Kashf etilishi va tadqiq qilinish tarixi.
XVI asrda Okeaniyaga yevropaliklar borgunga qadar okeaniyalik dengizchilar qoʻshni orollarga koʻchib borib oʻrnashish jarayonida Tinch okeanning jan. qismida eng yaqin suv yoʻllarini oʻzlashtirganlar. Ularning tajribasidan keyinchalik yevropaliklar maʼlum darajada foydalanganlar. Okeaniya orollarining … yevropaliklarga maʼlum boʻlishi F. Magellan ekspeditsiya-sidan (1521) boshlandi. 16-asr oxirlarigacha ispan va portugal dengizchi sayyohlari Mikroneziya, Solomon va Melaneziyadagi boshqa orollarni topdilar. 1642—43 yillarda A. Tasman ekspeditsiyasi Yangi Zelandiya, Tonga va Fiji orollarini tadqiq qildi. 17-asr oxiri — 18-asr boshlarida ingliz va fransuz dengizchi sayyohlari Okeaniyaning markaziy va sharqiy qismidagi orollarga yetib bordilar. J. Kuk tomonidan Tuamotu, Tonga, Yangi Gebrid, Yangi Kaledoniya, Gavayi orollari, Kuk orollari va boshqa kashf etildi. 19- asrda Okeaniyani tadqiq qilinishiga I. F. Kruzenshtern, Yu. F. Lisyanskiy, F. F. Bellinsgauzen, M. P. Lazarev, O. Ye. Kotsebu, F. P. Litke va boshqa hissa qoʻshdilar. N. N. Mikluxo-Maklay Okeaniyadagi Yangi Gvineya va boshqa orollar aholisining antropologiya va etnografiyasi, xoʻjaligi toʻgʻrisida muhim maʼlumotlar toʻplagan. 31 mln. kishi (2001, Avstraliya bilan birga). Okeaniyaning tub joy aholisi 4 yirik guruhga boʻlinadi: papuaslar, melanezlar, polinezlar va mikronezlar. Okeaniyaga yevropaliklar kela boshlagan vaqtda (16- asr boshi) u yerda taxminan 3,5 mln. aholi yashar edi. Begunoh oʻldirish, Aholisi chetdan olib borilgan yuqumli kasalliklar va boshqa natijasida aholi keskin kamaygan. IXI asr oxiri va XX asr boshiga kelib aholi soni yana tez oʻsa boshladi.
Etnik tarkibi
Okeaniyada irqi, tili, tarixi va madaniyati jihatidan oʻzaro keskin farq qiluvchi xalqlar yashaydi. Ularni son jihatidan 2 qism-ga: mahalliy aholi va koʻchib borgan aholiga boʻlish mumkin. Okeaniyaning mahalliy aholisi polineziya, melaneziya va mikroneziya antropologik tiplarga mansub. Mahalliy aholining bir qismi malay-polinez tillarida, boshqa qismi papua tillarida soʻzlashadi. Papua tillari … bir necha guruhlarga boʻli-nadi. Lekin Okeaniya xalqlarining til guruhlari ularning mavjud etnik va madaniyati jihatidan yaqinligiga toʻla muvofiq emas. Etnografik adabiyotlarda ularni koʻpincha tarixi va madaniyati oʻxshash oblastlar boʻyicha guruhlashtiradilar. Okeaniyaning mahalliy boʻlmagan xalqlari ingliz-yangi zelandiyalik, fransuz (Yangi Kaledoniya), amerikalik, yapon va filippinlik (Gavayi orollari), qind (Fiji orollari) va boshqalardan iborat. Diniy jihatdan Okeaniya aholisining koʻpchiligi xristian.
Xulosa
Avstraliya aborogenlarning ajdodlari bu qit’aga 40000 yil muqaddam ko’chib kelganlar. Avstraliya hududida yevropaliklar kelgunga qadar chorvachilik, dehqonchilik va temir nimaligini bilmagan aborogen qabilalari istiqomat qilishardi. Ularning asosiy mashg’uloti temirchilik va ovdan iborat edi. XVIII asr oxirlarida mamlakat hududida 300000 aborogen yashagan. 1606 yili gollandiyalik dengizchi V. Yanszon yevropaliklardan birinchi bo’lib, Avstraliya qirg’oqlariga yetib kelgan. 1643 yilda yana bir golland dengizchisi A. Tasman mamlakatning shimoliy qirg’oqlari va Tasman orollarini o’rganib chiqdi. 1770 yilda ingliz kapitani J. Kuk Avstraliyaning sharqiy qirg’oqlariga kelib tushdi va qit’ani Britaniya mulki deb e’lon qildi. XVIII asr oxirida Avstraliyada birinchi ingliz manzilgohi – Sidney shahriga asos solindi. Angliya Avstraliya hududidan mahbuslarni surgun qilish joyi sifatida foydalandi. 1901 yilning 1-yanvarida Avstraliyadan dominion mavqeini olgan Avstraliya Ittifoqi tashkil topdi. I jahon urushi davrida Avstraliya qo’shinlari Fransiya va Yaqin Sharqda olib borilgan harbiy harakatlarda ishtirok etdi. Urushdan so’ng Avstraliya Nauru oroliga ega bo’ldi. 1931 yilda Avstraliya Vestminster statutiga ko’ra tashqi va ichki siyosatda to’la mustaqillikni qo’lga kiritdi. Avstraliya II jahon urushi davrida antigitlerchilar ittifoqi tarafida turib jang qildi. 1967 yilda aborogenlarga barcha fuqorolik huquqlari berildi
Do'stlaringiz bilan baham: |