ko‘ra, tabelchi bo‘lsangiz yomonmi!... 10. Bobom saharlab eshak minib kolxozga chiqib ketadi. 11. Kelmoq - ixtiyor bilan, ketmoq - ijozat bilan. 2. Pulni topish oson, uni sarflay bilish qiyin.
7-mashq. So‘zlarni ko‘chiring. Morfemalarning so‘zga qo‘shilish tartibini tushuntiring. Sodda va qo‘shma (murakkab) morfemalarni ajrating. Birdan ortiq affiksning yaxlitlanish jarayonini izohlang.
1. kitobxonlarimizning, bilimdonlardan, keldingizlarmi, o‘qitishmaydi, aytmabmidim, ketmoqchiman, kitobchasiga, sarg‘imtirrog‘ini, o‘ntachasini, boryapmiz.
2. chorvachilik, temirchilik, mardikorchilik, oliftagarchilik, zargarchilik, afsuslanmoq, uylanmoq, o‘ylanmoq, gulduros, sharros, yigitchasiga, mardlarcha, ulfatchilik, salomlashmoq, arazlashmoq, gazlashtirish, bahslashmoq, oylab, ishlab, saharlab, xayolan, shaklan, lazzatlan.
8-mashq. Ko‘chiring. O‘zakka affiks qo‘shiluvida yuz bergan fonetik o‘zgarishlar ta‘sirida o‘zak va affiks tarkibidagi sifatiy va shakliy o‘zgarishlarni namunadagidek tushuntiring.
Namuna: chanqog‘ini, chanqa+q+i+ni sifat yasovchi qo‘shilganda tovush almashinuvi, egalik shakli qo‘shilganda jarangsizning jaranglilashuvi yuz bergan. O‘zgarish o‘zak va affiksda kuzatilmoqda.
qiynog‘iga, uyim, uyum, qorni, qo‘yni, qayroq, yamoqqa, maqtov, gulduros, unga, seni, shahri, burnim, mavqeyi, obro‘yi, singlisi, ko‘nglim, qishlog‘i, qishloqi, angla, o‘yna, qiyna, ulg‘aymoq, pasaymoq, yashamoq.
9-mashq. Matn tarkibidagi ajratilgan so‘zlarni namunadagidek morfem tahlil qiling. Morfema haqidagi tushunchalaringizni xulosalang.
Xalq orasida bir ishyoqmas, tambal kishi bor edi. Odamlar uning beg‘ayratligidan hayron qolar edilar. U odamlardan musht, shapaloq yoki tepki yer, buning evaziga ulardan bir burda non yoki taom olib, kun ko‘rardi. Kishilar uni quvib yuborsalar ham hech qaerga ketmay, o‘zining yomon qiliqlarini tark etmasdi. U tortadigan jafolarga ma‘lum bir narx to‘g‘rilab qo‘ygan edi. Kaysi bir kishi uni bir tepsa yoki ursa, u o‘sha kishidan buning haqini talab qilib olar, qo‘liga tushgan narsani darhol og‘ziga solar edi.
Kunlardan bir kuni kimdir uning qo‘liga bir parcha non berib shunday musht tushirdiki, natijada tanbal yer tishlab qoldi. Garchand u shapaloqlar yeb, qornini to‘yg‘azib yurgan bo‘lsa-da, bir musht bilan endi qayta o‘rnidan turmaydigan bo‘ldi. («Lison-ut tayr» dan)
Do'stlaringiz bilan baham: |